Mustaqil ishi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana10.12.2021
Hajmi0.5 Mb.
#179708
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI 1

3. Faol katalizator. Bajarilayotgan ish sifatli bо‘lishi uchun siz doim guruhni oldinga 

qarab  xarakatlanishini  nazorat  qilib  turishingiz  va  bajargan  ishlari  uchun 

о‘quvchilarni rag‘batlantirib turishingiz lozim. 

4.  О‘quv  kursining  asosiy  vazifa  va  maqsadlarini  yetkazib  beruvchi.  О‘quv 

jarayonida bajarilayotgan ma’lum bir vazifalarni, nima sababdan bajarilishi va bu 

vazifalar  bajarilgan  ishning  umumiy  maqsadlariga  bog‘lanib  ketishi  sizga 

bog‘liqdir. 



5. Kompozitor va dirijyor. О‘quv jarayonining qandaydir tomonlari musiqiy asarga 


ham  о‘xshab  ketadi.  U  bir  qancha  notalardan  iborat  bо‘lib,  har  biri  asarning 

butunligiga о‘z hissasini qо‘shadi. Xuddi shu narsani о‘quv jarayonidagi fikrlar va 

topshiriqlar, hamda  о‘quvchilarga nisbatan olishingiz  mumkin. Ularning  har biri 

о‘quv jarayoniga qandaydir takrorlanmas hissasini qо‘shadi. Bundan tashqari, siz 

dirijyor  bо‘lib  hisoblanasiz.  Har  bir  о‘quvchini  rag‘batlantirib  о‘sha  kimyoviy 

asarni mahoratli tarzda ijro etishga yо‘naltirasiz. 



6.  Ustoz.  Siz  ishtirokchilarni  qо‘llab-kuvvatlovchi,  maslahat  beruvchi, 

tarbiyalovchi  va  boshqaruvchi  asosiy  manba  bо‘lib  hisoblanasiz.  Siz  о‘quv 

jarayonida о‘quvchilar о‘zlariga qabul qilib olishi mumkin bо‘lgan namunali xulq-

atvorni  о‘zingizda  shakllantirishingiz  kerak.  Bunda  siz  butun  guruh  va  uning 

aloxida о‘quvchilari bilan bog‘liqlikni ta’minlashingiz juda muhim. 

7.  Trener:  О‘quv  jarayoni  vaqtida  sizning  faoliyatingizdagi  kо‘pgina  narsalar, 

о‘quvchilarni  kо‘nikmalarini  oshirishga  bag‘ishlangan.  Siz  о‘quvchilarga  yangi 

kо‘nikmalarni egallab olishlari uchun eng samarali yо‘llarni taqdim etib, yordam 

berishingiz lozim. Siz buni о‘quvchini о‘rniga bajarmasligingiz aniq, lekin sizning 

boshqaruvingiz  hamda  kо‘rsatma  berishingiz,  о‘quvchilarga  xulq-atvorni  yangi 

modelini sinab kо‘rishga yordam beradi.  

8. О‘qituvchi: Klassik ma’noda olganda, siz о‘quv jarayonida ma’lumotni yetkazib 

beruvchi  bо‘lib  xisoblanasiz.  Bu  ma’lumotni,  keyinchalik  qо‘llash  uchun,    ular 

tushunishlari  va  qabul  qilishlari  lozim.  Siz  bergan  ma’lumotlarni,  о‘quvchilar  siz 

о‘qigandek qabul qilganliklariga va tushunganliklariga ishonch hosil qiling. 




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling