Mustaqil ishi


О‘quvchilarga nisbatan differensial yondashuv


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/25
Sana10.12.2021
Hajmi0.5 Mb.
#179708
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI 1

 

1.7. О‘quvchilarga nisbatan differensial yondashuv 

 

О‘quvchilarni о‘qitishda differensial yondashuvga katta e’tibor berilmoqda. Ularga 



о‘qitishning  ma’lum  bosqichida  о‘ziga  yoqqan  va  keyinchalik  mutaxassis  bо‘lib 

yetishishiga yordam beradigan fanlarni tanlashga imkoniyat beriladi.  

Fundamentallashtirish, gumanitarlashtirish, mutaxassislashtirish, individuallashtirish 

va  kompyuterlashtirish  ta’lim  sohasining  yetakchi  tendensiyalaridir.  Bо‘lajak 

о‘qituvchilar  uchun  gumanitar  tayyorgarlikni  kiritish  juda  muhimdir,  chunki  ular 

nafaqat kimyoviy bilimga, balki mantiqiy, tarixiy, metodologik xarakterli bilimlarga 

ega bо‘lishlari kerak.  

« Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da :- « Majburiy umumiy о‘rta ta’lim va о‘rta 

maxsus,  kasb  -  hunar  ta’limiga,  shuningdek,  о‘quvchilarga    qobiliyatlari  va 

imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga о‘tish tо‘liq amalga oshiriladi», - 

deb kо‘rsatilgan. 

Ma’lumki, hozirgi ta’lim tizimi sinfdagi barcha о‘quvchilarga bir xil yondashishni 

tavsiya  etadi.  Ulardagi  о‘ziga  xoslik  hisobga  olinmaydi.  Bir  xil  talab  esa  sinfdagi 

barcha о‘quvchilarning dinamik rivojini ta’minlashga imkon bermaydi.  

Tabaqalashtirilgan  ta’limning  zamirida  individuallashtirish  yotadi  va  u  har  bir 

bolaning о‘ziga xos imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi. 

О‘quvchilar  guruhga  (yuqori,  о‘rta,  quyi)  bо‘lib  о‘qitilganda,  ular  qobiliyati  va 

imkoniyatlari hisobga olingani sababli dastur materiallari tо‘liq о‘zlashtiriladi. 

Natijada ularning о‘qishga , fanga bо‘lgan qiziqishi va faolligi ortadi. 



Ta’lim tizimi о‘quvchilar kuchiga mos  tanlanganligi sababli ular tomonidan о‘quv 

yuklamalarini о‘zlashtirishda zо‘riqish rо‘y bermaydi faol о‘zlashtiruvchilarning esa 

chuqur va keng  bilim olishga bо‘lgan ehtiyoji qondiriladi. 

Tabaqalashtirish turli tipdagi о‘quv muassasalarida amalga  oshiriladi: 

- grammatik va zamonaviy maktablar (Angliya) ; 

- real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktab (Germaniya); 

- texnologik , kasbiy va umumta’lim maktab (Fransiya); 

- oddiy о‘rta maktab, litsey, gimnaziya, kollej (Rossiya) va boshqalar. 

AQSH  va  Fransiyada  sinflar  doirasida  «tez»,  «о‘rta»  va  «sekin»  darajada 

о‘zlashtiruvchi guruhlar ish olib boradi. 

Tabaqalashtirilmagan maktablarda о‘quvchilarning qobiliyatiga qarab yuklamalarni 

talab  etish  maqsadga  muvofiq  keladi.  Kam  о‘zlashtiruvchi  о‘quvchilarga  a’lochi 

о‘quvchilarni biriktirish va alohida shug‘ullanish orqali ularni о‘zlashtirish darajasini 

yuqoriga kо‘tarish mumkin. 

Bugungi  kunda  Respublikamizda  ushbu  yо‘nalishda  keng  qamrovli  ilmiy  tadqiqot 

ishlari olib borilmoqda va ta’lim tizimida tabaqalashtirishga о‘tish rejalashtirilgan. 




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling