N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115
Yunusobod Oqtepasi V-XIII asrlarga oid arxeologik yodgorlik 
boMib, Toshkentning shimoli-sharqiy qism ida Oqtepa kanali bo‘yida 
joylashgan.
Uni dastlab 1886 yilda V.P.Nalivkin qayd qilgan. 1940-41 yillarda
A.I.Terenojkin qisman qazishm alar olib borgan. 
1975-85 yillar 
davom ida Toshkent arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o ‘rganilgan. 
O qtepa 100 
ga
dan iborat ark va qishloqdan iborat. Ark qishloqdan 
chuqur jarlik bilan ajratilgan. Ark xom gMsht va paxsadan qurilgan. 
Unda 3 qurilish bosqichi aniqlangan:
1-bosqich V-VI asrlar boMib, bu davrda ark bunyod etilgan. Uning 
tarxi kvadrat (80x80m ) boMib, perimetri bo ‘ylab ikki (ustki va pastki) 
qator tuynuksiz gum bazli yoMaklari boMgan.
122


2-bosqich VII asr boshlarida 
tor xonalar tuproq bilan k o ‘mib 
tashlanib, mustahkam tagkursi qilinib, ustiga binolar qurilgan.
3-bosqich VII asr oxiri -VIII asr boshlarida 3 qismga boMingan ark 
qurilgan. Bular minoradagi turar joy, diniy marosimlar o ‘tkaziladigan 
va yordamchi xo‘jalik xonalariga boMgan. Bu esa arkning shaham ing 
m a’muriy, diniy va mudofaa markazi boMganligini ko‘rsatadi. T urar jo y
qismining devorlari rasm lar bilan bezatilgan. Diniy m arosim lar 
o'tkaziladigan xonada sajdagoh boMgan. U erdan metalldan ishlagan 
mehnat qurollari, qurol-aslahalar, shisha, sopol buyumlar, bezaklar
o ‘yinchoqlar, tangalar topilgan. Q al’ada mudofoa devori boMmagan.
Q al’a arab qo‘shinlari tomonidan vayron qilingan. IX-XII asrlarda 
qishloq boMib qayta tiklangan. XIII asr boshlarida inqrozga uchragan.
Ilk o‘rta asrlarda 0 ‘rta Osiyoda to ‘qimachilik rivojlangan. A yniqsa, 
ipak mahsulotlariga talab katta boMgan. Ipakchilik So‘g‘diyona va 
Farg‘ona vodiysida ham keng yoyilgan. VI-VII asrlarda B uxoroning 
«zandanachi» ipak m ahsulotlariga talab katta boMgan. Zandanachi ipak 
mahsulotlarining namunalari Afrosiyob ^ devoriy suratlarida saqlanib 
qolgan.
Ilk o‘rta asrlarda 
binolar 
devoriy suratlar va haykallari bilan 
bezatilgan. Qadimgi davrda binolar asosan haykallar bilan bezatilgan 
boMsa, ilk o ‘rta asrlarga ko‘proq 
devoriy suratlar bilan bezatilgan. 
Ulardan saroylar, dehqon qasrlari, zardushtiylik va buddaviylik 
ibodatxonalarining inter’erlarini bezashda keng qoMlanilgan.
Arxeologik tadqiqotlar davomida Bolaliktepa, Varaxsha, Afrosiyob, 
Panjikentdan devoriy suratlari topilgan. Bu suratlarda ilk oMta asrlardagi 
tarixiy voqealari, ajdodlarimizning urf-odatlari, axloq normalari, xulq- 
atvorlari mohirona aks ettirilgan. Masalan, Bolaliktepa (V-VI asrlar) 
devoriy suratlarida moviy osmon fonida bazm tasvirlangan. Unda 
shohona kiyimdagi erkak va ayollarning qoMlarida oltin va kumush 
qadahlarni koMarib turgan holatlari aks ettirilgan. Afrosiyob devoriy 
suratlarida Samarqand ixshidi Varxumanning taxtga kelishi munosabati 
bilan mamlakatlararo diplomatik munosabatlar, diniy va dunyoviy 
mavzulardagi syujetlar va o ‘sha davr madaniy hayoti aniq tasvirlangan.
1948 yilda arxeolog A.I.Terenojkin Afrosiyobning ilk oMta asrlarga 
oid qatlamlarini tekshirdi. Qazish ishlari natijasida VI asrga mansub 
Tolu Barzu yodgorligi, VIII asrga oid sopol idishlar, sosoniy tangalari 
topildi. 1958 yildan buyon Afrosiyobni o‘rganilish ishlari davom 
etmokda va hozirgacha turli davrlarga oid bir qancha yodgorliklar 
topildi.
123


Tadqiqotlar natijada IV-V asrlarda Sam arqandning tushkunlikka 
uchragan davri ekanligi aniqlandi. Uning rivojlanishi yangitdan VI asr­
dan boshlangan. Bu davrda ark yangi devor bilan o ‘rab olingan va 
uzunligi 1,5 km boMgan 4-devor qurilgan. Shahar janubga qarab 
kengaytirilib, uzunligi 3 km boMgan ichki devor qurilgan.
VII asrlarda Afrosiyobda maxsus saroy devori quriladi va shaham ing 
to ‘rtinchi tashqi devori butunlay qayta qurilgan. Saroy devorining ichida 
yirik inshootlar qurilgan. Shahar aholisi kasbiga ko‘ra m axallalarga 
boMingan.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling