Mustaqillik arafasida sobiq cccp hamda o'zbekiston cccp dagi siyosiy iqtisodiy vaziyat reja


Download 32.14 Kb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi32.14 Kb.
#222107
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQILLIK ARAFASIDA SOBIQ CCCP HAMDA O'ZBEKISTON CCCP DAGI SIYOSIY IQTISODIY VAZIYAT

Iqtisodi

Oʻzbekistonning sovet davri tarixi muayyan yoʻqotishlar va fojialar bilan birgalikda katta qurilishlar va sanoat korxonalari bunyod etilgan davr hamdir. Aynan shu davrda Oʻzbekiston SSR zamonaviy qishloq xoʻjaligi respublikasiga aylantirildi. Bu yillarda iqtisodiyot, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi.

Oʻzbekiston SSRda 1925–26-yillarda ishchilar soni 11 900 kishiga yetdi. Ularning 29,3 foizini mahalliy millat vakillari tashkil etardi. Oʻzbekiston uchun sanoat qurilishini keng surʼatda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki respublika iqtisodiyoti XX asrning 30-yillari boʻsagʻasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927-yilda Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligining salmogʻi 62,6 foiz, sanoatning salmogʻi 37,4 foizni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning 90 foizi qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi. Iqtisodiyot xom ashyo yoʻnalishida boʻlganligi sababli Oʻzbekiston SSR sanoati faqat bir tomonlama ixtisoslashtirilayotgan edi: uning 2/3 qismiga yaqini paxta tozalash sanoati hissasiga toʻgʻri kelardi, u butunlay metropoliya ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilardi, uning boshqa tarmoqlari oʻz holicha rivojlanib, umuman, SSRI iqtisodiyoti bilan zaif bogʻlangan edi.

Birinchi besh yillik


Birinchi 5 yillik davri (1928-32)da Oʻzbekiston SSRda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashkil etildi, sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 baravar, neft qazib chiqarish 2,5 baravar, metall ishlash sanoati mahsulotlari 6 baravar, sement ishlab chiqarish 3,5 baravar ortdi. Yengil sanoatning konchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari va ip-gazlama ishlab chiqarish surʼatlari oshib bordi. Ana shu davrda Oʻrta Osiyoda paxtachilik, mashinasozlik sanoatining toʻngʻichi boʻlgan „Tashselmash“ va Quvasoy sement zavodi barpo etildi. „Chirchiqqurilish“, Toshkent toʻqimachilik kombinati qurilishi tez surʼatlar bilan olib borildi. Fargʻona toʻqimachilik fabrikasi va yogʻ zavodi, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi.

Sanoatning rivojlantirilishi energetika bazasini kengaytirishni talab qilardi. Fargʻona, Samarqand, Toshkent va boshqa joylarda yangi elektr stansiyalari qurildi. 1932-yilda barcha elektr stansiyalarining soni 1928-yildagi 16 ta oʻrniga 49 taga yetdi, elektr quvvati ishlab chiqarish esa 7 baravardan ziyodroq oshdi.


Ikkinchi besh yillik


Ikkinchi 5 yillik davri (1933–37)da Oʻzbekiston SSRda barpo qilinadigan sanoat korxonalari mahalliy sharoit va milliy manfaatlarni emas, balki markaz ehtiyojlarini hisobga olib rejalashtirilgan edi. Mas, Chirchiqdagi azotli oʻgʻitlar zavodi va Toshkent toʻqimachilik kombinatini barpo etishdan maqsad Oʻrta Osiyo mintaqasida paxtachilikni rivojlantirishdan iborat boʻlgan. Umuman ikkinchi 5 yillik davrida 189 ta turli sanoat korxonalari va elektr stansiyalari barpo etildi. Ular orasida Fargʻonadagi yigirish-toʻqish fabrikasi, Xavdogʻ va Uchqizil neft konlari, Toshkent matbaa kombinati, Qoʻqon superfosfat zavodi, Buxorodagi issiqlik elektr stansiyalari, Qodiriya va Boʻrjar stansiyalari, Toshkent lok-boʻyoq zavodi va boshqalar bor boʻlib, ular, asosan, Sovet Ittifoqi ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilgan.

Uchinchi besh yillik


Urushdan oldingi uchinchi 5 yillik davri (1938–42)da sanoat rivojlanishida siljish kuzatildi. Urushning boshlanishiga kelib, Oʻzbekiston SSRda 134 ta sanoat korxonasi qoʻshimcha ravishda ishga tushirildi. Ular orasida Chirchiq elektr-kimyo kombinati, Toshkent toʻqimachilik kombinatining 2 navbati, Moʻynoqdagi yirik baliq-konserva zavodi bor edi. Chirchiq GES, Olmaliq mis eritish kombinati, Quvasoy GRESi, Tovoqsoy va Samarqand GESlarini qurish, Angrendagi koʻmir konini ishga tushirish jadal surʼatlar bilan bordi.

Urush boshlanishi vaqtiga kelib respublikaning sanoat potensiali 1 445 ta yirik va oʻrta sanoat korxonalarini hamda 19 mingta mayda korxonalarni oʻz ichiga olgan. Oʻzbekiston SSR vositalarini va isteʼmol buyumlarini ishlab chiqaradigan tarmoqlar oʻrtasidagi nisbat jiddiy ravishda oʻzgardi. Yirik sanoat salmogʻi 1928-yildagi 16,3 foizdan 1940-yilda 32,8 foizga koʻtarildi.

Sanoatni kadrlar bilan taʼminlash jarayoni ziddiyatli xususiyatga ega boʻldi. Umuman, shiddatli industrlashtirish surʼatlari ishchilar va muhandis-texnik kadrlar bilan taʼminlashning miqdor jihatidan oʻsishiga obʼyektiv sharoit yaratdi. Masalan, yirik sanoatda ishchilar sinfining soni birinchi 5 yillikdagi 17,9 mingdan 62,4 ming kishiga yetdi yoki deyarli 3,5 baravar ortdi. 1937-yilga kelib sanoat ishchilarining umumiy miqdori 181 ming kishidan iborat boʻlgan. Lekin ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilgan.

Urushdan keyingi yillar


Sovet davlatining siyosiy rahbariyati, xalq xoʻjaligini boshqarishda oʻzlari yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklar natijasida yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini maʼmuriy buyruqbozlik orqali majburlash va yuqoridan tashkil qilingan „sotsialistik musobaqa“, „zarbdorlik“, „staxanovchilik“ va boshqa bir qator ishchilar harakatlari vositasida „ommaning inqilobiy gʻayrat-shijoati“ni avj oldirish bilan qoplashga intildi.

Oʻzbekiston SSRda paxta yakkahokimligi oʻrnatilgan. Buxoro, 1973-yil. Urbain J. Kinet surati.



Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqiga paxta xom ashyosini yetkazib beruvchi asosiy respublika hisoblangan. Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxtaning asosiy qismi Rossiyaning toʻqimachilik fabrikalariga qayta ishlash uchun yuborilgan va chet ellarga eksport qilingan. Oʻzbekiston sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlariga xizmat qilishga yoʻnaltirilgan edi. Sanoatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy oʻrinni egallaydi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Sovet Ittifoqi sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham oʻsha yerda qolardi. Shuningdek, Buxoro – Ural va dunyoda eng uzun Oʻrta Osiyo – Markaz gaz quvurlari orqali Oʻzbekistonning tabiiy gazi Rossiya SFSR va Sharqiy Yevropa davlatlariga joʻnatilgan. Lekin respublikadagi shahar va qishloqlarning aksariyat qismi gazlashtirilmagan edi. Oʻzbekistonda qazib olingan oltin, uran va boshqa nodir metallarning eksportidan kelgan valyuta markazning xazinasiga tushgan. Respublikada ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 42 ta mamlakatga eksport qilingan, lekin Oʻzbekiston SSR chet ellar bilan aloqa oʻrnatish, xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan bevosita iqtisodiy shartnomalar tuzish huquqidan mahrum edi. Bunday vakolat faqat markazdagi Ittifoq ministrliklari va idoralari zimmasida boʻlgan.

Demografiyasi

Oʻzbekiston SSR aholisi 1926-yilda 5 milliondan ortiq boʻlgan, 1989-yilga kelib 20 millionga yetgan. 1989-yilda Oʻzbekiston SSRda oʻzbeklar (14 milliondan oshiq), qoraqalpoqlar (411 900), tojiklar (933 600), qozoqlar (808 200), qirgʻizlar (174 900), turkmanlar (121 600) yashagan.
Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling