N. A. Egamberdieva
Download 11.72 Kb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-19468
o ‘xshash-kromanon
odami yashagan. Kromanon odami suyak qoldiqlari dastlab Fransiyaning Kromanon makonidan topilgani uchun shunday nom olgan. Olimlar bu davr odamini homo sapiens-aql-idrokli odam deb ham ataydilar. So'nggi paleolit davri yodgorliklari 0 ‘zbekiston hududida o‘rta paleolitga nisbatan kam topilgan. Bunga asosiy sabab, muzliklar eriy boshlagach, odamlar vodiy va daryo bo‘ylarida chayla, ertoMa va yarim ertoMalarda yashay boshlaganlar. Chayla va yarim ertoMalar vaqt oMishi bilan shamol, yomgMr, insonlar tomonidan erlarning o‘zlashtirilishi natijasida yo‘q boMib ketgan. ErtoMalami topish esa, qiyin. Shu sababli so‘nggi paleolit davri makonlarining ko‘pchiligi tasodifiy ravishda topilgan. So‘nggi paleolit davri odamlari xo‘jaligining asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bug‘u, yovvoyi ot, sirtlon, arhar, qulon, tuya kabi yirik hayvonlar ovlangan. Daraxt mevalari, don va ildiz mevali o‘simliklarni ham ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning ham dastlabki kurtaklari paydo boMgan. Tosh qurollari ishlash uslubi o'zgargan. Yorma texnika usuli ilk bosqichda keng qoMlanilgan boMsa, keyingi bosqichlarda retushlash usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko‘paytiribgina qolmay, ularning mayda, ya’ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib, kerakli shaklga keltirish tushuniladi. Bu usul juda murakkab boMib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. Retush- langan nukleuslar to‘g‘ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqa- lashgan. Tosh pichoqlar paydo bo‘lgan. Bu davrda eng muhim mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg‘ich boMgan. Tosh kesgich qattiq materiallami ishlashda foydalanilgan. Tosh qirgMch uzunchoq parrakcha boMib, bir uchi yoysimon tig1 boMgan, muste davridagi qirgMchdan ancha farq qilgan, undan yumshoq materiallami ishlashda foydalanganlar. Asosiy ov quroli chaqmoq- toshdan yasalgan nayza boMgan. Ajdodlarimiz yog‘och va hayvon suyaklaridan ham ko‘plab qurollar yasaganlar. Suyakdan garpunlar, nayzalar, nayza otqichlar, shuningdek, terini tikish uchun ignalar va bigizlar yasashgan. Suyakdan qurollar yasash yuqori paleolit davrining so‘ngi bosqichlarida ko‘paygan. Bu bosqich jahon arxeologiyasida Madlen bosqichi deb (20 ming— 13 ming yil oldin) ajratiladi. So‘nggi paleolit davrida qarindosh urug‘chilik munosabatlarining tartibga solinishi natijasida kishilaming jismoniy va aqliy rivoj- lanishida o‘zgarishlar yuz berdi. Insonlaming tashqi ko'rinishida o‘zgarish yuz berishi bilan birga ularning tabiiy -geografik sharoitga moslashishi natijasida irqlar vujudga keldi - evropoid, mongoloid, negroid. Evropoid irqi fanda kromanon odami nomini olgan. 0 ‘zbekistonning ham Samarqand makonidan kromanon odamning qoldiqlari topilgan. So‘nggi paleolit davrida yuz bergan muhim o‘zgarishlardan yana biri, bu san’atning kashf etilishidir. San’atning vujudga kelishi o‘sha davr odamlarining diniy qarashlari bilan bogMiq boMsa-da, ular qoldirgan ona haykalchalari va qoya tosh suratlari o‘sha davr ijtimoiy hayoti haqida bizga ko‘p m a’lumotlar beradi. 0 ‘rta Osiyoning ko‘pchilik joyidan qoyatosh suratlari topilgan. So‘nggi paleolit davriga oid yodgorliklar kam topilganiga qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlaming yaxshi saqlanishi yuqori paleolit davri taraqqiyotining o'ziga xos tomonlarini ochishga imkon berdi. Hozirgi kunda 0 ‘rta Osiyoda yuqori paleolit davriga oid 30 ortiq yodgorlik topib o‘rganilgan boMsa, shulardan 10 tasi 0 ‘zbe- kistondan topilgan. Ulardan Zarafshon vohasida topilgan Samarqand, Siyobcha, Xo'jamazgii makonlari yaxshi o‘rganilgan. KoMbuloq Bo‘zsuv, Takalisoy, Tuyabo‘g‘iz makonlaridan ham yuqori paleolit davri izlari topilgan. Download 11.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling