N. A. Egamberdieva
Arxeologik davrlashtirish
Download 11.72 Kb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-19468
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodda tuting!
- 4-§. Mezolit davri va uning bosqichlari.
Arxeologik davrlashtirish
(«blis-so‘rov» uslubi) G uruh bahosi Guruh xatosi To‘g‘- ri javob Yak ka xato Yakka baho Davrlar nomi Mezolit Ilk temir davri Bronza 0 ‘rta asrlar Neolit Eneolit Antik Ashel Arxaik Olduvay 6-5 to‘g‘ri javob "qoniqarli" 8-7 to‘g‘ri javob "yaxshi" 9-10 to‘g‘ri javob V lo " Yodda tuting! So‘nggi paleolit davrida ■ kromanon odam yashagan. ■ urug‘chilik va matriarxat tuzumi boshlangan. ■ diniy tasavvurlar, irqlar vujudga kelgan. ■ qoya tosh suratlari, haykaltaroshlik paydo boMgan. ■ M ehnat qurollarini ishlashda retushlash qoMlanilgan. ■ Pichoqlar paydo boMgan. ■ Suyakdan gaipun, igna, bigiz ishlaganlar. ■ 0 ‘rta Osiyoda 30dan ortiq joydan makonlar topilgan. 4-§. Mezolit davri va uning bosqichlari. Er yuzida muzliklaming chekinishi natijasida iqlim o‘zgaradi. Bu esa, o‘z navbatida ibtidoiy odamlarning turmush tarzida o'zgarishlarga olib keladi. Olimlar bu davming o ‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, uni o ‘rta tosh davri, ya’ni mezolit davri deb belgilaganiar. «Mezolit» so‘zi yunoncha «mezos»-o‘rta, «litos»-tosh so‘zlaridan kelib chiqqan boMib, miloddan avvalgi 12 ming yillikdan 7 ming yillikgacha davom etgan. Mezolit davrida iqlimning o ‘zgarishi bilan hayvonot dunyosi ham o‘zgaradi. Paleolit davridagi yirik hayvonlar yo‘qolib, ular o‘miga tez chopar va mayda hayvonlar: arhar, muflon, tog‘ echkisi, bug‘u, jayron, qulon, quyon, arslon, yo‘lbars, bars, qoplon va boshqa hayvonlar paydo boMdi. Ulami ilgaridagidek ovlash ibtidoiy odam uchun murakkablik tug‘dirdi. Natijada o‘q-yoy ixtiro qilindi. Bu mezolit davrining eng katta yutug'i edi. 0 ‘q yoyning kashf etilishi xo‘jalikda ovning ahamiyatini oshirdi. Endi ibtidoiy ovchilar uzoqdan turib o‘z oMjasini nishonga olish imkoniyatiga ega boMdilar va oziq-ovqatga bo‘lgan talabni qondira oldilar. 0 ‘simliklar dunyosida ham issiqtalab o‘simliklar salmog‘i oshdi. Daryolaming sersuv boMishi baliqchilikning vujudga kelishiga va dastlabki qayiqlaming paydo boMishiga olib keldi. Bu esa ibtidoiy odamning turmush tarzini o‘zgartirdi. Ibtidoiy ovchilar hayvonlar (asosan bug‘ular) izidan yurib, yangi- yangi erlami o‘zlashtirib bordilar. Shu sababli, mezolit davri odamlari keng hududlarga tarqalganlar. Mezolit davrida 0 ‘rta Osiyoning deyarli barcha hududlari yashash uchun qulay boMgan. Amudaryo bilan Sirdaryo oraliqlarida mezolit davriga oid yodgorliklar ko‘p uchraydi. Bu davr jamoasida diniy tasavvurlar ma’lum bir shaklga kirdi. Bu haqda mezolit davri mozorlari, qoyatosh rasmlari darak beradi. 0 ‘rta Osiyodagi mezolit davri yodgorliklaridan 3tasida - Qayla, Tutkaul, Machay makonlarida mozorlar topilgan. Ular mezolit davrining so‘ngi bosqichiga taalluqli. Qayla g'orida 2 mozor o‘rganilgan. Skeletlar chalqanchasiga yotqizilib, oyoqlari biroz bukilgan, ustiga oxra sepilgan. Yonlarida dengiz chig‘anoqlaridan yasalgan taqinchoqlar topilgan. Bosh suyagi ustiga ham mayda tosh munchoqlar tizib chiqilgan. Boshqa mozorlarda ham shu holat kuzatilgan. Bulami barchasi narigi dunyoga ishonishni bildiradi. Jahon arxeologiyasida mezolit davri 2 bosqichga: Azil va Tardenuazga boMinadi. (3-jadval) Ular Fransiyadan topilgan makonlar nomlari bilan atalgan. Azil davri tosh qurollarining asosiy xususiyatlaridan biri - m ikrolit qurollarning yasalishidir (yunoncha mikros-kichik). Ular asosan o‘q uchi vazifasini bajargan. Ularning ko‘pchiligi tol bargiga o‘xshash boMgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling