inson tomonidan anglab etilmaganligi, tabiat va jamiyatda sodir
bo’layotgan yaxshi va yomon voqea-hodisalar sabablari odamlar uchun
noma’lum bo’lganligi uchun ana shu sabablar ilohiyotdan qidirilgan,
shunga muvofiq keladigan mifologik obrazlar, rivoyatlar to’qilgan. Shu
tariqa ilohiyotning oliy obrazlari-xudolar to’g’risida, ma’budalar haqida
tasavvurlar paydo bo’lgan.
Politeizm, ya’ni grekchada poli-ko’p, teos-xudo - ko’p xudolik dini
quldorlik davrining klassik dini edi. Siyosiy hokimiyat, hukmron
tabaqalar, quldor zodagonlar, sarkarda-lar, podsholar siyosatiga va
ijtimoiy mavqeiga mos keladigan xudolar va ilohiy homiylar ham
to’qilgan. Natijada Osmon, Quyosh, yulduz, yorug’lik va zulmat, oy, yil
20
fasllari, suv, shamol, o’rmon, tog’, bo’ran, dengiz, Er osti, dehqonchilik,
uzumchilik, o’tloqlar, hayvon va o’simliklar, urush, adolat, omad, oila,
muhabbat, go’zallik xudolari, ma’budalari, bosh xudolar, yaxshilik,
yovuzlik xudolari kabi ko’pdan ko’p xudolarga sig’inish vujudga
kelgan.
Qadimgi greklar dini (xristian dinigacha bo’lgan davrlardagi)
politeizm - ko’p xudolikning klassik namunasi-dir. Osmon egasi, bosh
(pontion) xudo Zevs qadimgi greklaming oliy xudosi edi. Uning ukasi
Poseydon dengizlar xudosi edi, yana bir ukasi Aid er osti xudosi,
Zevsning rafiqasi (xotini) Gera er-xotinlikning homiysi edi. Ares - urush
xudosi, Afina - donolik ma’budasi, Apollon - Quyosh xudosi va san’at
homiysi, Artemida - Oy ma’budasi va ovchilik homiysi, Dionis -
uzumchilik, vinochilik va ayshu ishrat, hosil, dehqonchilik xudosi edi.
Grek xudolarining “hayot yo’lini” o’zlarining hayot yo’lidan kam farq
Do'stlaringiz bilan baham: |