Tarbiyalanuvchilar
|
Maktabgacha tarbiya muassasalariga boradigan bolalar; mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda tarbiyalanuvchi bolalar va o‘smirlar maktabdan tashqari muassasalarda shug‘ullanadigan bolalar.
|
Tarbiyachi
|
Tarbiyani amalga oshiradigan, o‘zga kishi shaxsining hayot tarzi va rivojlanishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan shaxs.
|
Ta’lim sifati
|
Ta’lim jarayoni va uning natijalarini tavsiflaydigan kategoriya, ta’lim jarayoni qanday bo‘lishi kerak, qanday maqsadlarga xizmat qilishi kerakligi to‘g‘risida jamiyatda tarqalgan tasavvurlarga qanchalik mosligini belgilaydi. Ta’lim sifati ta’lim oluvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalari, atrof-olamga va bir birlariga nisbatan qadriy- emotsional munosabatlar normalari bilan o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar tizimida ifodalanadi.
|
Maktabgacha
|
Turli yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim dasturini amalga oshiradigan ta’lim muassasasi
|
Ta’lim
|
O‘qitishning mahsuli bo‘lib, o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan egallagan bilim, ko‘nikma, malakalardir.
|
Anglash
|
O‘rganilayotgan predmetni tushunish va u haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish.
|
Bilim
|
Borliqni bilishni amalyotda tekshirilgan va mantiqan tasdiqlangan natija.
|
Bolalar
|
Insonning voyaga yetishidan oldin keladigan rivojlanish
|
Did
|
Kishining hayoti va san’atning barcha jabhalarida go‘zallikni farqlash, tushunish va baholash qobiliyati.
|
|