Mustaqil ishi


 Kimyo о‘qituvchisining asosiy maqsadi va vazifalari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana10.12.2021
Hajmi0.5 Mb.
#179708
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI 1

 

1.6. Kimyo о‘qituvchisining asosiy maqsadi va vazifalari

 

Kimyo  о‘qituvchisining  asosiy  vazifasi  yosh  avlodni  mustaqil  respublikamizning 



kelajagi  uchun  mustaqil  ishlay  oladigan  qilib  tayyorlash  bilan  belgilanadi. 

О‘quvchilarni  hozirgi  zamon  bilimlari  bilan  qurollantirish    maktabimizning  eng 

muhim vazifasidir va bu kimyo fani о‘qituvchisiga ham yuklatilgandir. 

Har qanday mutaxassis - о‘z ishi metodikasiga qanchalik e’tibor bersa, u shunchalik 

katta  natijalarga  erishadi.  О‘qituvchi  ishining  asosiy  о‘qitish  metodikasi-

о‘quvchilarni о‘qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo о‘qituvchisi ishining asosi 

kimyo о‘qitish metodikasidir. 

Kimyo  о‘qituvchisi g‘oyaviy  shakllangan bо‘lishi, fanni  chuqur  bilishi, tarbiyalash 

va  о‘qitishning  asosiy  nazariy  bilimlarini  amaliy  faoliyatda  tо‘g‘ri  qо‘llay  bilishi, 

hamda pedagogik tajribalardan xabardor bо‘lishida kimyo о‘qitish uslubiyoti fanining 

alohida о‘rni bor. Chunki bu fan  maktabda kimyo fanini о‘kitishni va uni о‘quvchilar 

tomonidan  tushunib  olish  qonuniyatlarini  о‘rgatuvchi,  kimyo  fanini  о‘rganishga 

yо‘naltiruvchi pedagogik quroldir. 

О‘qituvchi  о‘z  faoliyatida  rejissyor,  aktyor,  redaktor,  tashkilotchi  vazifasini 

bajarishga majburdir, ulardan bittasi bо‘lmasa bu о‘qish jarayoniga salbiy ta’sir etadi. 



Kimyo о‘qitish metodikasi darslarida Universitet ziyolilari yangi bilim bermay, talaba 

bilimini о‘quvchiga yetkazish uslublarining metodlarini о‘rgatadilar. 

Kimyo uslublari umumiy pedagogik yо‘nalishlardan farqlanishi mumkin, shu sababli 

kimyo о‘qitish metodikasi  quyidagi 3 vazifani bajarishga harakat qiladi 

1).  Maktab  kimyo darsligi uchun kerakli hajmda dalillarni tanlash

2).  Kimyodan dars berish usullarini tanlash; 

3). О‘quvchilarning  bilimini  oshirishda о‘qituvchi faoliyati orqali kitob, kino, radio, 

televizor va boshqa vositalardan foydalanishni о‘quvchilarga о‘rgatish.  

Kimyo  fanining  xulosalari  hayot  bilan  chambarchas  bog‘liq  holda  bо‘lishini  va 

falsafali talqin qilinishini talab etadi. Kimyo fanini о‘qitish bilan о‘quvchilarda asta 

– sekin kimyoviy dunyoqarash hosil qilish kerak. 

Kimyo  о‘qituvchisining  maqsadi  va  ta’lim-tarbiyaviy  vazifalari  о‘rta  maktabning 

maqsadi va umumiy vazifalari bilan belgilanadi.  

О‘quvchilarga  kimyo  asoslarini  ochib  berish  va  ular  tomonidan  kimyo  asoslarini 

ongli ravishda о‘zlashtirishni ta’minlash. 

qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining kimyoviy asoslarini ochib berish. 

О‘quvchilarga kimyo sanoatining yutuqlarini va ularni qaysi yо‘lda rivojlantirishini 

kо‘rsatib berish. 

Kimyoning  eng  yangi  yutuqlaridan  butun  amaliy  hayotimizda  qanday 

foydalanayotganligiga о‘quvchilar e’tiborini jalb etish. 

О‘quvchilarga hayotda zarur bо‘ladigan о‘quv va malakalar berish. 

О‘quvchilarning  fikrlashini  rivojlantirish,  mustaqillikka,  bilim  olishda  faol 

qatnashishni о‘rgatish kerak. 

Ustoz о‘z faoliyatida rejessyor, aktyor va tashkilotchi vazifasini bajarishga majburdir, 

ularni bittasi bо‘lmasa bu о‘qish jarayoniga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling