N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115
K uchuktepa Qadimgi Baqtriya hududida so‘nggi bronza davriga oid 
yodgorlik hisoblanadi. U Surxandaryo hududidagi Ulanbuloqsoy 
sohilida joylashgan. Yodgorlikni 1962 yilda L.I.Albaum tom onidan 
topilgan va 1963-1967 yillar davomida tadqiqot ishlari olib borilgan. 
Bu tadqiqotlar natijasida uning 2 ta rivojlanish bosqichi ko‘rsatilgan. 
Keyingi 
yillarda 
Baktriya 
arxeologik 
otryadining 
olib 
borgan 
tadqiqotlari natijasida yodgorlik sanasi ancha aniqliklar kiritildi va 4 ta 
qurilish bosqichi aniqlandi:
Kuchuk I 
-m ilo d d a n avvalgi 1300-1000 yillar;
Kuchuk II 
-m ilo d d a n avvalgi 1000-850 yillar;
Kuchuk III 
- miloddan avvalgi 850-650 yillar;
Kuchuk IV 
- miloddan avvalgi 650-450 yillar;
Ilk antik davrga o'tish —mil. av. 450-350 yillar;
82


Kuchuktepada 8 metr qalinlikdagi g ‘isht supa ustiga qurilgan atrofi 
m udofaa devorlar bilan o'ralgan qasr ochildi. Uning quyi uch qatlami 
so‘nggi bronza davri oid. Bu qatlamlardan qo‘lda ishlangan rangli 
naqshli sopollar va Sopolli madaniyatiga oid charxda ishlangan sopol 
idishlar topildi. Toshdan, terrakotadan ishlangan urchuqlar, suyakdan 
ishlangan igna, bigiz, uchburchak shaklidagi bronza o ‘q uchlari 
topilgan.
Kuchuk II qatlamidan birinchi bor ikki parrakli asosi zo‘g ‘atasimon 
qilib ishlangan bronza paykonlar topilgan. Bu davrda kulolchilik 
charxida ishlangan sopol idishlaming yangi formalari paydo boMgan. 
Ular bankasimon, cilindr-konus shaklida bo‘lib, gardishi qarmoqsimon 
qilib ishlangan. Bunday sopol xillari so'nggi bronza yodgorliklarida 
umuman uchramaydi. Shu sabab Kuchuk II qatlamini olim lar so‘nggi 
bronza davridan ilk temir davriga o‘tish davri deb hisoblaydilar. 
1977 yilda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Kuchuk II qurilish bosqi- 
chidan 4 qator mudofaa devori bilan o ‘ralganligi aniqlangan. Bu devor 
bronza davridagi devorlardan 2 metr uzoqlikda qurilgan. 4-dev or 4,5 
m etr qalinlikdagi madaniy qatlam ustiga qurilgan. 3-devor esa aylana 
shakldagi burjlar bilan mustahkamlangan. Kuchuktepaning yuqori 
qatlamlari, y a’ni Kuchuk III va IV qurilish bosqichlari ilk tem ir davriga 
oidir. Bu davrlarda sopol idishlari faqat kulolchilik charxida ishlangan.
Bronza davri Kuchuktepa arxeologik kompleksi Bandixon qishlo- 
g‘idagi Maydatepadan ham topilgan. Bu yodgorlikda E.V.Rtveladze 
tadqiqot ishlari olib borib, Kuchuk I va Kuchuk II komplekslari 
M aydatepada 
mavjudligini isbotladi. 
Kuchuk I 
va Kuchuk II 
komplekslariga tegishli yodgorliklar Jarqo‘tonning yuqori qatlamidan, 
Sho‘rchi tumanidagi Qiziltepa, Bo‘yrachitepa, Mirshodi yodgor­
liklaridan ham topilgan.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling