Perkussiya (tukillatib korish). Perkussiya tekshiruv usuli periodont to‘qimasining holatini aniqlashga yordam beradi va u stomato- logik oynaning dastasi yordamida amalga oshiriladi. Perkuss iya ikki xil usulda aniqlanadi: gorizontal va vertikal. Gorizontal perkussiya yordamida marginal periodont to‘qimasi holati aniqlansa, vertikal per- kussiyada ildiz uchi periodonti holati aniqlanadi. Perkussiyani yengil, bir tekisda, avval sog‘lom tishdan boshlash lozim.
Vertikal perkussiyada tishlarning kesish yoki chaynash yuzalarida tukillatiladi. Gorizontal perkussiyada tishning yon yuzasidan tukil- latiladi. Perkussiyani doimo solishtirma tartibda o‘tkazish zarur. Bu- ning uchun tekshirilayotgan tish yonidagi va boshqa kvadratda joy- lashgan tish guruhi perkussiya qilinadi. Sog‘lom tishda perkussiya og‘riqsiz o‘tadi.
Palpatsiya (paypaslab ko‘rish). Palpatsiya tekshirish usuli yordamida infiltrat, o‘smalar, tishlarning qimirlash darajasi, limfa tugun- larining holati aniqlaniladi. Palpatsiya yuza yoki chuqur bo‘lishi hamda tashqi va og‘iz bo‘shlig‘ida o‘tkazilishi mumkin. Palpatsiyani mayinlik bilan, og‘riq reaksiyasini hosil qilmasdan olib borish kerak. Buning uchun, avval palpatsiyani bemorning sog‘lom tish tomonidan boshlab asta-sekinlik bilan kasallangan tomonga o‘tish lozim. Palpatsiyani, avval yuza, so‘ng chuqur amalga oshiriladi. Palpatsiya bar- moqlar yordamida bajariladi. Tishning qimirlash darajasini pinset yordamida aniqlanadi. Tishning quyidagi qimirlash darajalari belgi- langan:
daraja tishni vestibulyar va oral tomonga qimirlashi;
daraja tishni vestibulyar, oral va yon tishlar tomoniga qimirlashi;
daraja tishni o‘z o‘qi atrofida qimirlashi.
YORDAMCHI TEKSHIRISH USULLARI
Yordamchi tekshirish usullari maxsus apparatlar va moddalar yor- damida amalga oshiriladi va tashxisni aniq o‘rnatilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |