Mustaqil ishi mavzu: korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi hisobi


II.BOB Korxonaning pul mabla\lari


Download 225.5 Kb.
bet3/8
Sana21.06.2023
Hajmi225.5 Kb.
#1645408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi

II.BOB Korxonaning pul mabla\lari.
Moliyaviy mabla\larning ulchami va tarkibi ko‘p tomondan ishlab chiqarish xajmining o‘sishi va samardorlikni yuksalishiga bo\liqdir. Ishlab chiqarishning doimiy ravishda o‘sishi va uni samardorligi ko‘rsatkichini yuksalishi bir tomondan korxonalar moliyaviy mabla\larini miqdorini ortishiga olib keladi, ikkinchi tomondan, davlatning moliyaviy mabla\larini miqdorini o‘sishiga olib keladi.
Shuning uchun ham korxonalar moliyaviy mabla\larini o‘z ichiga oluvchi mahsulot sotuvidan tushgan tushumni ko‘payishi bir tomondan davlat budjeti va budjetan tashqari fondlarni samarali daromad manbalarini shakllanishiga olib keladi. Chunki, budjetning daromadlar manbalari hisoblanuvchi respublika hamda mahalliy soliqlar va yigimlarning soliqka tortiladigan obyektlarini shakllanishi mahsulot sotuvi, ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushumning taqsimlanishi natijasida shakllantiriladi. Umuman soliqlar, kredit, su\urta va boshqa iqtisodiy kategoriyalarning moliyaviy mazmuni yangidan yaratilgan daromadlarni qayta taqsimlash bilan belgilanadi. Masalan, soliq to‘lovlarining asosiy manbai korxona tomonidan shakllantiriladigan kushimcha qiymat yoki yakqolrok faoliyatning sof moliyaviy natijasi hisoblanadi. Korxona takror ishlab chiqarish jarayonida kushimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmasa soliqlarni to‘lashning iqtisodiy asoslari ham mavjud bo‘lmaydi. Mantikan olib karaganda korxona kachon soliqlarni to‘laydi?- degan savolga, kachonki u yetarli darajada daromadga ega bo‘lsa- degan soddagina javobni berishimiz mumkin. Bu daromadning asosiy manbai sotuvdan tushgan tushum hisoblanadi. Kredit va su\urta munosabatlarining ham moliyaviy mazmuni ulardan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ssuda foizi va su\urta badallari vositasida yangidan yaratilgan qiymatni qayta taqsimlash hisoblanadi. Umuman olganda asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarini shakllantirish maqsadida olinadigan qarz mabla\larining iqtisodiy asosi ham mazkur qarz mabla\laridan yuqorirok darajadagi samaraga ega bo‘lgan holatdagi ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilish hisoblanadi. Tashkil qilingan takror ishlab chiqarish samaradorligini baholashning bosh omillaridan biri esa mahsulot sotuvidan tushgan tushum hisoblanadi.
Soliqka tortish bilan bo\liq asosiy muammolardan biri mahsulot sotuvidan tushgan tushumni harajatlar elementlari bo‘yicha taqsimlanishi natijasida soliqka tortiladigan bazani shakllanishi bilan bo\liqdir. Chunonchi, budjet daromadlari nuqtai nazardan soliqlarni turkumlanishi natijasida Respublika budjeti daromadlarini manbalari hisoblanuvchi soliqlar mahsulot sotuvidan tushgan tushum va korxonalardan shakllantiriladigan foyda miqdoriga bevosita bo\liqdir ya’ni aksariyat soliqlar daromaddan undiriladigan proporsional, regressiv va progressiv soliqlar hisoblanadi. Mahalliy budjetlar daromadlari manbalari hisoblanuvchi soliqlar bo‘yicha shakllantiriladigan obyektlar mahsulot sotuvidan tushgan tushum va yalpi foydani o‘sishiga bo\liq emas. Bunday holat aksariyat hollarda budjet munosabatlari bilan bo\liq muammolarni keltirib chikarmokda. Ishlab chiqarish jarayonini intensivlashishi va mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hisobiga sotuvdan tushgan tushumni ko‘payishi Respublika budjeti uchun soliqli tushumlarni ham ko‘payishiga olib keladi. Bu hol Respublika budjeti soliqlari vositasida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va sotuvdan tushumni ko‘paytirish uchun yetarli soliq imtiyozlari tizimini shakllantirishga olib kelmoqda. Chunki ko‘rib turibmizki bunday budjetning o‘zi ham manfaatdor hisoblanmoqda.
Ishlab chiqarish samardorligini yuksalishi mahsulot sotuvi, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushum tarkibidagi harajatlarni minimallashtirish va korxona manfaatdorligini asosi hisoblangan foydani tushum tarkibidagi salmogini yuqori bo‘lishi bilan belgilanadi. Buday holatda korxonalar extiyoji uchun zaruriy bo‘lgan moliyaviy mabla\lar miqdorini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish korxonaning moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati va balans likvidliligi bilan aniqlanadigan moliyaviy muvaffakiyatlarini anglatadi. Joriy davr mobaynida mazkur mabla\larga extiyojlar va ulardan samarali foydalanish moliyaviy rejalashtirish jarayonida aniqlanadi.
Har bir korxonaning faoliyati ravnaq topib boraverishi va foydaning ortib borishiga, albatta, ko‘pgina ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan biri korxonanning moliyaviy natijasi bo‘lsa, ikkinchisi, tovar mahsulotini sotuv qilish natijasida tushgan pul tushumlarini tahlil qilishdan iboratdir.
Korxonalar mahsulot sotuvidan tushgan tushumning taqsimlanishi o‘ziga hos harajatlar tizimi vositasida amalga oshiriladi va bunday harajatlarning funksonal vazifalariga ko‘ra turli xil markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlari va korxona oldidagi moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1999 yilda joriy etgan “Mahsulot ishlab chiqarish va sotuv qilishda tannarax tarkibiga kiruvchi harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi” to‘\risidagi nizomi bo‘yicha mahsulot sotuvidan tushgan tushumning taqsimlanishidagi harajatlar tizimining qo‘yidagi elementlari ko‘rib o‘tiladi:

  1. 1.Harajatlarni ishlab chiqarish jarayonidagi funksiyalariga bo\liq ravishda:

  2. -ishlab chiqarish harajatlari;

  3. -noishlab chiqarish harajatlari.

  4. 2.Mahsulotning qiymatiga olib borishiga bo\liq ravishda:

  5. -to‘\ri harajatlar;

  6. -egri harajatlar.

  7. 3.Sotuv qilingan mahsulot bilan chegirish vaqtiga bo\liq ravishda:

  8. -tannarx tarkibiga kiritiladigan harajatlar;

  9. -davr harajatlari.

  10. Sotuv qilingan mahsulot o‘zgarish reaksiyasiga bo\liq ravishda:

  11. -O‘zgaruvchan harajatlar;

  12. -Doimiy harajatlar;

  13. -Doimiy- o‘zgaruvchan harajatlar.

  14. Mahsulot sotuvidan tushgan tushum tarkibidagi foyda miqdoriga qo‘yidagi omillar ta’sir qiladi:

  15. Sotilgan mahsulot xajmining o‘zgarishi. Bu omil korxona faoliyatiga bo\lik (ichki omil), chunki, mahsulot qancha ko‘p sotilgan bo‘lsa, foyda ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

  16. Ishlab chiqarish tannarxining o‘zgarishi. Bu omil ham ichki xususiyatga egadir. Chunki, mahsulot tannarxi qancha kamaysa, foyda mutanosib tarzda ko‘payadi.

  17. Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar darajasining o‘zgarishi.

  18. Ulgurji bahoning o‘zgarishi. Bu omil tashqi xususiyatga ega bo‘lib, ya’ni korxona faoliyatiga bevosita bo\liq emas.

  19. Kushilgan qiymat soligi stavkasining o‘zgarishi (tashqi omil);

  20. Mahsulot assortimenti va tarkibining o‘zgarishi.

Albatta yuqoridagi omillar foydaga ta’sir etadi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumga ta’sir etuvchi omillar bu asosan foydaga ta’sir etuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek mahsulot ishlab chiqarishda assortimentini ko‘pligi, mamlakatdagi baho tizimi, egri soliqlarning amaldagi holati kabi omillar sotuvdan tushgan tushumga ta’sir etadi.
Korxonalarda shakllantirilgan mahsulot sotuvidan tushgan tushumni taqsimlanishi va moliyaviy faoliyatning samardorligini baholovchi sof foyda ko‘rsatkichining shakllanishigacha bo‘lgan taqsimot munosabatlari jarayonida korxonanning pul okimlari baholash imkoniyatiga ega bo‘linadi. Bunday baholash natijasida foydaga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlanadi.
Turli mahsulotlar turlicha rentabellik darajasiga egadir. Binobarin, korxonalar assortimenti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasiga rioya kilmasalar, bu holat ularning foydasi darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil ichki xususiyatga egadir. Agar, korxona mahsulot assortimenti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasini 100%ga bajarib foyda olgan bo‘lsa bu korxonaning yutugidir. Tovar mahsulotini sotishdan kelgan foydani tahlil qilish uchun kerakli ma’lumotlar yillik hisobotning №2 “Moliyaviy natijalar to‘\risidagi hisobot” nomli shakli olinadi.
“A” korxonani 2001 yil yakuniga ko‘ra tovar sotishdan kelgan tushumni taqsimlanishi va foydani tahlili.
№2 jadval
Jadval ma’lumotlaridan kurinib turibdiki, korxonaning umumiy iqtisodiy faolligi pasaygan. Chunonchi, mahsulot sotishdan tushgan tushum keyingi yilga utib 89,8%ga pasayishi kuzatiladi. Shuningdek korxonaning moliyaviy faoliyatida ham pasayish tendensiyasini kuzatiladi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumning tarkibidagi ishlab chiqarish tannarxi harajatlari bilan birgalikda, noishlab chiqarish harajatlarining pasayish dinamikasi sotishdan tushgan tushum, soliqli harajatlar va foydani pasayishiga nisbatan past darajada pasaygan. Bu holat korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini kamrok harajat qilib ko‘prok foyda olish prinsipiga zid bo‘lganligini kuzatiladi. Agar kuzatadigan bo‘lsak mahsulot sotuvidan tushgan tushum 10,2%(100%-89,8%) ga kamaygan holatda olingan foyda 38%(100%-62%) ga kamaygan. Bu holat korxonada umumiy ishlab chiqarish sur’ati pasayibgina qolmay mahsulot sotishdan kelgan foyda ko‘rsatkichini sezilarli ravishda pasayganligini kuzatiladi. Korxonaning sotuvdan rentabellik darajasi 2,4% dan 1,7% ga ya’ni joriy davr rentabelligi 0,7% o‘tgan davrga nisbatan pasayishi kuzatiladi.
Agar kuzatadigan bo‘lsak, sotuvdan tushgan tushumni pasayishiga bir necha omillar ta’sir qilmoqda. Chunonchi, mahsulot ishlab chiqarishda tannarx harajatlarining ortishi natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarishni nisbatan qisqartirgan. Tannarx tarkibidagi ish haqi,xom ashyo harajatlari va amortizatsiya kabi harajat elementlarining ortishi baholarni shakllantirish siyosatidagi o‘zgarishlar va korxonaning sotuv qilingan mahsulotlari tannarxini nazorat qilish qobiliyatini pasayganligi bilan belgilanadi. Tannarx harajatlarini ko‘payishi natijasida korxonada yalpi daromadning shakllanish samaradorligi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli pasaygan. Bu hol foydani shakllanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Mazkur koeffitsiyent dinamikasidagi negativ o‘zgarishlar korxona tomonidan moddiy- ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish yoki zaruriy maxsulot baholarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini tasdiqlaydi.
Yalpi daromad mutloq miqdorida va o‘rtacha yalpi daromad darajasi, yalpi daromad summasining ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan aniqlanadi.
Yalpi daromad summasining o‘zgarishiga 2 ta omil ta’sir ko‘rsatadi:
1. Tovar aylanish xajmining o‘zgarishi;
2. O‘rtacha yalpi daromad darajasining o‘zgarishi.
Birinchi omilning ta’sirini aniqlash uchun tovar aylanishi xajmi bo‘yicha mutloq farkni rejadagi o‘rtacha yalpi daromad darajasiga ko‘paytirib, 100 ga bo‘linadi.
Ikkinchi omilning ta’sirini aniqlash uchun o‘rtacha yalpi daromad darajasi bo‘yicha mutloq farkini hisobotdagi tovar aylanishi xajmiga ko‘paytirib, 100ga bo‘linadi.
Tovar aylanishi xajmining rejaga nisbatan ortiqcha bajarilishi yoki bajarilmasligi yalpi daromad xajmini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun yalpi daromad xajmi o‘zgarishiga faqatgina yuqoridagi omillar ta’sir qilib qolmasdan, balki yana boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tahlilning asosiy vazifalaridan biri tahlil qilish davrida yalpi daromad xajmi bo‘yicha rejaning bajarilishini yalpi daromad xajmining o‘zgarishiga, tovar salmo\i o‘zgarishini ta’sirini sotilgan tovarlarning assortimenti va sifat o‘zgarishini hamda o‘rtacha yalpi daromad darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanadi(2-jadval)
“A” korxonaning yalpi daromadini tahlili. 2-jadval.
Jadvaldan ma’lumki yalpi daromadning mutloq miqdori hisobot yilida rejaga nisbatan 15741,1 ming sumga kamaygan. Bu 2000 yil kurstakichini 2001 yil ko‘rsatkichiga solishtirganda 24,3%ga kamayganligini kuzatamiz. Bu ko‘rsatkich sotishdan tushgan tushumning pasayish suratidan ancha past hisoblanadi.
O‘rtacha yalpi daromad darajasining iqtisodiy jihatidan asoslangan miqdorining belgilanish va o‘zgarishi asosan ularni savdo tashkilotining joylashgan o‘rni bo‘yicha, tovar aylanish xajmi ulushining o‘zgarishi, savdo chegirmalarining o‘zgarishi va boshqalar qilish.
Tabakalashtirish ayrim tovarlarni sotish bilan bo\liq bo‘lgan muomala harajatlarining bir xil emasligi bilan bo\liqdir. Savdo chegirmalarining eng yuqori miqdori eng ko‘p mehnat sarflanib tayyorlanadigan saklash uchun maxsus sharoitlar va kushimcha ishlov berish talab qiladigan, nisbatan sust aylanadigan va muomala harajatlari darajasini oshirib yuboradigan tovarlarga belgilanadi. O‘rtacha yalpi daromad darajasini o‘zgarishiga tovar aylanishi xajmi ichida ayrim tovarlar ulushining yuqori va past darajada bo‘lishi, o‘z navbatida o‘rtacha yalpi daromad darajasining ko‘payishiga yoki pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham tahlil jarayonida tovar aylanishi xajmining tuzilishini o‘rtacha yalpi daromad darajasiga o‘zgarish ta’sirini aniqlash ham mumkin.
5. Mahsulot sotuvidan tushumning taqsimlanishi natijasida korxonalar faoliyatining asosiy natijasi hisoblanuvchi foyda shakllanadi.
Foyda va rentabellik samarali ko‘rsatkichlar bo‘lib u korxonaning moliya va xo‘jalik faoliyatining natijasidir.
Foyda sotilgan maxsulotning qiymati bilan tannarxi ayirmasi; ko‘shimcha mahsulotning pul shakli. Foyda daromadning bir qismi mahsulot tannarxini pasaytirish; jadallashtirish asosida ishlab chiqarish xajmini oshirish foyda o‘sishining, korxona moliyasi barqarorligining asosiy omillari hisoblanadi.
Foydaga 3 funksiya hosdir:
-u iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini ko‘rsatib turadi,
foydaning manfaatdorlik funksiyasi taqsimoti va undan foydalaniladi va namoyon bo‘ladi;
foyda korxonalarning moliyaviy mabla\larini manbaini, mahalliy va davlat budjetlarining daromad qismlarini manbalarini shakllantirishning asosidir.
Korxonalar foydaning xajmiga obyektiv harakterdagi ishlab chiqarish jarayoniga bo\liq omillar va xo‘jalik faoliyatiga bo\liq bo‘lmagan obyektiv omillar ta’sir qilishi mumkin. Obyektiv omillarga: iste’mol qilinayotgan material va quvvat beruvchi mabla\larning baho darajasi, amortizatsiya ajratmasining meyoriy bozor konyukturasi kiradi.
Intensiv omillar moliyaviy soglomlashtirish, samarli soliq tizimini tashkil qilish hisobiga korxonalar o‘z foydalarini ko‘paytirib beradi.
Iqtisod bir meyorda xali to‘la izga tushmagan ishlab chiqaruvchilarning monopol sharoiti ma’lum darajada saqlanib turgan iste’mol bozorida rakobat deyarli yuk. Inflyatsiya sharoitini utayotgan iqtisodiyotning hozirgi axvolida turli mulkchilik shakllarida korxonalarning foydasini ko‘payishi asosan, iste’mol tovarlarini bahosini sun’iy ravishda oshirish hisobiga amalga oshirish mumkin, ya’ni bunda, foyda tuldirilishi ko‘payishi inflyatsiya okibatida amalga oshadi. Bunda ishlab chiqarishning xajmi bilan foydaning miqdori o‘rtasida o‘zaro bo\liqlik yuk bo‘ladi.
Iqtisodiyotning izdan chiqqanligi natijasida xo‘jalik yuritish mexanizmlarining ta’siri samarali bo‘lganligi okibatida foydaning o‘ziga hos funksiyalari to‘la darajada ishlamaydi. Shu sababli ko‘plab korxonalarda maksimal foyda olinishi bilan ta’minlash. qo‘yidagi intensiv omillar hisobiga xo‘jalik subyektlariga nisbatan samarali soliq tizimini tashkil qilish.
Foyda turli iste’molning iqtisodiy mazmuniga qarab moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Foydaning taqsimoti jarayonida davlat organlari orqali jamiyatning manfaati xo‘jalik subyektining bu xo‘jalik bilan munosabat turi bo‘lgan hamma xo‘jalik subyektlarining manfaati ayrim ishchi xizmatlarining manfaati alohida- alohida hisobga olinadi. Taqsimotning obyekti yalpi foyda hisoblanadi. qonunchilik asosida yalpi foydaning bir qismi soliqli va soliqsiz majburiy to‘lovlar sifatida davlat budjetiga mahalliy budjetga kelib tushishi ta’minlanadi.
Hissadorlik jamiyatlarida foydani soliqka tortishga zaxira jam\armalalarini shakllantirish tartibi e’tiborga olinadi.
Foydaning taqsimoti quydagi tamoyillardan kelib chiqadi:
birinchi navbatda budjet oldidagi moliyaviy smajburiyatlar bajariladi;
turli mulkchilik shakllaridagi foydaning qolgan qismi iqtisodiy asoslangan proporsiyalarda jam\armalarga va iste’molga bo‘linadi.
Jam\arish bilan iste’mol o‘rtasidagi nisbatni aniqlashda ishlab chiqarish fondlarining va yetishtirilayotgan mahsulotlar rakobatbardoshlik holati hisobiga olinadi.
Xo‘jalik subyektlari korxona ixtiyorida qolgan sof foydani taqsimlash jarayonida foydani taqsimlash usulini o‘zlari mustaqil xal qiladilar.
6. Soliq to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda ikki qismga bo‘linadi: birinchi qismi, korxonaning mulkini ko‘paytiradi va jam\arish jarayonida katnashadi.ikkinchi qismi foydaning iste’molga ishlatilayotgan miqdorini belgilaydi. Bunda jam\arishga yunaltirilgan barcha mabla\larni to‘la ishlatib yuborish shart emas. Mulkni ko‘paytirishga ishlatilmagan foydaning qoldigi muhim zaxira ahamiyatiga ega va keyingi yillarda kurilishi mumkin bo‘lgan zararni koplash uchun, turli harajatlarni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalar to‘\risidagi qonuning 18-moddasida shunday deyiladi “Hamma turdagi korxonalarda xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarniumumlashtiruvchi asosiy ko‘rsatkich foydadir”. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyati asosiy ko‘rsatkichi ishlab chiqarish samarodorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri bu foydadir. Foyda korxonalar rivojlanishing birdan-bir manbasi hisoblanadi. qilingan daromad xajmiga qarab mustaqil mahsulot ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatga baho beriladi. Foyda korxona faoliyatining asosiy manbai hisoblanib, uning xajmining ko‘payganligi o‘z-o‘zini mabla\ bilan ta’minlash va moliyalashga, kengaytirilgan ishlab chiqarish tashkil etishga hamda mehnat jamosining ijtimoiy talabini qondirishda ishlatiladi.
Shuningdek olingan foyda hisobidan budjet, bank va boshqa tashkilotlarga bo‘lgan to‘lov majburiyatlari bajariladi. O‘z foydasi hisobiga sarmoyalash korxona qarzning miqdorini ko‘paytirmaydi, sarmoyasini moliyaviy tarkibini o‘zgartirmaydi, foiz to‘lashlarni ustirmaydi va sarmoyani kamaytirmaydi.
Foyda korxonaning xo‘jalik faoliyati, moliyaviy faoliyatini natijasida va favkulotdda foydalar va zararlar hisobidan olinishi mumkin bo‘lgan uch tarkibiy qismidan shakllantiriladi.
Xo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyatida olingan moliyaviy natijaning umumiy moliyaviy natijaga nisbatidir. U o‘tgan davrda korxonaning asosiy faoliyatidan olingan foydaning hissasini kursatadi.
Moliyaviy faoliyat moliyaviy natijaning umumiy moliyaviy natijaga nisbatidir. U o‘tgan davrda korxonaning moliyaviy foliyatidan olingan foydaning xissasini ko‘rsatadi.
Favkulotdda foydalar va zararlar umumiy moliyaviy natijada favqulodda foydalar va zararlarning xissasini ko‘rsatadi.
Tahlil qilinayotgan davr 3-yil bo‘yicha foydani shakllantirishning yakuni sifatida qo‘yidagi 4-jadvaldan foydalanamiz.
“A” hissadorlik jamiyatida foydani shakllantirish tarkibi(foiz hisobida)
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki “A” hissadorlik jamiyatida foydaning asosiy hissasi xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda hisobiga shakllangan. Bu hol mazkur tarmok korxonalarning ko‘pchiligi uchun ham hosdir. Bunda favqulotdda foydalar va zararlar bo‘lmagan. Shunga qaramasdan, korxona foyda olishning manbalaridan biri moliyaviy faoliyatni ko‘paytirish kerak bo‘ladi hamda bu faoliyatdan qurilayotgan zararlarni oldini olish lozim.
Korxona foydasi bir qancha ko‘rsatkichlardan tashkil topadi. Ular quyidagilardir.
Sotuvdan tushgan sof foyda mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan qo‘shilagan qiymat soli\i va aksiz soli\i olib tashlanganidan keyingi summa, ya’ni korxonaning sotuvdan olgan daromadi.
Sotilgan mahsulotning tannarxi korxonaning mahsulot chiqarish bo‘yicha harajatlari bo‘lib, ishlab chiqarish maqsadlaridagi bevosita va bilvosita, moddiy va mehnat harajatlarini o‘z ichiga oladi.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Korxonaning sotilgan mahsulotdan olgan daromadini tavsiflaydi va mahsulot sotishdan olingan sof foyda bilan sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Davr harajatlari ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bo\liq bo‘lmagan sarf-harajatlar (sotish harajatlari, ma’muriy va boshqa umum xo‘jalik harajatlari) dir.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda korxonaning asosiy faoliyatida natijasida olingan foydani tavsiflaydi va yalpi foydadan davr harajatlari va asosiy faoliyatining boshqa harajatlarni chiqarib tashlash va asosiy faoliyatidan boshqa daromadlarni qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda bu asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi bo‘lib, bunga moliyaviy faoliyatdan natijalar qo‘shiladi.
Soliqlar to‘lanishiga bo‘lgan foyda favkulotda foyda va zararlar hisobiga olingan holda aniqlanadi.
6-jadval
Daromadlar tarkibi tahlili (ming.sum)

Korxonada amalga oshirilgan harajatlar tarkibi tahlili


Ma’lumotlar “A” OTAJ korxonasining moliyaviy natijalar to‘\risidagi hisobotidan olindi.”


Sof foydaning 2000 yilga nisbatan 12999 ming sumga ko‘payishi qo‘yidagi omillar xisobiga sodir bo‘ladi.
-sotuvdan tushumning ko‘payishi korxona daromadini 690208 ming sumga ko‘paytirdi.
-sotilgan mahsulot tannarxini o‘sishi daromadini 567051 ming sumga ko‘paytiridi;
-davr harajatlarining ortib ketishi foydani 22363 ming sumga kamaytirdi;
-foydadan soliq to‘lovlari va boshqa ajratmalarni ko‘payishi foyda miqdorini 31876 ming sumga kamaytirdi;
Shunday qilib barcha omillarning ta’siri bizga sof foyda miqdorini 1999 yilga nisbatan 12053 ming sumga,2000 yilga nisbatan esa 12999 ming sumga ko‘paytirish imkonini beradi.
Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi tahlil qilishda biz yuqorida faqatgina foydani shakllanishini tahlil kildik. Endi korxona foydasini ishlatilishini tahlil kilamiz. Bunda biz qo‘yidagi foydalanamiz, jadvaldan kurinib turibdiki, korxona foydasi asosan ikki yo‘nalishiga sarflanadi: Budjetga to‘lovlar va boshqa ishlatishlar.
Budjet to‘lovlar 1996 yilda 7175 ming sumni, 2000 yilda 15612 ming sumni 2001 yilda esa 47488 ming sumni tashkil etgan. Jami foydada budjetga to‘lovlarni xissasi 1999 yili 69% 2000 yili esa 74,6% bo‘lgan. Bundan kurinib turibdiki foydani asosiy qismi budjetga to‘lovlarga ketmokda. Budjetga to‘lovlarni bu darajada ko‘p to‘latishiga ikkita sabab bor. Bu ham bo‘lsa foyda soligi va boshqa soliqlardir. Foyda soligiga korxona foydasining 65% 1999 yilda ishlatilgan bo‘lsa, 2000 yilda esa olingan foydaning 80,2% sarflangan. 2001 yilda 70,1 ishlatilagan. Foyda soligini bu darajada ko‘p to‘lanishiga sabab korxonada soliq bazasiga kiritiluvchi harajatlar barcha yillarda ham ko‘p amalga oshirilgan. Bu turdagi harajatlarni kamaytirish birinchidan iqtisod qilingan harajat miqdoridagi mabla\ni korxona o‘zida qolish imkonini beradi, ikkinchidan foyda soli\ini kamaytirgan bo‘lardi.
Boshqa soliqlar miqdori yillar davomida usib borgan. Shu bilan birga foydadagi salmo\i ham usib borgan.
Boshqa ishlatinishlar 2001 yilda 3218 ming sum, 2002 yilda 3172 ming sum, 2003 yilda 16171 ming sum bo‘lgan. Jami foydadagi salmogi yillarga mos ravishda 31%, 16,9% va 25,4% teng bo‘lgan. Boshqa ishlatishlarda aksiyalar uchun dividend to‘lash yuqori salmokka ega 2001 yilda 21,7% foyda dividendga sarflangan bo‘lsa, 2002 yilda 13,5%, 2003 yilda 17,8% foyda sarflangan.
Moddiy ra\batlantirish fondi uchun ajratmalar yillar davomida usib borgan bo‘lsada, foydani ishlatishdagi salmogi pasayib borgan.
Ishlab chiqarishni rivojlantirishga foydaning 2002 yilada ishlatilishi 544,4 ming sum bo‘lgan. 2003 yilda 4036,3 ming sumni tashkil etgan. 2000 yilda foydaning 5,2%, 2001 yilda 1,2% 2001 yilda 6,3% ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflangan. Bu miqdor juda oz bo‘lib korxona ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘proq mabla\larni joriy etishi lozim. Korxona uchun dividendlar xajmini oshirish albatta yaxshi, lekin shu hisoblangan dividend miqdorini xissadorlar bilan kelishib ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilish korxona uchun ham, hissadorlar uchun ham foydalidir.
Sof foydani taqsimlashda qo‘yidagi maxsus jam\armalarni tashkil qilish asosida bo‘lishi mumkin: Jam\arma fondi va iste’mol hamda foyda bevosita alohida yo‘nalishlarga bo‘linib zaxira jam\armalarini tashkil qilishi mumkin.
Jam\arma fondlari qo‘yidagi tarkiblarni moliyalashtirishga foydalaniladi: Ilmiy-tadqiqot ishlarga loyixalash, konstruktorlik va texnologik ishlarga, yangi mahsulot va texnologik jam\armalarni ishlab chiqarish va uni o‘zlashtirish ishlariga texnika bilan qayta kurollantirish va korxonani sex bo‘limlari qayta tiklash, uzoq muddatli ssudalarni qaytarishga va ularning foizlarini to‘lashga, tannarxga olib boriladigan summadan tashqari qisqa muddatli ssudalarni to‘lashga, aylanma mabla\larning o‘sishini qoplashga tabiatni muxofaza qilishga, tadbirkorlikka bo\liq harajatlarga boshqa korxonalarni nizom kapitalini tashkil kiluvchi sifatida qatnashilgandagi ma’lum darajadagi pay umumiy summalarini to‘lashga, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z tarkibiga kirgan ittifokchi hissadorlik jamiyatlari yoki kompaniyalarga badal to‘lovlarini to‘lashiga.
Iste’mol fondi ijtimoiy zaruratga ishlatiladi. U jam\arma hisobidan qo‘yidagi tadbirlarga bo\liq harajatlar moliyalashtiradi: ijtimoiy –maishiy obyektlardan foydalanishga noishlab chiqarish obyektlarini qurishga, so\lomlashtirish va madaniy ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga, ishlab chiqarishga bo\liq mas’uliyatni ta’mirlashlarni bajarishga bo\liq ishlarni bajarganlik uchun beriladigan mukofotlarga moddiy yordam ko‘rsatishga nafakaga kushimcha pul mabla\larini ajratishga va boshqalarga yunaltiriladi.
Tadbirkorlikning maqsadi nafaqat yuqori foyda olish. Shu bilan birga korxonalar xo‘jalik faoliyatini yuqori darajadagi rentabellik qilishdan ham iboratdir. Rentabellik absolyut foydada ko‘rsatkichdan farqli ularoq nisbatan olingan ko‘rsatkich bo‘lib korxona daromadliligini ko‘rsatadi. Rentabellikni 3 guruh ko‘rsatkichi mavjud: mahsulot rentabelligi, ishlab chiqarish fondlarining rentabelligi, korxonani kuyilmalarining rentabelligini.
Mahsulot rentabelliligini hamma sotiladigan mahsulot bo‘yicha aniqlash mumkin. Birinchi holatda, rentabellilik hamma sotilgan mahsulotdan olingan foydani uning ishlab chiqarish va sotish harajatlariga bo‘lgan nisbatini foiz hisobida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar, korxonani kundalik harajatlarini samaradorligini va sotilayotgan maxsulotni daromadligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish fondlarining rentabelliligi bilan foydani asosiy ishlab chiqarish fondlarining va material aylanma mabla\larining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichni sof foyda bo‘yicha ham hisoblash mumkin.
Bozor munosabatlarining rivojlanishiga bo\liq holda korxonalarda moliyaviy ishlar sifat jihatidan yangi mazmunga ega bo‘lmokda. Bozor munosabatlari takomillashib borishi bilan moliya xizmatining jiddiy vazifasi faqatgina budjet, mol yetkazib beruvchilar, haridorlar, bank va boshqa korxona tashkilotlar va o‘z xizmatchilari oldidagi majburiyatlarni bajarishgina bo‘lib qolmay, moliyaviy menedjmentni oqilona tashkil qilishdan ham iboratdir. Bu hol o‘z navbatida moliya xizmati ishlarida sifat jihatidan ijobiy o‘zgarishidir. Moliyaviy menedjment, xo‘jalik sube’ktlarini ma’lum darajadagi moliyaviy strategiya va taktikasini ishlab chiqadi. Buning uchun korxonada moliyaviy hisobotlar tahlil qilinib, xo‘jalikni aktiv va passivlarini tarkibini o‘zgarishiga bo\liq daromadlarining prognoziga(istikboliga) baho beriladi. Bu holat tadbirkorlikni boshqarishdagi tizimda moliya xizmatining tarkibida va uni o‘rni to‘\risidagi taassurotni o‘zgartirib, bozor munosabatlariga moslashtiradi.
Sof foydaning taqsimlanishini rejalashtirish jarayonida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanish tartibi, albatta, ko‘rib utiladi. Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividentlar to‘lash tartibi esa korxona faoliyatining moliyaviy natijalariga uning rivojlanish istiqbollariga hamda hisobot yilidagi moliyaviy holatiga bo\liq holda xal etiladi.
Korxona foydasining investitsiya qilinuvchi dividendga taqsimlanish jarayoni moliyaviy rejalashtirishning muhim masalasidir, chunki, aynan ana shunday korxonaning rivojlanishi va uning kelgusida dividentlar to‘lash imkoniyatlari kelib chiqadi.Reklama maqsadlarida to‘lanadigan nisbatan yuqori dividendlar korxona asosiy kapitali “yuqolishi”ga olib keladi. Shuning bilan bir vaqtda dividentlarning to‘lanmasligi korxona aksiyalari bozor kursining pasayishiga olib keladi va kelgusida ularni muomalaga chiqarish va sotishda muammolarga olib keladi. Dividentlarni reinvestitsiyalash haqidagi qaror yetarlicha asoslangan bo‘lmogi va kelgusida katta foyda olishni kafolatlashi lozim. Ma’lum ma’noda bu tadbir xo‘jalik subyekti bo‘lmish korxonaga nisbatan qulay va manfaatlidir. Chunki, dividend sifatida to‘lanmagan foydaning bir qismi foyda soligiga tortilmayapti. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishni rivojlantirishga kushimcha moliyaviy mabla\lar manbai vujudga keladi. Bundan tashqari bu sharoitda yangi aksiyalarni chiqarish va sotish bilan bo\liq ortiqcha harajatlar ham bo‘lmaydi. 1-savol. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab

Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling