N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Arxeologiya fani vazifalari


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Arxeologiya fani vazifalari. Qadimiy yodgorliklar xalqlaming 
madaniyati, ma’naviyati, qadriyatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy 
dalillar hisoblanadi. Shu 
0
‘rinda tarixni arxeologik yodgorliklar misolida 
targ‘ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko'rsatish juda muhimdir. 
Shu bilan birga, mamlakatimiz hududida joylashgan arxeologik 
yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib 
tarbiyalashda, ulaming qalbida ko‘hna tarix va madaniyatga hurm at- 
ehtirom ruhini uyg‘otishda katta ahamiyatga egadir. Arxeologik 
yodgorliklar 0 ‘zbekiston madaniy hayotini o‘zida aks ettiruvchi juda 
muhim moddiy manba hisoblanadi.
Bugungi kunda arxeologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan 
biri o‘tmishning yo‘qolib borayotgan izlarini izlab topish, moddiy 
ashyolar va tarixiy yodgorliklar yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy 
sistemalashtirish asosida haqqoniy tarixni tiklash, uning ochilmagan 
sahifalarini o ‘rganib, tarixdagi oq dog‘lami yo'qotishdir.
0 ‘zFA Arxeologiya institutining ma’lumotlariga ko‘ra, respubli- 
kamiz hududida I960 yilgacha 3 0 1 mingtaga yaqin arxeologik 
yodgorliklar boMgan. Ulaming buzilishi va emirilishi, ekin maydon- 
lariga qo‘shilib ketishi oqibatida 80— yillarga kelib, ulaming soni 9 
mingtaga tushib qolgan va 90 - yillaming o‘rtalariga kelib, bu 
obidalaming soni bor-yo‘g‘i 5391 tani tashkil etgan.
Keyingi yillarda tarixiy va arxeologik yodgorliklami saqlash va 
ta’mirlash bo‘yicha anchagina ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 
arxeologik tadqiqot ishlarining ko‘larni ham kengaymoqda.
Mavzuni mustahkamlovchi savollar:
1. Arxeologiya so‘zining ma’nosi nima?
2. Arxeologik manbalar qanday turlarga boMinadi?
3. Arxeologik yodgorliklar nima va ulaming qanday turlari bor?
4. Arxeologiya fani nimani o‘rganadi?
5. Arxeologik davrlashtirishning o'ziga xos tomonlarini tushuntiring?
6. Arxeologiya fanining asosiy vazifalari nimadan iborat?
7. Arxeologiya moddiy manbalami qanday o ‘rganadi?
8. Madaniy qatlam nima?
Yodda tuting!
• 
Arxeologiya— moddiy madaniyat manbalari asosida insoniyat- 
ning o‘tmishini o'rgatuvchi fan.


• 
Arxeologik manbalar - insonlar tomonidan yaratilgan moddiy 
buyumlar.
• 
Arxeologik yodgorliklar er ostida va er ustida boMib, ular 
ibtidoiy odamlar yashagan makonlar, qishloq, shahar harobalari, 
qoyatosh 
rasmlari, 
istehkomlar, 
ibodatxonalar, mozor-qo‘rg‘onlar, 
qabristonlar va qadimgi sug‘orish inshootlaridir.
• 
Madaniy qatlam insonlarning xo'jalik faoliyati izlari saqlanib 
qolgan tuproq qatlamidir.
• 
Shurf - «qaziyman» degan ma’noni anglatadi. U orqali madaniy 
qatlam 
aniqlanadi, 
yodgorliklar 
haqida 
dastlabki 
ma’lumotlar 
olinadi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling