Mustaqil ishi mavzu: korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi hisobi
chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi
Download 225.5 Kb.
|
Mavzu korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar xo’jaligi
- Asosiy jihatlar Natural xo’jalik Tovar xo’jaligi
chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi
Ijtimoiy xo’jalik yuritishnig ikki shakli mavjud. Birinchisi, natural ishlab chiqarish xo’jalik yuritishning bu shaklining mazmuni shundan iboratki, yaratilgan barcha mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning o’z ehtiyojlari uchun sarf qilingan. Natural xo’jalik avvalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon xo’jaligi, feodal pomestyalarida amal qilingan. Xo’jalik yuritishning bu shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qatiy cheklab qo’yadi, tashqi iqtisodiy aloqalarga imkoniyat berilmaydi, ishchi kuchi shu xo’jalik doirasida faoliyat ko’rsatadi. Ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, ishlab chiqarish hajmi jihatdan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysundirilgan. Natural ishlab chiqarish o’rnini asta sekinlik bilan tovar ishlab chiqarish egallagan. Tovar xo’jaligini shakllanishi va rivojlanishi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilaning o’zlarini iste‘moli uchun emas, balki bozorda sotish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-biridan farqini quyidagicha ifodalash mumkin.
Tovar xo’jaligida mehnat taqsimoti chuqurlashadi, mehnat unumdorligi yuqori bo’ladi, ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishning u yoki bu turiga ixtisoslashib boradilar, xususiy mulkka ustuvorlik beriladi, ishlab chiqaruvchilar bilan iste‘molchilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar tovar ayirboshlash asosida vujudga keladi, vaqt va moddiy resurslar tejaladi, tovarlarni ayirboshlashda ishtirok etuvchilarni bir-birlariga bog’liqligi kuchayadi. Tovar xo’jaligini rivojlanishi jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Xullas, tovar xo’jaligining vujudga kelishi va amal qilishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: 1. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va uni turlarini ko’payishi va kengayishi; 2. Ishlab chiqarishni ixtisosilashuvi; 3. Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi, mehnat natijalarini o’zlari tasarruf etishlari. Tovar ishlab chiqarish natural xo’jaligining rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorini ko’payishi natijasida paydo bo’ldi deyish mumkin. Tovar xo’jaligining mohiyatini keng ma‘noda tushunish uchun uning xususiyatlarini o’rganmoq zarur. Download 225.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling