N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Silliqlagich.
- Tayanch iboralar
Ekskavator. Ekskavator dasta va ishchi qismdan iborat. Ishchi qisml ari bukilgan bo‘lib har xil o‘lchamdagi qoshiqchalari bor. Ekska- vator yordamida kariyes bo‘shlig‘idan ovqat qoldiqlari, yumshagan dentin, vaqtinchalik plomba chiqariladi, hamda yumshoq va qattiq tish karashlarini tozalashda foydalaniladi.
guruh. Tish kovaklarini plombalashda foydalaniladigan as- boblar. Ushbu guruhga shpatel, silliqlagich, shtopfer kiradi. Shpatel. Shpatel dasta va uzun yassi kuraklardan iborat. Shpatel yordamida vaqtinchalik va doimiy plombalar qoriladi. Shpatelning me- talli va plastmassali turlaridan foydalaniladi. Silliqlagich. Silliqlagich ishchi qismining bir tomoni kuraksimon bo‘lib ikkinchi tomoni plomba sathlarini tekislashga moslangan. Silliq- lagich yordamida kerakli miqdorda plomba xomashyosi tish kovagiga kiritiladi va silliqlanadi. Silliqlagich turli o‘lchamda chiqariladi. Silliqlagich bir tomonlama va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Silliqla- gichni shtopfer bilan kombinatsiya qilingan turi ham mavjud. Shtopfer. Shtopferning ishchi qismi, silindrsimon yoki noksimon shaklga ega bo‘lib plomba ashyosini zichlash uchun ishlatiladi. guruh. Endodontik asboblar. Yuqorida bayon etilgan asboblar yordamida kariyes kovagidagina muolajalar o‘tkazish mumkin. Pulpa va periodont kasalliklarini davo- lashda tishning ildiz kanallarida muolaja o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bu- ning uchun maxsus endodontik asboblarning bir necha turi ishlatiladi. Endodontik asboblarga quyidagilar kiradi: pulpekstraktor, burov, rashpil, drilbor, razvyortka, kanal to‘ldirgich, shtopfer, kanal uzunligi- ni ulovchi igna, ildiz ignasi, fayller, rimmerlar, fleksofayllar va bosh- qalar (9-rasm). Tayanch iboralar: Terapevtik stomatologiya - tish, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shil- liq pardasi kasalliklari davolanadi; Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling