N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


Download 359.27 Kb.
bet11/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1764339
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org (1)

Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har
bir keyingi ishni oldingi ish to‘gagandan so‘ng boshlaydi. Demak, bino
qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining
yig‘indisidan iborat, ya’ni bu holatda ob’yektdagi ishlarni bajarish uchun kam
miqdordagi ishchilar yetarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni
har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so‘ng boshlansa, binolarni qurayotgan
yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga
o‘tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish
davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko‘paytmasiga teng
bo‘ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o‘zoq vaqt bir yerda
harakatda bo‘lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo‘ladi .
Parallel usulda bir paytning o‘zida alohida binoda turli ishlar bajariladi
yoki bir tipli binolar bir paytda barpo etiladi. Har bir ko‘rilayotgan ob’yektda
mustaqil ish yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal holatda brigadalar bir paytda
ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to‘gatadilar. Parallel usulda,
alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo
bu usulda bir paytda ishlaydigan ishchilarga bo‘lgan talab m martaga (shu
turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni) oshadi. Bir xil tipdagi binolar
kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson resurslarini jalb etish va
qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o‘xshash bo‘ladi.
Qurilishning oqim usuli o‘zida ketma-ket va parallel usullarining
yutuqlarini aks ettirib ularning kamchiliklarini bartaraf etadi. Bu usulda
qurilishni umumiy davomiyligi ketma-ket usuldagidan ancha kam, shuningdek,
ishchilardan foydalanish intensivligi parallel usuldagidan kamroq.
Ko‘rsatilgan qurilish usullarni beshta bir xil binolar qurilishi misolida
kerakli hisoblar va diagrammalar yordamida namoyish etamiz. Bir binoga sarf
bo‘ladigan mehnat xarajati q = 300 odam-kun, brigada n = 10 odam sonidan

20


iborat, binoni qurilish davomiyligi (bir qamrovdagi ishlar) t= 30 ish kuni, N ‒
ishchilar soniga bo‘lgan kundalik maksimal talab.
2.1-rasmda binolarni ketma-ketlik usulida barpo etishni kalendar grafigi
berilgan. Ishlarni bajarish davomiyligi T= mt = 5 • 30 = 150 kun. Inson
resurslari (ishchilarga bo‘lgan talab) p = N (har kuni 10 odam). Umumiy
mehnat sarfi Q = Tp = 150 • 10 = 1500 odam-kun. Binolarni parallel
usulda barpo etish 2.2-rasmda keltirilgan. Ishlarni umumiy bajarish davomiyligi
T = t =30 kun. Ishchilarga bo‘lgan talab N = mn = 5 • 10 = 50 odam (ishchi )
bir kunda. Umumiy mehnat sarfi o‘zgarmaydi Q = NT= 50 • 30 = 1500 odam-
kun.
Ishlarni oqim usulida bajarishning o‘ziga xos tomoni qurilish ishlari va
ularning kompleks (majmua)larini bosqichlarga yanada kichikroq tashkil
etuvchilarga bo‘lishdir.
Qamrovlar
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda
10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 110 120 130 140 150
1

2

3



4

5

2.1-rasm. Binolarni ketma-ket usulda barpo etishning kalendar grafigi


Qamrovlar

Ishlarning


davomiyligi
(vaqt),
kunlarda

10
20


30
1

2

3



4

5

2.2-rasm. Binolarni qamrovlarda parallel usulda barpo etishning kalendar grafigi.



21


Qamrovlar

Ishlarning davomiyligi (vaqt),


kunlarda

9
18


27
36
45
54
63
1

2

3



4

5

2.3-rasm. Binolarni qamrovlarda oqim usulida barpo etishning kalendar grafigi.



Bino qurilishini boshlagan hamma brigada a’zolarini kerakli qurilish
kasblarini mukammal o‘zlashtirgan, yer ishlaridan boshlab binoni pardozlash
ishlariga qadar barcha ishlarni sifatli bajaradi deb tasavvur qilish qiyin. Shu
boisdan, qurilish ishlarini ketma-ket bajariladigan uch siklga bo‘lish ma’quldir:
binoni yer osti qismini barpo etish − yer ishlari, poydevorlarni va yerto‘lani
qurish, gidroizolyatsiya va boshqa ishlarni bajarish; yer usti qismini barpo etish
– ichki devorlar bilan birgalikda binoni karkasi, pardevorlar, deraza va
eshiklarni o‘rnatishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish hamda maxsus ishlarni bajarish
va oxirgi sikl − binoning ichkari va tashqarisini pardozlash. Shartli ravishda
qabul qilgan holda, har bir sikldagi ishlarni bajarishda mustaqil,
ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali 10 odamdan iborat bo‘lgan brigada ishlaydi
va ular har bir binoda o‘zining ishini 9 kunda bajaradi. Ishlarni oqim usulida olib
borishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ixtisoslashtirilgan brigada bir
binoda o‘z siklini to‘gatib ikkinchi binoga o‘tadi va o‘z o‘rnini keyingi sikl
ishlarini bajaruvchi brigadaga bo‘shatib beradi (2.3-rasm). Shuningdek, ketma-
ket ravishda ikkinchi brigada birinchi ob’yektdan ikkinchi ob’yektga ( bir
qamrovdan ikkinchi qamrovga) ko‘chadi. SHunga o‘xshash uchinchi brigada
ishlaydi, agar sakllar soni ko‘p bo‘lsa , u holatda to‘rtinchi va hokazo. Bu yerda
ixtisoslashgan va tajribaga ega har bir brigada o‘zining ishini 10 kunda emas 9
kunda bajaradi.

22


Ishchilar
soni,
odam
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda

9
18


27
36
45
54
63
72
81
30

20


10

2.4-rasm. Ishlarni oqim usulida ishchi kuchi harakati grafigi.

Har bir vaqt intervalida ishlaydigan ishchilar soni 2.4-rasmda keltirilgan.
Ishlarni umumiy davomiyligi T= 63 kun. Umumiy mehnat sarfi
Q= 10*9*2 + 20*9*2 + 30*93 = 1350 odam-kun.
Ishlarning sikli
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda

9
18


27
36
45
54
63
Yer osti qismi

Yer usti qismi

Binoni pardozlash

2.5-rasm. Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo‘yicha kalendar grafigi.

Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo‘yicha kalendar grafigi
2.5- rasmda ko‘rsatilgan. Ishlarni bajarish usullarini solishtirish 2.1-jadvalda
keltirilgan. Brigadalarni ixtisoslashtirilishi oqim usulida maksimal darajada
mehnatni mexanizatsiyalashtirishga, tashkil etishni yaxshi ta’minlashga, yuqori
mehnat unumdorligiga erishishga imkon beradi. Muddatlarni qisqartirish bir
turli ishlarni ketma-ket va har turli ishlarni parallel bajarish hisobiga erishiladi.
2.1-jadval
Ishlarni bajarishning turli usullarini solishtirish
Usullar
Ishlarning
davomiyligi, kunlar
Ishchilarning
minimal soni
Kompleks brigadalar
soni
Umumiy mehnat
sarfi, odam-kun
Ketma-ket
150
10
1
1500
Parallel
30
50
5
1500
Oqim
63
30
3
(ixtisoslashtirilgan)
1350
Bino va inshootlar qurilishida oqim usuli asosiy usul bo‘lib, chunki uni
qo‘llaganda qurilish – montaj ishlarining uzluksizligi va bir maromda bajarilishi
ta’minlanadi.

23



Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling