MUSTAQIL ISHNI BAJARISH BOʻYICHA KOʻRSATMALAR
Referat tayyorlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar. Talaba belgilangan mavzu boʻyicha referat ko‘rinishidagi mustaqil ish mavzusini bajaradi. Bunda turli – darslik va o‘quv qo‘llama, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona manbaalaridan foydalanib mavzu yuzasidan materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu boʻyicha referatni shakllantiradi. Zarur hollarda oʻqituvchidan maslahat va koʻrsatmalar oladi.
Yakunlangan referat himoya qilinadi.
Referat koʻrinishidagi auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim talaba tomonidan mustaqil individual bajarilgan ish hisoblanadi.
Odatda, referat quyidagi tarkibiy elementlardan tashkil topadi:
titul varog’i;
mundarija;
reja;
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan manbaalar roʻyxati;
ilovalar (zarur boʻlganda).
Referat tarkibiy qismlarining tavsiya etilayotgan hajmi:
Referat qismlarining nomlanishi
|
Varoqlar soni
|
Titul varog’i
|
1
|
Mundarija (betlar raqami koʻrsatiladi)
|
1
|
Asosiy qismi
|
10-15
|
Xulosa
|
1
|
Foydalanilgan manbaalar roʻyxati
|
1
|
Ilovalar
|
xohlagancha
|
Mustaqil ta’limni rasmiylashtirish
Auditoriyadan tashqari referat koʻrinishida tayyorlangan mustaqil ishni bajarishda quyidagi talablarga rioya etiladi:
A-4 formatdagi varoqning bir tomoni;
shrif kattaligi-14, TimesNewRoman;
qatorlar orasi bir interval;
bet maydonlari eniga 3-1,5; boʻyiga 2-2 koʻrinishda;
varoq kengligida formatlangan;
birinchi betda mavzu rejasi (mundarija) keltiriladi;
ishning oxirida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi;
sahifalarni raqamlash sahifa oʻrtasida, matn teks kenglikda, mavzu va reja mavzulari oʻrtaga tekislangan holda.
Foydalanilgan manbaalar roʻyxati mualliflar ismi-sharifi boʻyicha alifbo tartibida shakllantiriladi.
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
______________yо‘nalishining _________guruh talabasi
__________________
“IQTISODIYOTDA INFORMATSION KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU ___________________________
Bajardi:____________________
Qabul qildi:____________________
Toshkent-2023
Do'stlaringiz bilan baham: |