Lutfini mayxonada oshufta ko‘rsang, qilma ayb
Kim, bu majnun ixtiyori zulfi qullobindadur.
“Xazoyin ul-maoniy”ga musaddas (“oltilik”) janri ham kiritilgan bo‘lib, kulliyotdan 5 ta musaddas o‘rin olgan. Musaddas ham muxammas singari ikki turga bo‘linadi:
1) tab’i xud (mustaqil);
2) tasdis (g‘azalni oltilantirish asosida yaratilgan).
Kulliyotdagi 5 ta musaddasdan 2 tasi Lutfiyga, bittasi Husayniyga tasdis bo‘lsa, bittasi shoirning o‘z g‘azaliga tasdis va bittasi shoirning o‘z tab’idan yaratilgan musaddasdir.
Bu hodisani ham jadvalda kuzatish aniqroq tasavvur beradi:
Tab’i xud musaddas
|
Lutfiyga tacdis
|
Husayniyga tasdis
|
O‘z g‘azallariga tasdis
|
Tasdisga asos bo‘lgan g‘azal
|
Tasdis
|
“Dahr aro chun qayg‘usiz yo‘q hech ishrat, ey rafiq” (“Navodir ush-shabob”, 1-musaddas)
|
“Jonim o‘rtarga ul o‘tluq chehra gulzori Xalil” (“Badoye’ ul-vasat”, 1-musaddas)
|
“Ishq zor etti xaloyiq ibtilosidin meni” (“Badoe’ ul-vasat”, 2-musaddas)
|
“Vahki, dinim kishvarin toroj qildi kofire” (“Navodir ush-shabob”, 580-g‘azal)
|
“Subhidam maxmurluqtin tortibon dardi sare” (“G‘aroyib us-sig‘ar”, 1-musaddas)
|
“Zulfu siymin jisming af’i ganji Qorun ustina” (“Favoyid ul-kibar”, 1-musaddas)
|
Navoiyning o‘z g‘azaliga bitgan tasdisi birinchi bandini ko‘rib o‘tsak (bunda qoraytirilgan misralar Navoiy g‘azalining matla’si bo‘lib, musaddas uchun asos vazifasini o‘tagan, yuqoridagi to‘rt misra esa keyinchalik shoir tomonidan qo‘shilib, g‘azal tasdis holiga keltirilgan):
Subhidam maxmurluqtin tortibon dardi sare,
Azmi dayr ettimki, ichgaymen sabuhiy sog‘are,
CHiqti sog‘ar to‘ldurub kofirvashi mahpaykare,
Naqde din olib ichimga soldi maydin ozare,
Do'stlaringiz bilan baham: |