N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
Zamonbobo madaniyati Zarafshon daryosining quyi havzasida 
topilgan chorvachilik va m otiga dehqonchiligi bilan shug‘ullangan 
qabilalarning yodgorligi hisoblanadi. U Buxoro viloyati Q orako‘1 
tumanining cho‘l zonasidagi Zamonbobo ko‘li bo‘yida joylashgan.
Zamonbobo madaniyatiga oid qabristonni* 1950 yilda Ya.G‘.G ‘ulo- 
mov topdi. Qabristonda 1951-1960 yillarda olib borilgan arxeologik 
tadqiqotlar natijasida bronza davriga oid 40dan ortiq qabr ochilgan. 
M ozorlar tuzilishi jihatidan ayvonli laxat (podboy) shaklida boMgan. 
Zamonbobo 
qabristonidan 
yaproqsimon 
shaklda 
ishlangan 
tosh 
paykonlar, osti yassi va tuxumsimon boMgan sopol idishlar, bronzadan 
ishlangan kurakchalar, halqasimon bilakuzuklar, qimmatbaho toshlardan 
yasalgan juda ko‘p munchoqlar, je z oyna, igna, bigiz, terrakota 
haykalcha, namozgoh madaniyatiga tegishli sopol parchalari va boshqa 
narsalar topilgan.
1961 
yili A.Asqarov Zamonbobo qabristonidan uncha uzoq boMma- 
gan joydan, Zarafshonning qadimgi o ‘zani Gurdush-Gujayli sohilidan 
shu madaniyatga tegishli qishloq qoldiqlarini topdi. U erda olib borilgan 
arxeologik tadqiqotlar natijasida zamonboboliklam ing xo‘jaligi va 
turmushiga doir yangi materiallar to'plandi. 
U erdan ertoMa tipidagi 
kulba harobasi, bir nechta engil chayla oM'ni, ikki yarusli xumdon 
harobasi va devor qoldiqlari topib o ‘rganildi. ErtoMa maydoni 200 kv.m 
boMib, uning maydonida qator o ‘choqlar, kulba karkasining ustun 
chuqurchalari saqlangan.
Suvyorgan m adaniyatiga oid dastlabki yodgorliklar 1945-1946 
yillarda 
QoraqalpogMstonning 
Jonbosqal’a 
tumanidagi 
Jonbos-6 
qarorgohidan va 1954 yillarda Oqchadaryoning qadimgi irmoqlari 
bo'yidan Qamishli 1, Qamishli 2 qarorgohlaridan topilgan. Ularning 
materiallari asosida S.P.Tolstov Suvyorgan madaniyatini rivojlanishi- 
nir>g bosqichlarini aniqlagan. Olim uni miloddan avv. II ming yillikning


birinchi yarm iga oid boMib, Kaltaminor m adaniyatining qamishli 
bosqichi deb ko'rsatadi.
Suvyorgan madaniyati sopol idishlari ustida 
qizil rang izlari 
saqlanganligi bilan ajraladi. Tadqiqot jarayonida suvyorganliklar 
dastlab doira shaklidagi yarim ertoMalarda yashaganlar, keyinchalik esa 
u to ‘g ‘ri to'rtburchak shaklida bo‘lgan.
Miloddan avv. II ming yillikning ikkinchi yarm iga kelib, bu 
madaniyatni yaratgan urug‘-jam oalar tozabog'yobliklar bilan aralashib 
ketadilar.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling