N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


Alohida ko‘rinishdagi texnik murakkab ishga IBL tarkibi va mazmuni


Download 359.27 Kb.
bet9/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1764339
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org (1)

1.5. Alohida ko‘rinishdagi texnik murakkab ishga IBL tarkibi va mazmuni 

Ko‘p hollarda ishlarni bajarish loyihasi bajarilishi juda murakkab


bo‘lgan montaj, pardozlash yoki maxsus ishlarga ishlab chiqiladi. Yig‘ma
konstruksiyalarni montaj qilish IBLning tarkibiga quyidagilar kiradi:
• ob’yekt bo‘yicha ishlarni bajarish kalendar grafigi (smenali, soatli),
ishchi kadrlar va mexanizmlarga bo‘lgan talab grafigi bilan birgalikda.
• ushbu ish turiga qurilish bosh plani, kerakli kranlarni joylashtirilishi,
ularning harakat yo‘llari, omborlar xo‘jaligini tashkil etish va maydon ichidagi
ruxsat etilgan harakat zonalari;
• ishlarni bajarish usullari va sxemalari, kerak bo‘lgan paytda ishlarni
bajarish texnologik xaritasi albatta bajariladigan va nazorat qilinadigan geodezik
ishlar;
• ishlarni bajarish loyihasi bo‘yicha texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
• IBLda qabul qilingan yechimlarga ko‘ra kerakli izohlar va asoslar
bilan tushuntirish xati.
Bino karkasi montajining ishlarini bajarish loyihasi asosiy qoidalarni
aniqlashdan boshlanadi (ishlarning umumiy konsepsiyasi), u o‘z ichiga montaj
usullari, kerakli montaj uskunalari va ishlarni bajarish muddatini oladi.
Ishlarni bajarishning bu asosiy qoidalari loyihaning buyurtmachisi
(qurilish yoki montaj tashkiloti) bilan kelishiladi. Bu kelishuvlar tavsiya etilgan
loyihadagi konstruksiyalarni ishchi chizmalariga asoslangan bo‘lishi kerak,
IBLda ularni o‘ziga xosligi va montaj qilish texnologiyasi taklif etilishi lozim.
Asosiy qoidalar montaj ishlarini har bir taklif etiladigan variantlariga ishlab
chiqiladi. Ishlarni bajarish usullarining variantlari nafaqat qo‘llaniladigan
montaj mexanizmlari, shuningdek, montaj ishlarining texnologiyasi bilan
farqlanishi kerak. Ma’qul variantni tanlash texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
solishtirish bilan amalga oshiriladi: har biri uchun mexanizatsiyalashtirish
variantini o‘ziga xosligi va qiymati, mehnat sarfi va ishlarni bajarish muddati.

16


Asosiy qoidalar tarkibida tushuntirish xati ish hajmlari bilan, har bir
variant uchun qurilish bosh plani fragmenti (qismi), ishlarni bajarish sxemalari
va yiriklashtirilgan grafik va texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘lishi kerak.
Ishlarni bajarish loyihasini tayyorlashni boshlash uchun, tavsiya etilgan montaj
variantlardan birini pudratchi, montaj tashkilotining rahbari yoki bosh pudratchi
(qurilishni olib boruvchi qurilish tashkiloti) tasdiqlagandan so‘ng kirishiladi
Ishlarni bajarish loyihasida konstruksiyalar montajini ketma-ketligi,
elementlarni aniq o‘rnatilishi va konstruksiyalarni fazoviy o‘zgarmasligi, bino
qismlarini barpo etish jarayonlarida turg‘unligi, konstruksiyalarni yiriklashtirish
darajasi va albatta ishlar bajarilishida xavfsizlikni ta’minlovchi tadbirlar
o‘rnatiladi.
Murakkab qurilish jarayonlariga yoki oddiy qurilish ishlariga
tuziladigan IBL tarkibidagi asosiy hujjat texnologik xarita bo‘lib, u o‘z ichiga
quyidagi bo‘limlarni oladi:
1. Qo‘llanilish sohasi, qurilish jarayonining tarkibi va maqsadi;
2. Moddiy-texnik resurslar va asosiy mexanizmlarni tanlash –
loyihalanayotgan ishlar hajmiga material, yarimfabrikatlar va konstruksiyalarga,
mexanizm, asbob, uskunalarga bo‘lgan ehtiyoj ma’lumotlari;
3. Mehnat sarfi va mashina vaqti sarfi kalkulyatsiyasi−ushbu
operatsiyalarni va ish hajmlarini bajarish uchun ketgan mehnat sarfining
ro‘yxati; 4. Ishlarni bajarish grafigi soat yoki smenada − jaryonlarni vaqt
bo‘yicha bog‘liqligi, ketma-ketligi va ularni bajarishning umumiy davomiyligi;
5. Kompleks jarayonni texnologiyasi va uni tashkil etish – bajariladigan
operatsiyalarning ro‘yxati va texnologik ketma-ketligi. Bu bo‘limda montaj
asboblarining va takelaj uskunalarining ishchi chizmalari; karkasning asosiy
konstruktiv elementlarini ildirish (stroplash) sxemalari; montaj so‘rilarini ,
to‘siqlarini (devor), o‘tish joylarini va narvonlarni joylashtirish o‘rinlari
berilishi kerak;

17


6. Sifatga bo‘lgan talablar. Operatsiyalar bo‘yicha nazorat. Ishni qabul
qilish – nazorat uchun qo‘llaniladigan pribor va asbob-uskunalar, bajariladigan
montaj ishlarini va montaj birikmalarini sifatini operatsion nazoratini amalga
oshiruvchi majburiy tadbirlar, ayrim jarayonlarni sifatini baholash;
7. Xavfsizlik texnikasi – qurilish jarayonlarini xavfsizligi va montaj
mexanizmlarini xavfsiz ishlashini tashkil etishni ta’minlovchi chora- tadbirlar;
8. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar – ish birligiga sarf bo‘lgan mehnat
sarfi, texnologik xarita bo‘yicha ishni bajarish muddati.

18



Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling