N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet8/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Jarrohlik stomatologiya - yuz-jag‘ sohasida jarrohlik muolajalari- ni o‘tkazish, tish va ildizlarni olish operatsiyalari amalga oshiriladi;
Ortopedik stomatologiya - tish va tish qatori nuqsonlarini sun’iy tish protezlar yordamida tiklashni ta’minlaydi;
Bor mashina - tishlarni davolash uchun tish qattiq to‘qimalarini charxlash tadbirini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan apparat;

9-rasm. Endodontik asboblar:
1 - chuqurlik o‘lchagich; 2 - pulpekstraktor; 3 - burov; 4 - rashpil; 5 - drilbor;
6 - razvyortka; 7 - kanal to‘ldirgich; 8 - shtopfer.
Stomatologik oyna - dasta va oynadan tashkil topgan ishchi qi- simdan iborat asbob;
Stomatologik zond - ishchi qismi bigizga o‘hshash asbob bo‘lib, kariyes kovagi borligini, uning chuqurligini, og‘riqli nuqtalari borligini aniqlashda foydalaniladi;
Stomatologik pinset - ishchi qismi o‘tmas burchak ostida bukilgan asbob bo‘lib paxtali tamponlarni ushlab og‘iz bo‘shlig‘iga kiritishda, tishning qimirlash darajasini aniqlashda, endodontik asboblarni olishda foydalaniladi;
Shpatel - dasta va uzun yassi kuraklardan iborat bo‘lgan vaqtin- chalik va doimiy plombalarni qorish uchun foydalaniladigan asbob;
Silliqlagich - ishchi qismining bir tomoni kuraksimon bo‘lib ikkinchi tomoni plomba sathlarini tekislashga moslangan asbob;
Shtopfer - ishchi qismi silindrsimon yoki noksimon shaklga ega bo‘lib plomba ashyosini zichlash uchun ishlatiladigan asbob;
Endodontik asboblar - pulpa va periodont kasalliklarini davolash- da tishning ildiz kanallarida muolaja o‘tkazish uchun mo‘ljallangan asboblar.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Stomatologik poliklinika qanday tuzilishga ega?

  2. Stomatologik poliklinikalarda qanday yordam turlari amalga oshiriladi?

  3. Terapevtik stomatologiya bo‘limida qanday davo muolajalari o‘tkaziladi?

  4. Jarrohlik stomatologiya bo‘limida qanday davo muolajalari o‘tkaziladi?

  5. Ortopedik stomatologiya bo‘limida qanday davo muolajalari o‘tkaziladi?

  6. Stomatologik hona qanday sanitar me’yoriy talablariga javob berishi kerak?

  7. Stomatologik asboblar foydalanish sohasiga ko‘ra nechta guruhga bo‘linadi?

  8. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni tekshirish uchun qanday asboblardan foydalanadi?

  9. Borlar nima uchun ishlatiladi?

  10. Tishdagi toshlarni tozalash uchun qaysi asboblar ishlatiladi?

  11. Tish kovaklarini plombalashda qaysi asboblardan foydalaniladi?

  12. Qanday asboblarni endodontik asboblar deyiladi?

  1. BOB
    ASEPTIKA VA ANTISEPTIKA


Ko‘pgina stomatologik muolajalarda yuz terisining, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining, pulpa va parodont to‘qimalarining butunligi buzi- lishi kuzatiladi. Shuning uchun infeksiyaning rivojlanishi va tarqa- lishini oldini olish maqsadida aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling