109
bajariladi. Bu ishlarni xammasi tugagach bino karkasini montaj qilishga
kirishiladi.
Bu usul ishlarni parallel
bajarilishini tashkil
etishda
yuqori aniqlikni
talab qiladi, chunki uskunalar ostida turli xil ko‘p sonli yig‘ma va monolit
poydevorlarning mavjudligi, yerto‘lalarni borligi , pol sathi balandligining farqi,
ayrim hollarda oraliqlarda montaj mexanizmlarini nafaqat o‘rnatish
hatto
ko‘chish imkonini bermaydi. Ammo ochiq usulda keng front bo‘ylab ko‘p
hajmli yer ishlarini, bino konstruksiyalari va texnologik uskunalar osti
poydevorlarini
barpo etishni, barcha muhandislik kommunikatsiyalarini
o‘rnatishlarni bajarish mumkin.
Yopiq usulda dastlab binoning karkasi barpo etiladi,
yer ishlaridan
boshlab, karkas ostiga monolit va yig‘ma poydevorlarni barpo etilib, binoning
barcha yer usti konstruksiyalarini montaj qilinadi, tomyopma konstruksiyalari va
tomqoplamalarini barpo etish ishlari bajariladi. Yuqoridagi ishlar bajarilab
bo‘lingandan so‘ng, kotlovanni qazib, texnologik uskunalarning poydevorlarini
betonlash uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.
Bu usulda ishni tashkil etishda montaj mexanizmlarini ishlashi va bino
karkasini montaji uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi. Ammo qurilish
tashkilotlari o‘z ishlarini ikkita bosqichda olib borishiga to‘g‘ri keladi – avval
yer ishlari va binoni karkasi
ostiga poydevorlar barpo etish, so‘ngra xuddi
shunday ishlar texnologik uskunalar uchun amalga oshiriladi.