Dasturlashtirilgan ta’lim berish
|
Dasturlashtirilgan ta’lim berish asosini, tartibga keltirilgan topshiriqlarni namoyon qiluvchi, o‘rgatuvi dastur tashkil etadi. U butun o‘qitish jarayonini boshqaradi.
|
Kasb
|
Bu mehnat faoliyatining barqaror turi bo‘lib, u nafaqat aniq bilim va ko‘nikmalarni bo‘lishini talab qilmay, balki bir xil bo‘lgan umum kasbiy
bilimlarni ham bo‘lishini talab qiladi
|
Adabiyot
|
Ijtimoiy ahamiyat kasb etgan, fanning va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtirgan yozma asarlar yig‘indisi(masalan, texnik adabiyot, badiiy adabiyot, siyosiy adabiyot, tibbiy adabiyot singari).
|
Bola (bolalar)
|
O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar).
|
Bolalar kitobi
|
Shaxs va ta’limni rivojlantirish, bilimlarni tarqatishning eng muhim vositalardan biri bo‘lgan nashr turi. Bolalar kitoblari faqatgina o‘qish va bilim olish manbai bo‘libgina qolmay, balki bolaning estetik va psixologik tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi manbadir.
|
Gigiena
|
Yashash tarzi va mehnat sharoitining inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganadigan, kasalliklarni profilaktika qilish, sog‘liqni saqlash va hayotni uzaytirish chora- tadbirlarini ishlab chiqadigan qadimiy tibbiyot sohalaridan biri.
|
Didaktik o‘yinchoqlar
|
Bolalarning aqliy va sensor rivojlanishi va ta’lim olishida xizmat qiladigan o‘yinchoqlar turi. Bunday o‘yinchoqlarga mozaikalar, stol ustida o‘ynaladigan va bosma o‘yinlar, xalq o‘yinchoqlari(matryoshkalar, piramidalar, rangli sharlar, xushtaklar, chillaklar) kiradi.
|
Yosh guruhi
|
Yosh belgisiga ko‘ra birlashtiriladigan kishilarning biron bir shartli katta guruhi. Yoshni davrlashtirishga muvofiq MTMda bolalarning yoshiga ko‘ra an’anaviy ajratiladigan guruhlar: yasli yoshdagi bolalar guruhi, birinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, ikkinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, katta bolalar guruhi va maktabga tayyorlov guruhi.
|
Iste’dod
|
Qobiliyatlar, iqtidorlarning yuqori darajada rivojlanganligi bo‘lib, ijodiy faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi.
|
Kasbiy faoliyat
|
Biron narsaning bajarilishining murakkab va me’yoriy jihatdan belgilangan usuli. Mehnat sub’ekti faoliyatining sifat jihatdan belgilanadigan shakli. Inson bajarayotgan faoliyatning murakkabligini tavsiflaydigan mezon.
|
|