Maktabgacha yosh
|
Bolaning ruhiy rivojlanish bosqichi. Bola rivojlanishining hozirgi zamon milliy davrlashtirilishi bo‘yicha 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri.
|
Maktabgacha yoshdagi
bola kompetentligi
|
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining asosiy xarakteristikasi. Kommunikativ, ijtimoiy, intellektual kompetentlikni hamda jismoniy rivojlanish borasidagi kompetentlikni o‘z ichiga oladi. Kommunikativ kompetentlik bolaning o‘z istaklari, niyatlarini nutqiy va nutqiy bo‘lmagan (imo-ishora, mimik va pantomimik) vositalar yordamida erkin ifoda etishida namoyon bo‘ladi.
|
Maktabgacha ta’lim muassasa-lari
|
Turli yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan ta’lim muassasasi. Ularda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tarbiyasi, ta’limi, parvarishi va sog‘lomlashtirilishi ta’minlanadi.
Yo‘nalishiga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi quyidagi turlarga bo‘linadi: umumiy tipdagi MTM, tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari mavjud bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus MTMlar va surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bolalar uchun sanatoriya tipdagi MTMlar.
|
Maktabgacha ta’lim muassasa-larning vazifalari
|
ushbu muassasalarning vazifalari: bolalar hayotining muhofazasini, ularning intellektual, jismoniy va shaxs sifatidagi rivojlanishini ta’minlash uchun uning oilasi bilan aloqa o‘rnatish.
|
Maktabgacha ta’lim muassasasi-ning moddiy-texnika bazasi
|
Muassasa balansida turgan asosiy vositalar majmui (bino, xovli, qo‘shimcha qurilmalar, kommunikatsiya, yumshoq va qattiq jihozlar).
|
|