N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115
T ozabog‘yob madaniyati 1938 yilda Am udaryoning quyi havza- 
sidagi Oqchadaryo o ‘zani bo ‘yidagi Tozabog‘yob kanali bo‘yidan
S.P.Tolstov tomonidan topilgan.
Tozabog'yob madaniyati qadimgi Xorazm hududida miloddan 
avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarm ida (m il.avv. XV asr) 
shakllangan. Bu m adaniyat aholisi erto‘la va chaylalarda yashab, 
chorvachilik va qisman, qo ‘ltiq dehqonchiligi bilan shug‘ullanganlar. 
Tozabog‘yob kulbalari yarim ertoMa shaklida qurilib, ulam ing o ‘rtacha 
maydoni 12-18 kv.m ga teng. Kulba markazida o ‘choq boMgan. Kulba 
bir oila uchun moMjallangan. Lekin kulbalar orasida maydoni 100-120 
kv.m.ga teng boMgani ham uchraydi, ular bir urug‘ jam oa uchun 
moMjallangan.
Sopol idishlar qoMda yasalgan q o ‘pol, m o‘rt boMib, xurmacha, 
bankasim on idishlar va yarim doira shaklidagi kosalardan iboratdir. 
Sopol buyumlar geometrik naqsh bilan bezatilgan. Arxeologlar ularni 
tahlil qilib QozogMston va janubiy Sibir hududlarida tarqalgan 
Andronova madaniyatiga aynan o ‘xshashini aniqlaganlar. Tozabog‘yob 
madaniyati moddiy buyumlariga o ‘xshash buyum lar quyi Zarafshon
quyi Qashqadaryo, Toshkent vohasining adirli zonalarida, F arg‘ona 
vodiysida topilgan.
Tozabog‘yob madaniyatining shakllanishida Y og‘ochband (srub) va 
A ndronova madaniyatlarining ta’siri katta boMgan. Lekin Tozabog‘yob 
m adaniyatining xo‘jalik va madaniy hayotining o ‘ziga xos xususiyatlari 
bor. Tozabog‘yob qabilalarida dehqonchilik ancha rivojlangan. Mil.avv.
II 
m ing yillikning ikkinchi yarmiga oid 
irrigaciya 
inshootlari 
B.V.Andrianov tomonidan yaxshi o'rganilgan.
T ozabog'yob madaniyatiga oid qabriston K o ‘kcha 3 qabristoni 
boMib, u 1954 yilda qadimgi 
Xorazm hududidagi Sulton Uvays 
tizm alarining sharqiy chekkasidan topib o ‘rganildi. U erdan 100 dan 
ortiq qabr topilgan va boy arxeologik material olingan. Qabrlardan har 
xil darajada saqlangan 43 ta odam skeleti topildi. M ozorlarda bittadan,
74


ba’zi xollarda bir vaqtda va har xil vaqtda k o ‘milgan ikkitadan skelet 
topildi. Ayollar bilan bolalami ko'm ish, erkak va ayolni bir qabrga 
ko ‘mish xollari ham uchraydi. M arhumlar oyoq-qoMlari buklangan 
holda o ‘ng yoki chap biqini bilan ko‘milgan. H ar bir mozorda bir yoki 
bir nechta sopol idishlar, erkaklar m ozorida bronza buyumlar, 
ayollam ikida esa bronza taqinchoqlar uchraydi.
Tozabog‘yob madaniyati odamlarining antropologik tiplari ikki xil 
boMib, ularning birinchisi andronova qabilalari ga oid protoevropoid tipi 
bo'lsa, ikkinchisi 0 ‘rta Osiyoning qadimgi aholisi sharqiy 0 ‘rta Er 
dengizi tipini beradi. Shuningdek, odam lar orasida Sharqiy Evropaning 
Y og‘ochband madaniyati tiplari ham uchraydi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling