N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Arxeologiya fani vazifalari
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlovchi savollar
- Yodda tuting!
Arxeologiya fani vazifalari. Qadimiy yodgorliklar xalqlaming
madaniyati, ma’naviyati, qadriyatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy dalillar hisoblanadi. Shu 0 ‘rinda tarixni arxeologik yodgorliklar misolida targ‘ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko'rsatish juda muhimdir. Shu bilan birga, mamlakatimiz hududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda, ulaming qalbida ko‘hna tarix va madaniyatga hurm at- ehtirom ruhini uyg‘otishda katta ahamiyatga egadir. Arxeologik yodgorliklar 0 ‘zbekiston madaniy hayotini o‘zida aks ettiruvchi juda muhim moddiy manba hisoblanadi. Bugungi kunda arxeologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri o‘tmishning yo‘qolib borayotgan izlarini izlab topish, moddiy ashyolar va tarixiy yodgorliklar yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy sistemalashtirish asosida haqqoniy tarixni tiklash, uning ochilmagan sahifalarini o ‘rganib, tarixdagi oq dog‘lami yo'qotishdir. 0 ‘zFA Arxeologiya institutining ma’lumotlariga ko‘ra, respubli- kamiz hududida I960 yilgacha 3 0 1 mingtaga yaqin arxeologik yodgorliklar boMgan. Ulaming buzilishi va emirilishi, ekin maydon- lariga qo‘shilib ketishi oqibatida 80— yillarga kelib, ulaming soni 9 mingtaga tushib qolgan va 90 - yillaming o‘rtalariga kelib, bu obidalaming soni bor-yo‘g‘i 5391 tani tashkil etgan. Keyingi yillarda tarixiy va arxeologik yodgorliklami saqlash va ta’mirlash bo‘yicha anchagina ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, arxeologik tadqiqot ishlarining ko‘larni ham kengaymoqda. Mavzuni mustahkamlovchi savollar: 1. Arxeologiya so‘zining ma’nosi nima? 2. Arxeologik manbalar qanday turlarga boMinadi? 3. Arxeologik yodgorliklar nima va ulaming qanday turlari bor? 4. Arxeologiya fani nimani o‘rganadi? 5. Arxeologik davrlashtirishning o'ziga xos tomonlarini tushuntiring? 6. Arxeologiya fanining asosiy vazifalari nimadan iborat? 7. Arxeologiya moddiy manbalami qanday o ‘rganadi? 8. Madaniy qatlam nima? Yodda tuting! • Arxeologiya— moddiy madaniyat manbalari asosida insoniyat- ning o‘tmishini o'rgatuvchi fan. • Arxeologik manbalar - insonlar tomonidan yaratilgan moddiy buyumlar. • Arxeologik yodgorliklar er ostida va er ustida boMib, ular ibtidoiy odamlar yashagan makonlar, qishloq, shahar harobalari, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, mozor-qo‘rg‘onlar, qabristonlar va qadimgi sug‘orish inshootlaridir. • Madaniy qatlam insonlarning xo'jalik faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlamidir. • Shurf - «qaziyman» degan ma’noni anglatadi. U orqali madaniy qatlam aniqlanadi, yodgorliklar haqida dastlabki ma’lumotlar olinadi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling