Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik
Vahki, dinim kishvarin toroj qildi kofire
Download 335.49 Kb.
|
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK
Vahki, dinim kishvarin toroj qildi kofire,
Kufr eliga homiyu din ahlig‘a yag‘mogare. Navbatdagi janr musamman deb atalib, “sakkizlik” ma’nosini bildiradi. Alisher Navoiygacha turkiy she’riyatda musamman janri uchramaydi. Kulliyotda bitta musamman bo‘lib, u “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan. Musamman a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, s-s-s-s-s-s-s-a tarzida qofiyalangan, 7 band – jami 56 misradan iborat. SHe’r muraddaf (radifli) bo‘lib, “ey ko‘ngul” jumlasi radif bo‘lib kelgan. Musamman ishqiy mavzuda: oshiqning yor ozoridan shikoyat qilib, ko‘ngilga murojaati tarzida yaratilgan. Musamman quyidagi band bilan boshlanadi: Har taraf azm aylab ul sho‘xi sitamgor, ey ko‘ngul, Tig‘i hajridin necha bo‘lg‘aybiz afgor, ey ko‘ngul, Chun safar aylab edi bir qatla dildor, ey ko‘ngul, Dardi hajrig‘a bo‘lub erduk giriftor, ey ko‘ngul, Buylakim, ta’rif etib g‘urbatni bisyor, ey ko‘ngul, Shahru kishvardin malolat aylab izhor, ey ko‘ngul, Anglading yo yo‘qmukim, aylar safar yor, ey ko‘ngul, Vahki, bo‘lduq yana hajri ilgidin zor, ey ko‘ngul... “Xazoyin ul-maoniy”da tarji’band janri ham alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, tarji’band arabcha “takrorlab bog‘lamoq” ma’nosini bildiradi. Adabiy istiloh sifatida esa bir necha banddan iborat bo‘lib, g‘azal singari qofiyalanadigan, birinchi bandning maqta’si qolgan bandlarning so‘ngida ham takrorlanadigan she’r turini anglatadi. Bandlar oxirida o‘zaro qofiyalanuvchi bayt barcha tarji’xonalarni o‘zaro bog‘lab turadi va vosila bayt deb ataladi. Tarji’bandlar odatda har biri 8–11 baytdan iborat bir necha banddan tashkil topadi. Turkiy adabiyotda tarji’bandning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi. Uning devoniga 3 ta tarji’band kiritilgan. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida 4 ta tarji’band bo‘lib, har bir devonga bittadan joylashtirilgan. Tarji’bandlarning ikkitasi tasavvufiy-falsafiy , ikkitasi ishqiy mavzuda. “G‘aroyib us-sig‘ar” devoniga kiritilgan tarji’band “Ketur soqiy, ul mayki subhi alast” misrasi bilan boshlanib, hajman 10 band (har bandda 10 bayt), 100 baytni o‘z ichiga oladi. Tarji’band haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun uning dastlabki ikki bandini keltiramiz: I Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast Aning nash’asidin ko‘ngul erdi mast. Maekim qilur, quysalar jom aro O‘zi mastu kayfiyyati mayparast. Eshit sarguzashteki, bir kun manga Necha mayparast o‘ldilar hamnishast. May olmoqqa piri mug‘on jazbasi Meni chekti andoqki, mohiyni shast. Qilib xirqa may rahniyu zarfining Etib og‘zini mum ila sangbast. Kelur erdim egnimda mayliq sabu, Bo‘lub to‘qquz aflok ollimda past Ki, ogoh o‘lub to‘sh-to‘shumdin qabab Manga toptilar ihtisob ahli dast. SHikastim mening oncha ermas edi Ki, may zarfi topti orada shikast. CHu sindi sabu, chorae topmadim, Meni muflisi ur[u], giryoni mast. Download 335.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling