Mustaqil ishi qabul qildi: Gulzina Ravshanova


Download 1.16 Mb.
bet2/2
Sana29.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1307882
1   2
Bog'liq
Jumanazarova Aziza

2002 yil 30 sentabrda qabul qilingan “Ozarbayjon Respublikasida davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunda Ozarbayjon Respublikasining har bir fuqarosi davlat tilini bilishga majburligi, ozarbayjon tili mamlakat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy hayotining barcha jabhalarida davlat tili sifatida qo‘llanilishi nazarda tutilgan.

Xorijiy tajribalar

Fransiyada 1994 yilda qabul qilingan Tubon qonunida davlat tashkilotlari tomonidan ish yuritish istisnosiz fransuz tilida olib borilishi, atamalarning fransuzcha muqobili turganda, boshqa tildagisini ishlatish taqiqlanishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari, kinosaroylarda filmlar namoyishi va reklamalarda fransuz tili qoidalariga to‘liq rioya qilishi belgilangan.

Xulosa va takliflar

  • Xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda davlat tilini takomillashtirish yuzasidan quydagilar taklif qilinadi: 1. Davlat tilini bilish davlat xizmatchilari, deputatlar, ommaviy va boshqa bir qator kasb egalari uchun davlat tilini bilish majburiyligini qonun bilan mustahkamlash hamda davlat xizmatchilarining davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha imtihon qilish amaliyotini joriy etish; 2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda atamalarning o‘zbekcha muqobili turganda, boshqa tildagisini ishlatish ta’qiqlanishini qat’iy belgilab qo‘yish; 3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlarini davlat tilida yuritishni shart qilib, zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishini belgilash;
  • 4. Xorijiy tilda berilgan reklama yoki e’lonlar ularning o‘zbek tilidagi shaklidan so‘ng joylashtirilishi lozimligini belgilash; 5. Davlat xizmatchilarining davlat tilini bilishi shartligini nazarda tutish, Mazkur o‘zgarishlarning amalga oshirilishi davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini oshishiga, davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritish to‘liq davlat tilida amalga oshirilishiga olib keladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling