N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
Shoxruxiya shahri 
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Sultan 
Segizbaev jam oa xo‘jaligi hududida Sirdaryoning o ‘ng qirg‘ogMda 
joylashgan.
(J dastlab 1876 yilda D.K.Zacepin va N. Pandusovlar tomonidan 
qayd qilingan. 
1934 yilda M.E. Masson, 
1970-1980 yillardan 
Yu.F.Buiyakov tomonidan keng arxeologik tadqiqot ishlari olib 
borilgan. Tadqiqot natijasida shaharda 3 ta shahriston borligi, ilk mada­
niy qatlamlari Qovunchi 1 va Qovunchi 2 davrlarida shakllanganligi 
aniqlangan.
Shoxruxiya mil.avv. Ill—II asrlarda vujudga kelgan boMib, XVIII 
asrlargacha shaharda hayot davom etgan. Umumiy maydoni 400 
ga. 
Shahar kvadrat shaklda qurilgan. Shahaming shimoli-g‘arbiy burchagida 
ark joylashgan. Uning 25 metri saqlanib qolgan. Shahaming eng 
rivojlangan davri X-XIII asr boshlariga to‘g‘ri kelgan. U yirik 
hunarmandchilik va savdo markazi boMib, savdo karvonlarining 
Sirdaiyodan kechib o‘tish faoliyatini nazorat qilib turganlar. XIII asrda 
m o ^ u l la r tomonidan vayron qilingan. 1392 yilda Amir Temur uni 
qayta tiklab. davlatning muhim 
mudofaa qal’aga aylantirgan. 
XVIII asrga kelib, uni Jung‘orlar vayron qilgan. Keyinchalik uning
121


shim oli-sharqiy qismida Qori Shamol Avliyo ziyoratgohi vujudga 
kelgan.
A rxeologik tadqiqotlar natijasida shahar hududidan X-XI asrlarga 
oid hunarm andchilik buyumlari, kulolchilik pechlari, shishasozlik, 
tem irchilik ustaxonalari topilgan.
C hilonzor Oqtepasi IV-XI asrlarga oid arxeologik yodgorlik bo‘lib, 
Toshkentning janubi 
g ‘arbiy 
qismida 
B o‘zsuv 
anhori 
b o ‘yida 
joylashgan. 1940 yilda A.I.Terenojkin qayd etgan. 1969-1971 yilllarda 
Toshkent arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o'rganilgan. Oqtepaning 
3ta qurilish davri aniqlangan:
1-davri IV-asrlarga tegishli boMib, bu davrda 4 minorali qasr 
qurilgan. Bino ichida 3ta xona bo‘lib, ular bir-biri bilan tor y o ‘lak orqali 
bog‘langan. Bino 2 qavatdan iborat boMgan. U otashparastlarning 
istehkomli ibodatxonasi boMib, m udofaa devorlari qalin, minora va 
shinaklar bilan m ustahkamlangan.
2-davri V-VI asrlarda dastlabki imorat atrofiga yangi xonalar, 
yordamchi x o ‘jalik xonalari va qo‘shimcha shinakli devor qurilgan.
3-davri VII-VIII asrlarda dastlabki imorat qoldiqlari tuproq bilan 
toMg‘azilib shibbalangan va 9 metrli tagkursi qilingan. U stiga tepasi 
ochiq to ‘rtburchak (38x27m) hovli ko‘rinishidagi bino qurilgan. Ochiq 
hovli sahnining to ‘rida to ‘rtburchak supa kursi joylashgan. Qazishmalar 
natijasida u erdan organik qoldiqlar, sopol buyumlar, yorg‘uchoqlar, 
tangalar topilgan.
A rablar istilosidan so‘ng Oqtepa zardushtiylar qabristoni vazifasini 
o ‘tagan, keyinchalik harobaga aylangan. X-XI asrlarga kelib, kichik bir 
qishloq boMib tiklangan.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling