N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115
Chust madaniyati qadimgi Farg'onadagi ilk dehqonchilik mada­
niyati yodgorligi hisoblanadi. Bu madaniyatni yaratgan aholi dastlab 
chorvachilik bilan shug‘ullangan, keyinchalik esa oMroq hayot tarziga 
o ‘tishgan. Ularning ilk qishlogM 1951 yilda M.E.Voronec tomonidan 
Chust shahri yaqinidagi Buvanam ozor 
deb atalgan buloq yonidan 
topilgan. Arxeologlar bu yodgorlikka shartli ravishda Chust madaniyati 
nomini berganlar, chunki u yodgorlikka yaqin yirik aholi punki Chust 
shahri boMgan.
Chust madaniyati so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid boMib, u 
mil.avv. II ming yillikning oxiri va I ming yillikning birinchi choragida 
shakllangan. Olimlar olib borilgan tadqiqotlar natijasida uning rivoj- 
lanish davrini 2 davrga boMib ko‘rsatadilar.
1. So‘nggi bronza davri boMib, mil.avv. II ming yillikning oxiri va
I ming yillikning birinchi choragidan to mil.avv. VIII asrgacha davom 
qilgan.
87


2. Ilk tem ir davri bo‘lib, mil.avv. VIII—VII asrlami o ‘z ichiga oladi.
Bugungi kungacha Farg‘ona vodiysidan Chust m adaniyatga oid 80 
dan ortiq yodgorlik topilgan. Shuningdek, uning izlari Namangan
Andijon, Samarqand va Qashqadaryo hududlaridan ham topilgan. 
H ozirgacha ularning lOdan ortiq yodgorliklarida arxeologik qazishm alar 
o ‘tkazilgan.
Chust madaniyatiga oid yodgorliklar tog‘ oldi soy etaklarida, 
ularning o ‘rta oqimida, vohaning tekis tum anlarida uchraydi. Qoradaryo 
havzasi va uning irmoqlari bo'ylab esa, Chust madaniyatiga oid 
qishloqlar uchraydi.
Chustda M .E.Voronecdan keyin V.I.Sprishevskiy, B.Matboboev, 
Yu.A.Zadneprovskiylar tadqiqot ishlarini olib bordilar. Q azishm alar 
Dalvarzintepa, Q oraqo‘rg‘on, T o‘raqo‘rg‘on, Tergovchi, Yaztepa, 
G o‘rmiron, G ‘a.yrattepa, Chimboy, Ashkaltepa kabi yodgorliklarda olib 
borildi. Ularda m adaniy qatlam 1,5— 3 m etrgacha qalinlikda saqlanib 
qolgan, bu ham chust madaniyati axolisining o ‘troq hayot kechirgan- 
ligidan dalolat beradi.
Chust madaniyatining ikkinchi davrida ilk shaharlar vujudga kela 
boshlagan. So‘nggi bronza davri shakllangan yirik qishloqlarida 
m udofaa devorlari barpo etiladi. Shaharlar ikki qismdan iborat bo‘lib, 
ark va shaxriston ham mudoffa devori bilan o ‘ralgan. M udofaa devori 
qoldiqlari Chust qishlog‘ida va Ashkaltepadan topilgan. Chustda xom 
g ‘ishtdan ishlangan devorning qalinligi 3 metr, uning balandligi 3,5 
m etrga teng.
Chust madaniyati yodgorliklarini qazish jarayonida ularning quyi 
qatlam idan doira shaklida qurilgan k o ‘plab o ‘ralar topilgan. Masalan. 
Chust makonida 60 ta, Chim boyda esa 16ta shunday o ‘ralar ochilgan. 
Bu o ‘ralarning qanday maqsadda qurilganligi to ‘g‘risida har xil fikrlar 
mavjud. B a’zilari kulba desa, b a’zilari uni g ‘alla o ‘ralari deb talqin 
qiladi. Akadem ik A.Asqarov ham uni g ‘alla o ‘rasi deb hisoblab, 
ularning maydoni kulba uchun juda noqulay ekanligini ta ’kidlaydi.
Chust madaniyati 
oid qabriston 
hali 
topilgani y o ‘q. 
Lekin 
m akonlardagi uylarni qazish vaqtida bir necha tartibsiz qo‘milgan 
m ozorlar topilgan. Ularda odam lar yoni bilan g'ujanak holatida 
qo ‘yilgan. M ozorlarda sklet atrofida sopol buyum lar yoki taqinchoqlar 
uchramaydi. Faqat Chust m akonida bir mozordagina skelet bosh suyagi 
yonidan bitta gulli sopol kosa topilgan. B a’zi yodgorliklarda yosh 
bolalar sopol idishlarga solib ko‘milgan. Lekin chust madaniyati 
yodgorliklarida dafn m arosimi bilan bogMiq boMgan aniq bir tartib


kuzatilmaydi. Chunki ba’zi hollarda odam suyaklari xo‘jalik o‘ralarida 
va ko‘p xollarda esa, bir chuqurchada o ‘ntalab odam boshi suyaklari 
topilgan. Bu masala hozirgacha o ‘z echimini topgan emas.
Chust madaniyatida metall hunarmandchilikgi yaxshi rivojlangan. 
Masalan, Chust makonidan 80dan ortiq, Dalvarzintepadan 60dan ortiq 
metall predmetlar topilgan. Shuningdek, u erlardan tosh qoliplar ham 
topilgan bo‘lib, ularda oyna, o ‘roq, pichoq va bigizlar quyilgan. Chust 
madaniyati yodgorliklarining yuqori qatlamidan bronza buyumlar bilan 
birga temirdan ishlangan pichoq ham topilgan. Yodgorliklarda tem ir 
shlaklari ko‘plab uchraydi.
Chust madaniyati yodgorliklarida tosh va suyakdan yasalgan mehnat 
qurollari topilgan. Masalan, Dalvarzintepadan 1500 ga yaqin tosh 
qurollari topilgan. Ular orasida qum -toshdan yasalgan o ‘roqsimon 
pichoqlar alohida diqqatga sazovordir. Ulaming 400ga yaqini topilgan.
Suyakdan taroq, moki, bigiz, urchuq va boshqa buyumlar ishlangan. 
Urchuq toshlari, moki va suyak taroqlaming topilishi aholining 
to‘qimachilik bilan ham shug‘ullanganligidan darak beradi. Suyakdan 
yasalgan buyumlar orasida qo‘y va echki oshiqlari nihoyatda ko‘p. 
Ularga tegishli chuqurchalar yasab, chuqurchalarga bronza quyilgan. 
Oshiqlam ing deyarli ko‘pchiligi juda silliq, ustki qismi to ‘q qizil tusda 
va ularga pardoz berilganligini tufayli tovlanib turibdi. Tadqiqotchilar 
fikricha, bular bilan chust aholisi qimor o ‘yinini o ‘ynagan.
Chust aholisi kulolchilik idishlarini qoMda yasaganlar, ular hali 
charxni bilishmagan. Ulam ing xo‘jaligining asosini sun’iy sug'orishga 
asoslangan dehqonchilik tashkil qilgan. Dehqonlar bug‘doy, tariq, arpa 
ekkanlar. Ikkinchi o 'rinda xonaki chorvachilik turgan. X o‘jalikda ot, 
qoramol boqqanlar. Dehqonlar g ‘allalarini o'ralarda saqlaganlar. Har bir 
o ‘rada 200 kgdan to 2 tonnagacha g ‘alla saqlash mumkin boMgan. Emi 
haydashda va ekinlam i yanchishda hayvon kuchidan foydalanishgan. 
Bu haqda Q irg‘iziston hududida joylashgan Soymalitosh qoya toshlari 
darak beradi. Uning suratlari Chust madaniyatiga oid bo‘lib, unda 
qo‘shga qo‘shilgan ho‘qizlam ing tasviri bor.
Chust madaniyatiga oid sopol parchalari Samarqand hududida 
joylashgan Afrosiyob yodgorligining quyi qatlamidan, janubiy Sug‘di- 
yonaning bosh shahri boMgan Erqo‘rg‘on shahri harobasining pastki 
qatlamidan, Shahrisabz hududida joylashgan ilk oMta asrlar davriga oid 
boMgan T o‘rtkultepa yodgorligining quyi qatlamidan va qadimgi 
Baqtriya hududidagi Kuchuktepa. Bo‘yrachi, Qizilcha, M aydatepa kabi 
yodgorliklardan topilgan. Lekin Chust madaniyati qadimgi Baqtriyada
89


keng rivojlana olmadi, chunki bu erda sharq civilizaciyasi ta’sirida 
rivojlangan dehqonchilik m adaniyati ulam i o ‘ziga singdirib yubordi. 
Shuningdek, bu erdagi Chust madaniyati izlari Farg‘ona va Sug‘diyo- 
nadagi madaniyatdan tubdan farq qilar edi. Bu erdagilar kulbalarda 
iste’kom at qilib, kulolchilik charxini o ‘zlashtirgan.
Chust madaniyati mil.avv. II ming yillikning oxiri va I ming 
yillikning birinchi choragida F arg‘ona vodiysida qadimgi dehqonchilik 
madaniyati tarkib topganligini ko‘rsatadi. Bu m adaniyat aholisi 0 ‘rta 
Osiyoning tub erli axolisi bo‘lib, ular jism oniy tuzilishi va antropologik 
tip jihatdan Evropa tipiga m ansub boMgan.
C hust madaniyatidan so‘ng qadimgi Farg‘onada ulam ing vorislari 
sifatida Elatan madaniyati shakllandi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling