N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet14/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Rentgenologik usul. Stomatologiyada ushbu usul keng qo‘llaniladi. Rentgenografiyaning tashqi, og‘iz ichi, panaram, ortopantomografiya, tomografiya usullari mavjud. Rentgenologik usul yordamida yashirin kariyes bo‘shliqlari (qoplama ostidagi, aproksimal yuzalardagi), ildizlar holati (ildiz uchining so‘rilishi, shakllanishi, yallig‘lanishi), ildizlar yo‘nalishi va ildiz kanallarining holati (o‘tuvchanligi, plombalanish darajasi), ildiz uchi to‘qimalarining holati (alveola o‘siq distruksiyasi), yumshoq to‘qimalardagi yot jinslar, o‘sma kasalliklari, tish-jag‘ sohasi jarohatlari aniqlanadi.
Ortopantomografiya. Ortopantomografiya usulida bitta plyonkada tasvir yoyilgan va kattalashtirilgan holatda aks ettiriladi. Bu esa tekshi- rilayotgan sohani boshqa sohalar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi.
Tomografiya. Tomografiya to‘qima va organlarning ma’lum qatla- mini rentgen tasvirini aks ettiradi. Rentgenografiyaning ushbu usuli tekshirilayotgan to‘qimani qatlamma-qatlam o‘rganish, tekshirish im- koniyatini beradi.
Elektroodontometriya. Elektroodontometriya usuli tish pulpasi va parodont to‘qimasining elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga asoslangan. Bu tekshirish usuli maxsus apparatlar (EOM-REOM-3, UVN-1) yordamida amalga oshiriladi. Sog‘lom tishlar 2-6 mkA da, chuqur kariyes 20-40 mkA da, pulpaning faqat toj qismida yallig‘- lanishi 60 mkA da og‘riqli reaksiya bilan javob beradi. EOD da og‘riqli reaksiya 100 mkA dan katta bo‘lsa, pulpaning toj va ildiz qisml ari nobud bo‘lganligidan, hamda periodont to‘qimasida patol ogik o‘zgarish bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Elektroodontometriya solishtirma tashxis o‘tkazish uchun tavsiya etiladi.
Termodiagnostika. Tishning termik ta’sirlardan ta’sirlanishi. Ta’- sirlovchi sifatida issiq yoki sovuq suvdan foydalaniladi. Tekshirishni o‘tkazishdan, avval, tishni izolyatsiya qilinadi, quritiladi va shpris yor­damida kariyes bo‘shlig‘iga issiq yoki sovuq suv yuboriladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling