O‘zbek tilida
|
Izoh
|
Arxiv xujjatlari
|
Fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ma’lum ahamiyat kasb etgani bois saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar.
|
Bolalar kitobi
|
Shaxs va ta’limni rivojlantirish, bilimlarni tarqatishning eng muhim vositalardan biri bo‘lgan nashr turi. Bolalar kitolari faqatgina o‘qish va bilim olish manbai bo‘libgina qolmay, balki bolaning estetik va psixologik tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi manbadir.
|
Boshqarish faoliyati
|
Raxbarning pedagogik, normativ va psixologik asoslarda boshqarish qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishga qaratilgan maqsadga muvofiq xatti- xarakatlari majmui.
|
Byurokratiya
(buyruqboz-lik)
|
(tom ma’noda- kanselyariya hukmronligi; fransuzcha bureau-byuro, kanselyariya va yunoncha-kratos-kuch, hokimiyat, hukmronlik) Tabaqalangan boshqaruv tizimi bo‘lib, uning uchun har bir darajada vakolatlar chegarasining aniq belgilanganligi, qarorlarning mavjud qonunlar va qoidalarga binoan qabul qilinishi xosdir.
|
Genofond
|
Genlar zahirasi; turli genlarning tarqalishi, ularning nisbiy miqdor va tarkibiy sifati; muayyan organizmlarning tarqalganligi. Irsiy belgilarni o‘rganish va aniqlash inson genetikasi, jonivorlar hamda o‘simliklar genetikasi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Xozirgi vaqtda genofondni saqlash muammosi dunyoning ko‘pgina mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan.
|
Gigiena
|
Yashash tarzi va mehnat sharoitining inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganadigan, kasalliklarni profilaktika qilish, sog‘liqni saqlash va hayotni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan qadimiy tibbiyot sohalaridan biri.
|
|