N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
E rqo‘rg‘on - S ug‘dning m adaniy-iqtisodiy m arkazlaridan biri 
hisoblanadi. 
Uning 
maydoni 
150ga 
teng. 
M anzilgohning quyi 
qatlam idan 
m il.avv.V1II-VII 
asrlarga 
oid 
u y-jo y 
va 
xo‘jalik
im oratlarining o ‘rni aniqlangan. Mil.avv. VI asrda uning ichki tomoni 
kengaytirilib, m udofaa devori bilan o ‘rab olinadi. 
Ichki tom onida 
hashamatli m a’muriy binolar barpo etiladi, lekin ark izlari topilm agan.
Uzunqir - yodgorligi Qashqadaryo viloyatining Kitob tum anida 
joylashgan. U mil.avv. VIII-VII asrlarda kichik manzilgoh sifatida 
shakllanib, mil.avv.VII-VI asrlarda 70 ga maydonni egallagan vohaning 
m a’muriy markaziga aylangan. T o‘g ‘ri burchakli burj, shinaklarga ega 
boMgan m ustahkam mudofaa devoriga ega boMgan. Hozirgi paytda 
m udofaa devorining bir qismi saqlanib qolgan. M udofaa devorining 
qalinligi 1,85 metr boMib, pastki qismi guvaladan, yuqori qismi esa 
paxsa va xom gMshtdan qurilgan.
Y odgorlik 1981 yilda ToshDU OMta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi 
xodimlari tom onidan o ‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida topilgan sopol 
idishlar, bronza va temirdan yasalgan mehnat va harbiy qurollar 
shaharda hunarmandchilik taraqqiy etganligi aniqladi. Shuningdek, 
dehqonchilik va bog‘dorchilik ham rivojlanganligini isbotladi. Mil.avv.
VII-VI asrlarda Navtaka deb atalgan viloyat markazi Uzunqir boMgan.
84


Mil.avv. III-II asrlarda viloyat markazi yangi shaharga, ya’ni hozirgi 
Kitob shahri o ‘rniga ko‘chadi. 
Uzunqir 0 ‘zbekiston hududidagi ilk 
shahar namunasi hisoblanadi.
Sug‘diyonaliklar sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bilan 
shug‘ullanganlar. Dehqonlar bug‘doy, arpa, javdar ekkanlar.
Qashqadaryo vohasida topilgan kulolchilik buyumlari ikki guruhga 
boMinadi. 1. Kulolchilik charxida ishlangan naqshsiz idishlar-kosa, 
tovoq, xumchalar. 2. QoMda yasalgan va geometrik naqshlar bilan 
bezatilgan idishlar. Ular asosan tog‘oldi hududlaridan topilgan.
Sangirtepa yodgorliklari Qashqadaryo o ‘rta oqimidagi Sho‘rob 
daryosi bo‘yida joylashgan. Sangirtepaning umumiy maydoni 3 
gektardan iborat boMib, uning janubiy va g‘arbiy tomonlarida mudofaa 
devorlari boMgan. Yodgorlikning ko‘p qismi keyingi davrlarda 
dehqonchilik qilish uchun tekislanib yuborilgan. Tadqiqotlar natijasida u 
erdan 6,85 metrga teng madaniy qatlam ochilib, 4 ta qurilish davri 
aniqlangan. Sangirtepaning ilk shakllangan davri m il.avv.IX-VIII asrlar 
hisoblanadi. 
f
Baqtriya va Sug‘diyona iqtisodiy va madaniy hayotining shaklla- 
nishida qadimgi sharq sivilizatsiyasining ta’siri kuchli boMgan. Shuning 
uchun ham 
bu oMkalarda so'nggi bronza va ilk temir davridanoq 
qadimgi shaharlar shakllanib, ilk davlatchilik vujudga kelgan.
Qadimgi Xorazmda esa, uning tabiiy geografik sharoitidan kelib 
chiqib, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik madaniyatini 
yaratadilar. Bu fanda Amirobod madaniyati deb nomlanadi. Keyinchalik 
mil.avv. 1 ming yillikning o ‘rtalarida dehqonchilik vohalarining qal’a -
shaharlari tarkib topadi (K o‘zaliqir, Q al’aliqir, Dingilji).

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling