N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet9/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Infeksiya - lotincha «infektio» so‘zidan olingan bo‘lib ifloslanish, yuqish degan ma’noni anglatadi. Infeksiya kasallik tug‘diruvchi mikro- organizimlarning odam organizimiga kirishi natijasida organizm bilan ular o‘rtasida vujudga keladigan patologik jarayondir. Inson orga- nizmini kasallik va uning asoratlaridan himoya qilish kerak.
Aseptika - xirurgik infeksiyaga qarshi kurash usuli bo‘lib, unung asosi jarohatga infeksiya tushishining oldini olish hisoblanadi. Asep­tika quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • asbob-uskunalarni va bog‘lov materiallarini sterillash;

  • qo‘lga tibbiy ishlov berish;

  • muolaja vaqtida maxsus usullarni qo‘llash;

  • tibbiyot muassasalarida gigienik va tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

Tibbiyot xodimi yuqorida belgilangan prinsiplarga va antiseptikaga rioya qilishi kerak.
Sterillash deb, mikroblar va ularning sporalarini yo‘qotish usul- lariga aytiladi. Sterillashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: kuy- dirish, cho‘g‘lantirish, qaynatish, avtoklavlash, fizik va kimyoviy mod- dalar yordamida.
Antiseptika - jarohatdagi yoki organizmdagi mikroblarni yo‘qo- tishga qaratilgan chora tadbirlar kompleksidir. Antiseptikaning mexa- nik, fizikaviy, kimyoviy va biologik turlari mavjud. Mexanik usulda jarohatga birlamchi xirurgik tozalash beriladi. Ya’ni jarohat chetla- rini, tubini kesish va uni o‘lgan to‘qimalardan va yot jinslardan toza- lash hamda jarohatni antiseptik eritmalar bilan yuvishdan iborat. Fizikaviy usulning asosiy vazifasijarohatga fizikaviy usul bilan ta’sir ko‘rsatishdir. Masalan, jarohatni quritish, issiqlik va yorug‘lik muo- lajalarini o‘tkazish, jarohatga ultrabinafsha nurlarini ta’sir ettirish, kimyov iy usulda jarohatdagi mikroblar florasini har xil kimyoviy moddalar yordamida yo‘q qilishga qaratilgan.
Aseptika prinsiplariga amal qilmaslik bir bemorning infeksiya- sini shifokorning o‘ziga va ikkinchi bemorga yuqishiga olib keladi. Natijada virusli gepatit B va OITV - retrovirusini yuqtirish mum- kin. OITS - ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi virus qo‘zg‘a- tadigan fojiali yuqumli kasallik. OITS qo‘zg‘atuvchisi OITV - retro- virusi. Infeksiya manbayi bemorlar va virus tashib yuruvchilar. Virusl arning asosiy yuqumli materiallari sperma va qon hisoblanadi. Virus parenteral yo‘l bilan ham yuqadi. Ya’ni kasallik qon va qon mahsulotlarini quyish, jarrohlik operatsiyalar, stomatologik muolajalar, infeksiya yuqqan igna va asbob-uskunalarni qo‘llash oqibatida yuqa­di. OITV infeksiyasini profilaktika qilish uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, qon va uning komponentlarini quyishda OITSni yuqtirmaslik, barcha davolash-profilaktika muassasalarida bir martalik tibbiy va laboratoriya asboblaridan foydalanish, barcha bemor bilan to‘qnashadigan asbob-uskunalar sterillanishi lozim. Stomatologik as- boblar avtoklavlash (bosim va bug‘ bilan) usulida sterillanishi kerak.
Stomatologiyada sterillashning asosan quyidagi usullari qo‘llanila- di: qaynatish, bosim va bug‘ bilan, quriq issiqlik bilan va sovuq bilan.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling