1.5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalari nimalardan iborat?
Hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasida katta islohotlar о‘tkazilyapti,
о‘rta maktab ta’limi tizimida keskin о‘zgarishlar kuzatilyapti. Yangi о‘quv
muassasalari - kollej, litseylar ochilyapti. Ular bir-biridan о‘z о‘quv rejalari, ayrim
fanlarni, shuningdek kimyo fanini ham chuqurroq о‘rganishi, о‘quvchilarni
yо‘naltirilgan о‘qitishi bilan farq qiladilar.
Bu jarayonda oxirgi yillarda maktab sohasida “Ta’lim haqida” qonun qabul qilindi.
29- avgust 1997- yilda Respublika Oliy Majlisi IX sessiyada Prezidentimiz I. A.
Karimov sо‘zlagan nutqida: « . . ta’lim-tarbiya tizimini tubdan о‘zgartirish, uni yangi
zamon talabi darajasiga kо‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor bir muncha
qonun loyihalari kо‘rib chiqilishi kerak»,- deb aytgan edilar.
Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni о‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va
sarqitlardan tо‘la xalos qilish, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi
yuqori malakali kadrlar tayyorlash - Milliy dasturining maqsadi. Mazkur dasturga
kо‘ra ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni hayotga tadbiq qilish bosqichma-bosqich
olib boriladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari (shaxs, davlat va
jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish)dan biri - bu uzluksiz ta’limdir. U
malakali raqobatdosh kadrlar tayyorlashning asosi bо‘lib, ta’limning barcha turlarini
о‘z ichiga oladi.
Dasturni rо‘yobga chiqarish bosqichlari
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich rо‘yobga chiqarilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |