45
Monolit
va metall konstruksiyalar, konstruksiyani to‘rg‘unligini
ta’minlovchi maxsus ishlab chiqilgan buzish sxemasi asosida ajratiladi. Ajratish
bloklarini qismlarga ajratish armaturani ochishdan boshlanadi. Keyin blok
mahkamlanib armaturasi kesiladi, blok otboyka bolg‘asi yoki boshqa vosita va
mexanizmlar yordamida qismlarga ajratiladi. Metall elementlar bo‘shatilgandan
so‘ng kesiladi. Ajratiladigan temirbetonli blokni yoki metall elementni eng
katta massasi kranni eng katta qo‘lochidagi yuk ko‘taruvchanligini yarmisidan
oshmasligi kerak.
Bino
va inshootlarni, shuningdek, barcha g‘isht-toshlilarni buzish
ekskavatorga o‘rnatilgan osma jihoz – shar-bolg‘a, qoziq-baba, otboyka
bolg‘alar yordamida yiqitib bo‘ziladi. Binoni bo‘laklari
buldozer yordamida
chetga so‘riladi yoki transport vositasiga ortiladi. Binolarning vertikal qismlarini
bo‘laklari atrofga sochilmasligi uchun binoni ichkarisiga qarab bo‘ziladi. Ayrim
hollarda qulatish portlatish usuli bilan ham amalga oshiriladi.
Mavjud muhandislik tarmoqlarini
o‘zib qo‘yish yoki maydondan
ko‘chirish qurilish maydonini tayyorlashning eng muhim va majburiy
elementidir. Ayrim hollarda tayyorlanayotgan
qurilish maydonida na faqat
lokal(mahalliy) tarmoqlar, hatto magistral tarmoqlariga tegishli
elektrota’minot, suvquvurlari, fekal va yog‘in
kanalizatsiyasi, gazquvurlar,
issiqta’minot, telefonizatsiya va teleko‘rsatuv tarmoqlari joylashgan bo‘lishi
mumkin. Bu hollarda qurilish boshlangunga qadar yuqorida aytib o‘tilgan
tarmoqlar qurilish maydonidan tashqariga chiqarilib, magistral tarmoqlarni
o‘zluksiz ishlashini ta’minlash uchun qaytadan o‘rnatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: