N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
«Artefakt» - insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat
obyektlari sanaladi, ya’ni turli mehnat, ov va jangovor qurollar, sopol buyumlar, turli hunarmandchilik va zargarlik buyumlari, tangalar, uy-joy qoldiqlari, qal’a, qasr va qo‘rg‘onlarning harobalari, qadimiy dalalar, ariq va kanallaming izlari, m ozor-qo‘rg‘onlar va boshqalar. Moddiy madaniyat arxeologiya fanining asosiy tadqiqot obyekti bo‘lib, ulami izlab topish, yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy sistemalashtirish asosida tarixning umumiy jihatlarini tiklash arxeologlar oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Eng qadimgi davr moddiy madaniyat buyumlarini tadqiq qilish jarayonida arxeologlar etnografik ma’lumotlarga ham tayanadilar. Afrika, Amerika va Janubiy Osiyo hududlarida hozirgi davrda ibtidoiy qabilalar yashaydi. Ularning turmush tarzi bilan o ‘tmishdagi ibtidoiy qabilalaming yashash tarzi solishtirilib, tarixiy haqiqat aniqlanadi. Tarixda hech bir narsa, hodisa va voqea izsiz yo‘qolmaydi. Ular haqida yozma manbalarda saqlanmasligi mumkin, lekin moddiy madaniyatda albatta iz qoladi. Shularni topish, izlash va izohlash arxeologlar vazifasi sanaladi. Shu sababdan arxeologik tadqiqot ishlari hech qachon tugallanmaydi, chunki moddiy manbalarning aksariyati er ostida bo‘lib, ularni topish mushkul va nihoyatda ko‘p vaqt talab etadi. Bugungi kunda arxeologiya sohasi nihoyatda kengayib, murakkab- lashib bormoqda. Uning barcha sohalarini o‘rganib chiqishning o ‘zi murakkab. Shuning uchun arxeologlar ma’lum bir davr, ma’lum bir hudud yoki ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashadilar. Arxeologiyaning bir necha tarmoqlari mavjud: 1. Ibtidoiy dav r arxeologiyasi - yozuvlargacha bo‘lgan davr tadqiq qilinadi. Unda asosan mehnat qurollari va tabiiy muhitni o'rganish asosida ibtidoiy odamlarning butun bir yashagan davri qayta tiklanadi. 2.T arixiy d a v r arxeologiyasi - yozma manbalar bilan bog‘liq bo'lgan davrlar tadqiq qilinadi. Bunda topilmalar yozma manbalar bilan solishtiriladi. Yozma manbalarda qayd qilinmagan yoki biror bir sabab bilan bo‘rttirilib yozilgan tomonlarga aniqlik kiritiladi. 3. 0 ‘rta a srla r arxeologiyasi o ‘rta asrlar davrini o‘rganadi. 4. O lrta asrla rd a n keyingi d avr arxeologiyasi o‘rta asrlardan keyingi davrlardan to bugungi kungacha bo‘lgan davrlar arxeologiyasini o'rganadi. Arxeologiyaning quyidagi yo'nalishlari mavjud: Geoarxeologiya - tabiiy muhitni tuproq qatlami va tog‘ jinslar orqali o ‘rganadilar. Palinologiya - tabiiy muhitni o ‘simlik changlari orqali o ‘rganadilar. L a n d sh a ft arxeologiyasi - o ‘tm ishda insonlarning tabiatga qilgan ta ’sirini o ‘rganadi, ya’ni odamlarning xo ‘jalik faoliyatlarining, bog‘lar- ning, park, qurilgan binolarning tabiatga bo'lgan ta ’sirini tadqiq qiladilar; H a rb iy arxeologiya - jang bilan bogMiq jarayonlar, qurollar, mudofaa inshootlarini o‘rganadi; S an o at arxeologiyasi - texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘iiq obyektlarni va ular atrofida shakllangan manzilgohlarni o ‘rganadi; Suv ostidagi arxeologiya - Qora dengiz, 0 ‘rta er dengizi qirg'oq- larida joylashgan va keyinchaiik suv ostida qolgan shahar xarobalarini o'rganadi; C h o ‘k k an k em ala rn i o ‘rgan ish arxeologiyasi - cho‘kkan kemalarni topish orqali kemalar qanday qurilganligini, mamalakatlar o ‘rtasidagi aloqalarni va mamlakatlarning iqtisodiy madaniy rivojlanish darajasini aniqlaydilar; f Shuningdek, arxeologiyaning arxebotanika, arxeozoologiya, etno- arxeologiya, eksperimental arxeologiya, astroarxeologiya va boshqa tarmoqlari ham mavjud. Arxeologiya fani murakkab bo‘lishi bilan bir qatorda, nihoyatda qiziqarli fan ham hisoblanadi. Er ostida yashirinib yotgan moddiy buyumni topish, qayta tiklash va uni «gapirtirish» arxeologdan o'ziga xos mahoratni talab qiladi. Bu mahorat esa, yillar davomida shakllanib, rivojlanib, yuksak malaka va tajribaga aylanadi. Umuman olganda, arxeologiyada tarixni tiklash ko‘p vaqt, ilm, bilim va mahorat talab etsada, bu yo ‘lda izlanish olib borayotgan olimlari safi yildan yilga kengavib bormoqda. Ularning sa ’yi-harakatlari tufayli o ‘tm ishning ko‘plab nom a’lum tomonlari ochilib, kashfiyotlar qilinmoqda. Bu esa, insoniyatning qoMga kiritgan yutuqlarining samarasini k o ‘rsatmoqda. I BOB. ARXEO LOG IYA FANI, UNING VAZIFALARI VA 0 ‘RG AN ILISH BOSQICHLARI l-§. Arxeologiyaning tadqiqot m anbai va uning vazifalari Kishilik jamiyatining vujudga kelish jarayoni uzoq o‘tmishga borib taqaladi. 0 ‘z navbatida o‘tmishni o‘rganish - liar bir davrning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Arxeologiya fani ham tarixning tarkibiy qismi bo‘lib, gumanitar fanlar orasida alohida o‘rin tutadi. «Arxeologiya» - so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib - «arxayos»- qadimgi, «logos»-fan so‘zlaridan tarkib topgan. Qadimiyat haqidagi fandir (Qadimshunoslik). Uni dastlab, miloddan avvalgi IV asrda Aflotun «Gippiy» dialogida, qadimgi zamon haqidagi fanni nazarda tutib ishlatgan. Shu tariqa bu so‘z qadimgi Yunonistonda qoMlanil- gan va o‘tmish masalalari muhokamasi ma’nosini anglatgan. Vaqt o‘tgach, uning m a’no doirasi ancha o‘zgarib, kengayib borgan va tarix fanining muhim tannoqlaridan biriga aylangan. Arxeologiya - moddiy madaniyat manbalari asosida insoniyatning o ‘tmishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Arxeologik manbalar tarixiy manbalarga nisbatan ancha qadimiydir. Uning ilk davri 2,5-3 million yilga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati tarixini 24 soat deb faraz qilsak, uning 23 soat-u 56 daqiqasi yozma manbalarsiz davrga, 4 daqiqasi yozma tarixga to‘g ‘ri keladi. Demak, kishilik tarixining juda katta davrini o‘rganish arxeologik manbalarga tayanib olib boriladi. Arxeologik m an b alar arxeologik yodgorliklardir, ya’ni inson tomonidan yaratilgan turar-joy qoldiqlari, odamlar yashagan g‘or va ungirlar, mehnat qurollari, sopol idishlari, san’at obidalari, qoyatosh rasmlari, shuningdek, moddiy materialga bitilgan yozma manbalar ham kiradi. Arxeologlar kishilik madaniyati tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarga tayanib ish ko‘radilar. Arxeologiyada qadimgi buyumlarni o‘rganish birdan bir maqsad qilib olinmaydi, topilmalarni tilga kiritish va o‘sha zamon nafasini tiklash arxeologiyaning asosiy maqsadidir. Shuning uchun topilmalar tarixiy tadqiqotlar uchun faqat manba sifatidagina ilmiy qimmatga 6 ega bo‘ladi. Buyumlarning yoshi, nimaga ishlatilgani, qanday uslubda yasalganini aniqlash tadqiqotning zarur tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling