Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
98 XULOSA Har qanday mamlakatning jahon hamjamiyatida tutgan o„rni, e‟tibori va istiqboli intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Ахborot-коmmunikatsiya asrida, inson huquqlari va erkinligini himoya qiladigan demokratik, huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyati barpo qilayotgan hozirgi davrda intellektual salohiyatga bo„lgan talab yanada oshdi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tа‟kidlab ko„rsatganidek, “O„zining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylashga, boyitish va ko„paytirishga, shuningdek, unib-o„sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarlicha e‟tibor qaratmaydigan, har tomonlama uyg„un rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, o„z qarash va yondashuviga, grajdanlik pozisiyasiga ega bo„lgan shaxsni kamol toptirishni o„z oldiga maqsad qilib qo„ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot yo„lidan chetda qolib ketishga mahkum ekanini biz yaxshi tasavvur qilib kelganmiz va yaxshi tasavvur etamiz” 1 . “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshirilayotgan islohotlarda ayni shu masala ijrosi ko„zda tutilishi bejiz emas. Zero, ta‟lim texnologiyalarini takomillashtirish jamiyatning umumiy taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‟naviy-madaniy rivojlanishida poydevor vazifasini o„taydi. Shunday ekan, adabiy ta‟lim jarayonida o„quvchilarning mustaqil mutolaaa madaniyatini tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilish, uning yoshlarda komillik sifatlarini tarkib toptirishdagi o„rni va rolini, xususan, badiiy-estetik tafakkuri rivojiga doir texnologiyalarni tadqiq qilish intellektual salohiyat tarbiyasi bilan bog„liq g„oyat muhim pedagogik muammo sanaladi. Mazkur muammo yuzasidan monografiyada dars va sinfdan tashqari o„qish o„rtasidagi integratsiyani to„g„ri yo„lga qo„yish, o„rganilgan yangi mavzu va mustaqil ishlrning mazmunini takomillashtirish, badiiy asar matni ustida individual va jamoa bo„lib ishlashga yo„naltiruvchi texnologiyalarni samarali qo„llashga doir qarashlar ilgari suriladi. Mustaqil o„qib-o„rganishsiz adabiy ta‟limda muhim natijaga erishish mumkin emas. Maktab paytida mutolaa ko„nikmasi shakllantirilmas ekan, o„quvchida kitob o„qishga bo„lgan qiziqish asta-sekinlik bilan yo„qolib, keyinchalik butunlay so„nadi. O„qish malakasiga ega bo„lmas ekan, o„quvchi kundalik adabiy jarayon izidan yetib olishga, gazeta va jurnallarni muntazam mutolaa qilishga ulgurmay qoladi. Ayonki, o„quv dasturlari mumtoz namunalardan tashkil topgan. Zero, adabiyot – tirik, doimo rivojlanib boruvchi jarayondir. O„quvchining bu jarayon bilan qiziqmay qo„yishi uni dolzarb yangiliklardan, muhim axborotlardan mahrum qilib qo„yadi. 1 O„rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati. –T.: O„zbekiston, 2014. – 24-25-betlar. 99 Bugun maktablarda adabiyotdan sinfdan tashqari o„qishni tashkil etishda yoppasiga qoloqlik mavjudligi yaxshi ma‟lum. Maktablarning kitob fondi zarur adabiyot namunalari bilan to„ldirilmaganligi, aksariyat kutubxona xodimlari aynan sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlariga yordam berish uchun tayyorgarlik ko„rmasligi, bu boradagi malakasizliklar o„quvchilarni mutolaaga qiziqtira olmaslik kabi nuqsonlarni keltirib chiqarmoqda. Binobarin, bularning bari o„quv- tarbiya jarayoni tizimida metodik jihatdan kamchiliklarga yo„l qo„yilayotganligini ko„rsatib turibdi. Umuman, ta‟limdan ko„zlangan maqsadga erishishda pedagogik vazifalar aniqlashtirilib, islohotlarda hujjatlashtirilib borilmas ekan, sinfdan tashqari o„qishni tashkil etish usullari ham takomillikka muhtoj bo„lib qolaveradi. O„qituvchilar faoliyatini ilmiy-metodik tadqiqotlarga qiyoslab, tahlil qilganimizda mustaqil o„qishni tashkil etishda aniqlashtirilishi, rivojlantirilishi, to„ldirilishi zarur bo„lgan quyidagicha umumiy holatlar qayd etildi: – muttasil mutolaa – adabiyot darslariga qo„shimcha ravishda har kuni mustaqil o„qishni tashkil etish (“Kitobsiz kun o„tmasligi kerak...”); – o„quvchining kitobxon sifatidagi shaxsiy tashabbusini, asar tanlashda erkinligini hurmat qilgan holda mutolaa yo„nalishini pedagogik, tarbiyaviy- ma‟rifiy yo„lga solish (Yangi yoki tarixiy kitoblarning tug„ilgan kunlarini o„tkazish tarzida); – mustaqil o„qish jarayoni va natijalarini “Kitobxon kundaligi” daftariga maxsus qayd etish, topshirilgan vazifalarning qay darajada bajarilganligini yozib borish; mutolaaga ijodiy yondashishni tarbiyalash; – “Asar bilan hamnafas kitobxon”, “Eng yaxshi kitobxon o„quvchi”, “Men, ota-onam, bobom va buvim – kitobxon oila” mavzularida ijodiy-ma‟rifiy tadbirlarni tashkil etish (bu xil mutolaada o„qib tugatilgan kitob o„z navbatida boshqa asarning o„qilishiga rag„bat uyg„otishi, bir mutolaa ikkinchisiga sabab bo„lishi zarur); – sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarini tobora takomillashtira borib, mutolaa yo„nalishlarini sekin-astalik bilan etnomadaniy mavzularga burgan holda o„quvchilarni “Barkamol kitobxon” darajasiga yetkazish, davr talabiga javob bera oladigan “Zukko kitobxon”ni tarbiyalash; – kitobxonlik saviyasini oshirish uchun oila va jamoatchilik hamkorligida “Farzandimga kitob sovg„a qilaman” shaklidagi kitob marafonlarini amalga oshirish; – mutolaa faolligini real shart-sharoitlardan kelib chiqib rivojlantirish, bu boradagi moddiy bazani ta‟minlash uchun sinfdan tashqari majburiy o„qish va natijalarini qiyoslab borish; – boshlang„ich sinflardan boshlab dastavval mutolaa natijasida tug„iladigan ma‟lumotlarni (muallif, asar, qahramonlar nomi, sanalar, sahifalar soni va hokazo) majburiy tarzda qayd ettirish, keyinchalik esa, bu jarayonni takomillashtirib, o„quvchilarning shaxsiy tashabbuskorligini rag„batlantirish, mukofot tariqasida yangi yutuqlarga shart-sharoit yaratish. 100 – barcha sinflar uchun sinfdan tashqari o„qish kitoblari nashr qilish. Kitob shunday adadda nashr qilinishi kerakki, undan bahramand bo„lgan o„quvchi vaqti kelib ana shunday kitoblardan bir nechtasini chop ettirishga hissa qo„sha olsin. – sinfdan tashqari o„qish majmua kitobining elektron versiyasini yaratish. Bosma darslikdan farqli o„laroq, elektron majmuadagi matn bilan tanishish jarayonida o„quvchi unga mos animatsiyalar, audio va video materiallar, muallif nutqi, hayoti va ijodiga oid filmlardan lavhalar, sahnalashtirilgan (kino, spektakl, videofilm) asarlardan parchalar bilan tanishish imkoniga ega bo„ladi. Majmua muayyan sinf adabiyot darsligidagi mavzularning uzviy davomi sifatida qo„shimcha ma‟lumotlar, dasturda o„rganilishi rejalashtirilmagan adiblar ijodi va umrbayonidan hikoya qiluvchi hamda ular haqida zamondoshlari fikrlari asosida tayyorlangan o„quv filmlaridan namunalar keltirish bilan boyitiladi. Elektron majmualarni yaratishda yangi nomdagi adabiyotlarni, badiiy asarlarni topib o„qiydigan o„quvchilarning ehtiyojlarini ham hisobga olmoq kerak. O„tkazilgan tajribalarning o„qituvchilar va metodistlar bilan muhokamasi natijasida ba‟zi xulosalarga keldikki, ishimizda yoritilgan tavsiyalar sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarini mukammallashtirish uchun ma‟lum imkoniyatlarni ochib beradi, mutolaaning barcha turlarini (dastlabki turi – umumiy tanishish, ikkinchi turi – chuqur o„qib, batafsil o„rganish uchun) birgalikda amalga oshirishga yordamlashadi. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling