Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik
Yodingni qilay harifi majlis
Download 335.49 Kb.
|
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko‘ngulga munis... Tarji’bandda bir paytlar yori bilan hamnafas, ulfat bo‘lgan, endilikda g‘addor taqdirning zulmi bilan sevgilisidan ayrilgan oshiqning ruhiy kechinmalari bayon qilinadi. Akademik A.Qayumov ushbu tarji’bandni “Sevginoma” deb ataydi. Tarji’band hazaj bahrining xushohang va o‘ynoqi vaznlaridan biri – hazaji musaddasi axrabi maqbuzi maqsur vaznida (ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoilun fauvlun – – V / V – V – / V – ~) yozilgan. “Xazoyin ul-maoniy”da bitta tarkibband ham mavjud. Tarkibband “biriktirib bog‘lamoq” ma’nosini bildirib, qofiyalanish tizimi va hajmiga ko‘ra tarji’bandga yaqin turadi. Faqat undan farqli o‘laroq, tarkibbandda har bandning maqta’si o‘zaro qofiyalanuvchi va bir-birini takrorlamaydigan mustaqil baytlardan iborat bo‘ladi. Alisher Navoiyning tarkibbandi marsiya yo‘nalishida bo‘lib, ustozi va do‘sti Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bag‘ishlangan. Tarkibbandda shoirning aziz insonidan ayrilishi tufayli vujudga kelgan qalb og‘riqlari, dardli hissiyotlari, alamu iztiroblari bayon qilinadi. SHoir, ayniqsa, Sayyid Hasan Ardasher vafot etgan vaqtda Hirotdan uzoqda bo‘lganligi, u bilan vidolasha olmaganligidan cheksiz iztirob chekadi. Mazkur tarkibband “Navodir ush-shabob” devonidan o‘rin olgan bo‘lib, hajman 56 baytdan iborat. Tarkibband quyidagi band bilan boshlanadi: Dahr bog‘iki jafo shoriidur har chamani, Juz vafo ahlig‘a sonchilmadi aning tikani. Kimdakim dog‘i vafo ko‘rsa shahid aylamasa, Lolasining ne uchun qong‘a bo‘yalmish kafani. Poymol etmasa andinki kelur mehr isi, Oyog‘ ostida nedin qoldi giyohi damani. Safhai xotiri pok o‘lmasa barbod andin, Bas, ne sovrulmoq erurkim ko‘rar aning samani. Rostlar bo‘lsa aning arsasida barxo‘rdor, Javrdin, bas, nega bebarlik erur sarvi fani. Gar yaqin ahlini Mansur kebi qatl etmas, Bas nedindur shajaru sunbuli doru rasani. V-ar kamol ahli jaloyi vatan ermas andin, Nega tufrog‘dur ul akmali davron vatani. Download 335.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling