N I z o m I y n o m I d a g I t o s h k e n t d a V l a t p e d a g o g I k a u n I v e r s I t e t I m a m a s o L i j u m a b o y e V

bet15/18
Sana18.10.2017
Hajmi
#18133
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
aynan awalgi o'yinqaroq Hoshimjon emas, balki 
to‘qqiz  yillik  maktabni  bitirib,  ulg‘ayib,  birm uncha  quyulib,  esi  kirib,  oq~ 
qorani  tanib  qolgan  yigitcha.  Endi  u  o ‘z  hayoti,  taqdiri,  jamiyatga  foyda 
yetkazadigan  odam bo‘Tib  yetishi haqida jiddiy o'ylaydi, biror kasb egallash 
haqida bosh qotiradi. Boshida sartarosh boladi. «Bilasizku, bir ishga ahd qilsam
uni oxiriga yetkazmaguncha qo‘ymaydigan odatim  bor. Jonimni qiynab bo ‘lsa 
ham maqsadimga erishaman», deb shu kasb orqali odamlarga xizmat qilishga 
bel  bog‘laydi.  Keyin  milisiya  maktabiga  kirib  o ‘qib,  uni  bitirgandan  so‘ng 
milisionerlikka ishga o ‘tadi. Kitobdagi barcha voqea-hodisalar, saiguzashtlar 
Hoshimjonning  ana shu  milisionerlik  nuqtasidan  boshlanadi,  ham m a  gap- 
so‘zlar qahramonning shu kasb-kori bilan bog‘liq holda davom etadi.
Romanda yaxshilik, ezgulik ramzi sifatida milisiya polkovnigi Salim jon, 
uning  madadkori  Hoshimjon,  yomonlik,  eskilik  ramzi  tarzida  Odil  b a tto l
www.ziyouz.com kutubxonasi

gavdalanadi.
Ularo'rtasida tinimsizshiddatli kurash ketadi. Odil nihoyatda makkor, u 
Salimjon  boshiga juda  ko‘p  og‘ir  savdolar  solgan,  uyiga  o‘t  qo‘ygan,  uning 
yakka-yu yolg‘ iz farzandining qo‘liga to‘pponcha tutqazgan, jinoyatga yetaklagan.
Asar pirovardida butun umri davomida xalqqa, yaxshi odamlarga zarar 
yetkazish  bilan  shug‘ul!angan  Odil  battol  va  uning  hamtovoqlari  qonuniy 
maglubiyatga  uchraydi,  haqiqat,  adolat,  ezgulik g‘olib  chiqadi.
Xudoyberdi T o ‘xtaboyev o‘z romanida yulg‘ichlaiga, qalloblarga qarshi 
kurashda  butun  xalq  bir  kishiday  bo‘lib  birlashsa,  bu  ishni  butunlay  o ‘z 
q o ‘Iiga  olsa,  Odil  battollarga  qiron  keladi,  ulardan  nom -nishon  ham 
qolmaydi,  degan  fikm i  o ‘rtaga  tashlaydi.
«Sariq  devni  minib»  qissasi,  «Sariq devning o'limi»  romanining  eng 
yaxshi  fazilatlaridan  b in  tilining  shiradorligi  va  o ‘ynoqiligidadir.  Muallif 
bosh qahramon  Hoshimjonning tilini alohida e 'tib o r bilan ishlagan.  Bu til 
nozik qochirimlarga  boyligi  va jonliligi,  shu  bilan birga bolalar tiliga  mos 
holda soddaligi bilan ajralib turadi. Qahramonning xarakteri uning so'zlaridan 
shundoqqina bilinib turadi.
F a n tastik -sa rg u z a sh t  ja n ri  bolalar  adabiyotining  eng  qiziqarli 
janrlaridan biridir.  Bunday asarlar bolalaming ongi va psixologiyasiga kuchli 
t a ’sir  k o'rsatadi,  u larn i  o ‘qishga,  o ‘rganishga,  izlanishga  o ‘rgatadi, 
jamiyatimizning faol  quruvchilarini tarbiyalashga yordam beradi.
«Qasoskoming oltin boshi» romani markazida bosh qahramon — tarixiy 
shaxs,  xalq  qasoskori  N am oz  taqdiri  yotadi.  «Qasoskoming  oltin  boshi» 
tarixiy-biografik  rom an  emas,  shuning  uchun  ham   muallif  Namozning 
hayotini batafsil yoritib berishni maqsad qilib olgan emas.  Lekin adib o ‘m i- 
o ‘m i bilan uning hayotiga doir m a‘ lumotlar berib boigan.  Bu m a‘ lumotlar 
uning xarakterini tushunib olishda kitobxonga yordam beradi.
Namoz faqat jismonan emas, aqlan ham yetuk. U haqiqat uchun qasoskor, 
qo'rqmas, tadbiikor, ochiq ko‘ngil qahramon sifatida gavdaiantirilgan. U atrofiga 
o ‘zi kabi dovyurak yigitlami to‘plab, zulmkoriarga qarshi kurashga undaydi.
Halolligi,  mardligi,  adolatiiligi,  yetimparvarligi  uchun  xalq  Namozni 
yaxshi  ko‘radi va  uni  G o ‘ro‘g‘liga qiyos qiladi.  «G o‘ro‘g‘Iibek  Namozboy 
qiyofasida paydo bo‘lgan emish. Afsun o‘qisa ko‘zdan g‘oyib bo‘lib qolarmish. 
Ù ndan  o ‘q o ‘tmas  em ish,  qilich  chopmas  emish...»
Namozning mardligi, jasorati xalq qalbida mangu yashab kelayotganligi 
«Qasoskoming oltin boshi» da yaxshi chizib berilgan.
Talantli bolalar adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sir ochildi», «Aka- 
uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jajji 
qissa», «Besh bolali yigitcha»,  «Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehigarlar 
jangi»,  «Mungli  ko‘zlar»,  «Jannati odamlar» kabi  yirik asarlarining yuzaga 
kelishi o‘zbek bolalar  adabiyotining yutug‘i hisoblanadi.  U  bolalar uchun 
yanada o‘qimishli asarlar yaratish maqsadida tinimsiz izlanmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

FARHOD  MUSAJON
(1933 yilda tug‘ilgan)
0 ‘zining  qisqa  hajmli  va  hayajonli  hikoyalari,  m azm undor  qissalari, 
kichkintoylami to ‘lqinlantiradigan pesalari bilan bolalam ing quvonchlariga 
quvonch  ulashib  kelayotgan  qalamkashlardan  bin   Farhod  Musajon  1933 
yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.  1956 yilda ToshM U ning Sharq fakultet ini 
tamomlaydi.  Bir necha yil 0 ‘zbekiston radiosida, « 0 ‘zbekiston madaniyati» 
gazetasida, «G‘uncha* jumalida mehnat qiladi.  1966 yildan esa « 0 ‘zbekfilm»da 
muharrir,  bosh  m uharrir vazifalarida ishlab  kelmoqda.
Farhod Musajonning ilk asari  1955 yilda e ’lon qilingan. Shundan so'ng 
«Daradagi qishloqda* (1960), «Turdi, qizilbog‘ich va men» (1970), «Oftobni 
quvlab»  (1970),  «Chin  d o ‘stlik»  (1976),  «Chevar  qiz*  (1982),  «Buioq 
suvi»(1982),  «Turdi,  velosipedvamen»(1983),  «Glotokrodnikovoyvodbi*, 
«Tekin iomosha» (1989) kabi kitoblarining maydonga kelishi bolalar uchun 
katta bayram bo‘ldi.
1997  yilda  adib  o ‘zining  bolalarga  atab  yozgan  barcha  hikoyalarini 
jamlab, yigirma ikki taboqdan iborat katta kitobini qayta ishlagan va to‘Idirilgan 
holda chop ettirdi.  Bu kitobini ham ilgarisiga o ‘xshab «Tekin tomosha» deb 
atadi. Oldingisidan farqli o'laroq bu kitob uch qismdan iborat: kichkintoylar, 
o'rtanchalar va o ‘smirlarga.
Farhod  Musajon  ijodining o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri  shundaki, 
uning  aksar  hikoyalari  quvnoq  yumor  hissi  bilan  sug‘orilgan.  Adibning 
barcha  hikoyalarida  beg‘ubor  va  zavqli  bolalik  davri  ruhiyati  saqlangan. 
Shuning uchun uning hikoyalari oson o ‘qiladi, oson hazm  bo‘ladi.  Natijada 
ta ’sir  kuchi  ham  ortadi.
Adib  ijodining  yana  bir jihati  u  o‘z  personajlarini  yomon  yoki  yaxshi, 
adabiy  atamalar  qo‘llab  aytadigan  bo‘lsak,  salbiy  yoki  ijobiyga  ajratmaydi. 
Ularga baho berar ekan,  fe’li-atvori  qandayligini  tasvirlar ekan  hech qachon 
kuchli  iboralami,  «ablah,  iblis,  yaramas,  gazanda*  va  hokazo  haqoratomuz, 
qattiq-quruq, so‘zlami ishlatmaydi.  Zero, inson sifatida endi shakllanayotgan 
bolalarga  nisbatan  bunday  o‘tkir  so‘zlami  ishlatish  insofdan  va  adolatdan 
emasligini  tushunadi.  U  o ‘z  qahramonlarini  qandayligidan  qat’i  nazar  — 
o ‘yinqaroqm i,  lapashangm i,  ayyormi,  dangasam i,  m aqtanchoqm i  — 
hammasini  birday sevadi  va sevib tasvirlaydi.  Uning uchun  mutlaqo yomon 
bola umuman yo‘q, kamchiligi bolishi mumkin, deylik yolg‘onchiroq, xasisroq, 
xudbinroq,  lekin  nokas bola yo‘q,  har qanday bolani  ham to‘g‘ri yo‘lga solib 
yuborish mumkinligiga ishonadi. Va shu muborak maqsad yo‘lida ijod qiladi.
Farhod  Musajonning  o‘ziga  xos  uslubi  bor.  Uning  asarlaridan  bir 
parchagina o'qigan odam  muallifning  kimligini  aniqlab oiishi mumkin.  U  
aniq, sodda, tushunarli va ixcham yozadi. Shu sababli katta mahorat evaziga
www.ziyouz.com kutubxonasi

villar davomida paydo bo'ladigan va shakllanadigan badiiy soddalik tufayli 
uning  asarían  o'qim ishli  chiqadi.  Bolalar  tili  bilan  aytsak,  hikoyalari 
«rostakam b o ‘lgan voqeaga o‘xshaydi*.  Darhaqiqat,  adib voqealami xuddi 
hayotdagidek ishonarli va qiziqadi qilib so'zlab beradi. Bu juda muhim. Negaki 
bolalar hikoya voqealariga ishonmasalar, asaming ta'sir kuchi yo‘qqa chiqadi. 
Mana shu om il — ishontira olish mahorati F. Musajon ijodining eng muhim 
xususiyatidir.
Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozadi. Uning kitoblari 
orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi, kichik hamda o‘rta 
va katta yoshdagi bolalarga va o'smiriarga bag'ishlangan asarlami ham uchratish 
mumkin.
A yonki,  m aktabgacha  tarbiya  b o lala r  kitobxonligi  o ta-o n a la r, 
tarbiyachilar tom onidan amalga oshiriladi.  Bolalar o‘zIari tinglagan asarlari 
yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona-yurtga, tabiatga muhabbat 
xislatlari;  m ehnat  qilish va  mehnat ahlini hurm at qilish kabi  fazilatlar shu 
yoshdan shakllana boshlaydi. Turmushda qizg‘anchiq bo'lmaslik, kasb-hunar 
egallashga intilish, kattalam i hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular 
jumlasiga kiradi.
Bolalam ing  pedagogik-psixologik  xususiyatlaríni  yaxshi  o ‘rgangan 
Farhod  M usajon  kichik yoshdagi bolalarga bag‘ishlab «Eng yaxshi bobo», 
«Shodiyona  kun»,  «Shiqildoq»,  «Pahlavon va  nimjon»,  «Sovg‘a»,  «Ajoyib 
buzoqcha»,  «Yaxshilik»,  «To‘lab  ber»,  «Varrak»,  «Dor*  kabi  o ‘nlab 
hikoyalar  yaratgan.
Adibning  «Varrak»  asari  mazmuni  oddiygina  varrak  yasash  voqeasi 
asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylami bolalikdan boshlab mustaqil harakat 
qilishga chaqiriladi.
Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri «Eng yaxshi chana» dir.  Bu 
hikoyada  q o ‘li  o ch iq ,  sahovatli,  bag'ri  butun  bo‘lishlik,  xasis,  ziqna 
bo'lmaslik kabi g ‘oyalar kichkintoylar ongiga yetkaziladi:  Latifjonga dadasi 
chana olib kelib beradi.  Quvonchdan bolaning boshi ko‘kka yetay deydi.
Latifjon  boshda  ancha  qizg‘anchiq bo'ladi.  Shuning uchun chanada 
bitta o‘zi  uchadi.  Boshqalami  chanaga  yaqin  keltirmaydi,  unga  birovning 
qo‘li  tegib  ketsa,  chanani  ko‘taríb  uyiga chopadi.
Latifjonning dadasi o‘g‘lidagi bunday qizg‘anchiqlikní payqaydi, lekin 
unga  pand-nasihat  qilib  o ‘tirmaydi.  Aksincha,  quyidagi  íbratli  hikoyatni 
keltiradi:
— 
Bilasanmi,  —  dedi  dadasi  o ‘g‘liga,  —  men  bu  ajoyib  chanani 
qaerdan oldim?  Bunaqasi magazinda sotilmaydi, bu buyurtma bilan qo(lda 
yasalgan chana. Yoshi oltmishda.  Ha, oltmish yil burun bitta og‘aynimning 
dadasi olib bergan  ekan.  Og‘aynim o‘sha paytda sendek ekan.  Chananing 
chiroyliligmi ko‘rib uchishga uning ham ko‘zi qiymabdi. Kattaroq bo‘lganimda 
ucharman, hozir bolalar tortib olib eskitib qo'yishadi, deb asrab yuraveribdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Oradan  yilJar  o‘tibdi,  bir  kuni  qarasa  bolaligi  tugab  chol  bo'lib  qolibdi. 
Endi  unga chana kerak emas ekan,  chunki  chol  odam   uyalmasdan  chana 
uchadimi?!  Og‘aynim  chanani  menga  sovg‘a  qilar  ekan,  beg‘ubor bolalik 
chog‘imda maza qilib ucholmadim, ishqilib sening o ‘g‘lingga yaxshi xizmat 
qilsin dedi.  Shunaqa, o'g‘lim, qizg'anchiq odam zavqdan m ahrum  boiadi!
Latifjon awal dadasining bu gaplariga tushuna qolmaydi.  Yuragining 
allaqaeri jaz etgandek bo‘ladi.  Nihoyat u dadasiga yuzlanib:
—Ertadan  boshlab  ayamasdan  uchaman,  —  dedi.
Adibning  «Sovg‘a»  hikoyasi  bolalami  m ehnatkash  bo'lishga  da'vat 
etadi.  Oqiljonning  gul  ekishi,  uni  mehr  bilan  parvarish  qilishi  kichik 
kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
«Turdi,  qizil  bog‘ich  va  men»  hikoyasi  uzoq  yillardan  beri  yosh 
kitobxonlaming sevimli  asarlaridan  biri  sifatida e 'zo zlan ib   kelinadi.
Hikoyada ozodalik, shahar tozaligi uchun kurashish bosh masala qilib 
q o ‘y ila d i.  T u rd i  va  G ‘iy o s  k a b ila rn in g   s h a h a r   to z a íig id a   faol 
qatnashmaganliklari,  dangasaliklari  fosh  qilinadi.
Xullas,  Farhod  Musajon  o'zining maktabgacha va  maktab  yoshidagi 
kichik bolalarga bag‘ishlab yozgan hikoyalarida salm oqdor fikrlami sodda, 
bolalarbop shaklda aytadi. Adib nasihat qilish yo‘lidan bormaydi, aksincha, 
bolalar  hayotida  ko‘p  uchrab  turadigan  oddiy  voqealam i  tasvirlaydi  va 
aytmoqchi  boMgan  muhim  gaplam i  ana  shu  voqealar  m ag‘ziga  singdirib 
yuboradi.
Farhod  Musajonning  «Orzuga  ayb  yo‘q»,  «Bo‘sh  kelma,  Aliquiov», 
«Buloq suvi» kabi boshqa qissalari o ‘zbek bolalar adabiyotida muhim o ‘rinda 
turadi.
Farhod Musajon dramatuig sifatida ham yoshlaming mehrini qozongan. 
«Xayolparastlar»,  «Oq  kabutar»,  «Sabil  qoldi»,  « 0 ‘g‘lim ni  qaytarib 
beringlar»  pesalari  shular jumlasiga  kiradi.
Bular  orasida  ayniqsa,  « 0 ‘g‘limni  qaytarib  beringlar»  asan  mashhur 
bo'ldi.
Dramaturg uning nomini o ‘zgartirib «Najot istab» deb qaytadan ishladi. 
U  Hamza nomidagi Akademik drama teatrida muvafTaqiyat bilan qo'yiídi. 
Dushanbe,  Olmaota shaharlarida, Tataristonda sahna yuzini ko‘rdi.
Pesada asosan bola taibiyasida ota-onaning o ‘ynaydigan beqiyos katta 
roll  haqida gap  boradi.
Farhod  Musajon kattalarga bag'ishlab  «Bahor nafasi»,  «Bu  ko‘zlarga 
ishonsa  bo‘ladi»,  «Xotin  kishining  ra'y i» ,  «K o‘r   shofyor»,  «Zo‘raki 
kashanda», «Nozik masala», «Kailapocha», «Him mat», «Bog‘ ko‘cha» kabi 
kitoblar  yozgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

LATIF  MAHMUDOV
(1935 yilda tug‘ilgan)
Hozirgi zam on o ‘zbek bolalar adabiyotida hikoya, qissa, pesalari bilan 
m ashhur b o ‘lgan  qalamkashlardan  b in  Latif Mahmudovdir.  U  1935 yilda 
Toshkent shahrida dunyoga keldi. Toshkent davlat dorilfununini tamomlagan. 
Uzoq yillar Respublika radiosida,  bir qator nashriyotlarda ishlagan.
Latif M ahmudov o ‘zining dastlabki hikoyalaridan bin «Chinor» bilan 
yosh  kitobxonlar  olqishiga  muyassar  boMdi.
Hikoya  qahramoni  Salim  boboning  har  kuni  ertalabdan  kechgacha 
chinom ing tagida  o‘tirishi bolalarga juda boshqacha tuyuladi.  G o‘yoki bu 
yerda  —  ch ino r ostida  qandaydir bir  yashirin  sir bordek  tuyuladi  ularga.
M a’Iumki,  bolalar har bir narsaga qiziquvchan  bo'ladilar.  Ular o ‘zlari 
uchun nom a’lum bo‘lgan olamning sir-asrorlarini tezroqbilib olishga, uning 
oxiriga yetishga intiladilar. Shokir ham, Vali ham ana shunday bolalar toifasidan. 
Shuning  uchun  ular chinor va  uning ostidagi supaga juda qiziqib qoladilar. 
Salim otaning supada kecha-yu kunduz o‘tirishi ulami hayratga soladi.
Aslida chinorda ham, supada ham hech qanday sir-pir yo‘q edi. Boboning 
yakka-yolg‘iz  o ‘g‘li  bo‘lib,  u  shoirtabiat  bo‘lgan.  Bir  vaqtlar  shu  chinor 
oldida bir ayol anhorga qulab tushadi.  Uni Salim otaning o ‘g‘li qutqaradi. 
Ammo o ‘zi anhordan chiqa olmay, suvga cho‘kib halokbo‘ladi. Shu sababli 
chol chinor tagida,  supa ustida uzoq o ‘tirib,  o ‘g‘lidan qolgan yodgorlik — 
uning kitobini qayta-qayta o‘qiydi.
Bundan  bexabar  bolalar g‘or  qazib,  bu  yerdagi  simi  bilib  olmoqchi 
bo‘ladilar.  Kutilmaganda bolalaming g‘ori o'pirilib, supa qulab tushadi.  Bu 
yerda  hech  qanday  sir  ham,  tarix  ham   yo‘q  ekanligini  bilgan  bolalar, 
ayniqsa,  boboning  supa  o‘pirilib  tushganidan  keyingi  holatini  ko'rib, 
o‘zlarini  o ‘zlari  kechira  olmaydilar.  Chol  esa  uyidan  chiqib  supa  tomon 
yurar  ekan:  «...  chinordan  o*n-o‘n  besh  qadam  narida,  anhor  bo‘yida 
o ‘rani ko'rib to ‘xtadi, engashdi, xassasiga tayanib xuddi surat oldirayotgandek 
qim ir  etm ay  turib  qoldi.  A nchadan  keyin  boshini  ko‘tarib,  ko‘z  oldi 
jimirlashib  ketdi,  oynagini  artm oqchi  boigandi,  qalqib  ketib,  anhorga 
tushirib  yubordi.  Qaltirab  anhor  yoqasiga  cho‘kkaladi.  yengini  shimarib, 
oynagini qidira boshladi.  Biroq chuqur,  q o lin i tortib xassasini suvga tiqib 
ko‘rdi. U ham  yetmadi. Oynak allaqachon oqib ketgan edi. Salim bobo suvga 
qarab ancha o ‘tirdi.  Keyin sekin o ‘midan tuitii. Chinoming tagiga bir qarab, 
qoqila-qoqila uyiga qarab ketdi».
Qariyaning  bunday  ayanchli  ahvolidan va  ayniqsa,  bu  voqeadan  keyin 
uning kasal bo‘lib qolishidan bolalar qattiq  iztirob chekadilar.  Bu  ishda faqat 
o‘zlari  aybdor  ekanliklaridan  uyaladilar.  Qanday  bo‘lmasin,  cholga  taskin 
berishga, unga har tomonlama ko‘maklashishga, yordam berishga harakat qiladilar.
«Chinor»  ham on sevib o ‘qilmokda,  bolalami  yaxshilikka,  keksalaiga 
ko‘mak berishga, ajoyib inson bo‘lib kamol topishga da'vat etib kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Kimki jismoniy mehnatga berilsa, jismoniy taibiya hamda sport bilan 
oshno bo‘Isa, u hayotda sog‘Iom va tetik bo‘ladi, oldiga qo‘ygan niyat-maqsadiga 
erishadi, tengqurlari o‘rtasida obro‘-e ’tibor qozonadi. Yoki aksincha...
Yozuvchi Latif Mahmudovning «Darvozabon» hikoyasining qahram oni 
Orif yuqorida ta ' kidlab o‘tganimizdek, ikkinchi toifadagi bolalarga kiradi.
K o‘pchilik  bolalar  turli  dam   olish  m askanlarida  yozgi  t a ’tiln i 
ko‘ngildagidek  o ‘tkazib,  sport  bilan  shug‘uilanib,  yangi  k u c h -q u w a t 
to'playdilar,  har  tomonlama  chiniqadilar.
Orifchi? U  na jismoniy mehnat qiladi,  na sport bilan shug‘ullanadi,  na 
badiiy  kitob  o‘qiydi.  Kechasi-yu  kunduzi  ovqat  yeb,  xom sem iz  b o ‘lib 
qolganligini Latif Mahmudov bolalarga ta’sir qiladigan darajada tasvirlab beradi.
Hikoyani,  ayniqsa,  quyidagi  parchani  o'qigan  har bir yosh  kitobxon 
Orifning  bu  qiyofasidan  kuladi  va  o ‘zi  ham   shu  kuyga  tushib  qolmaslik 
uchun  harakat  qiladi:
«...qo‘shni ko‘cha fútbol komandasi bilan sayhonlikda uchrashuv bo‘ldi. 
Orif darvozabon  edi.  0 ‘yinga  aralashm ay  qo‘ya  qol,  desak  ham   «m en bu 
uchrashuvga ataylab kuch yiqqanman*  deb turib oldi.  Noiloj  ko‘ndik.
Shu kuni raqiblarimiz darvozaga o ‘n to'rt to‘p kiritishdi. O rif Nishonov 
koptok tutaman deb har gal koptokdan oldin  o‘zi dumalab darvozaga kirib 
ketar  edi».
Latif  Mahmudov  hikoyalari  mavzu  jihatdan  rang-barang.  U lam ing 
hammasida bolalaming qaynoq hayoti ufurib turadi. Adibning deyarli barcha 
hikoyalarida bolaiami qizg‘anchiq b o ‘lmaslikka,  katta-kichikka  m ehribon, 
g‘amxo‘r boiishga chaqirish («Bir pud tosh»); ozoda bo‘lish, m aktab gigiena 
qonun-qoidalariga  amal  qilish  («Qoyil  qilishdi*);  halol,  pok,  to ‘g‘ri  so‘z 
bo'lish  («Attang»);  ko'chat  ekish,  bog‘-rog‘lami  parvarishlash  («Gilos»); 
ona  tabiatn i  asrash,  avaylash,  unga  fldoyilik  ko‘rsatish  («Q irg‘ay», 
«Musicha»);  davrimizga  munosib  kasb-kor  egasi  bo‘lish  («Shokirning 
tog‘asi*)  kabi  bolaiam i  q iziq tirad ig an ,  ularni  hayajonga  so ladig an, 
to'Iqinlantiradigan  masalalar yotadi.
I-atif Mahmudov o‘zbek adabiyotida qissa janrini rivojlantirishga ham katta 
hissa  qo'shib  kelayotgan talantli  adiblardan  bin  hisoblanadi.  Adibning  «Eski 
dutoming siriari», «Tog'dagi lolalar», «Tog‘da otilgan o‘q», «Ikki dangasaning 
sarguzashtlari» kabi qissalarini o ‘qimagan yosh kitobxon topilmasa kerak.
Adibning eng jozibali, bolalar qalbini o‘ziga rom etadigan qissalaridan 
bin  «Ikki  dangasining  sarguzashtlari»dir.
Qissa  qahramonlari  —  M irvali,  Botirlar  oddiy,  boshqalardan  farq 
qilmaydigan bolalar, ammo xatti-harakatlari,  intilishlari bir jaho n.  Ikkalasi 
ham yom on o ‘quvchilardan emas. Xulq-odoblari ham boshqalarga m anzur 
bo'ladigan bolalardan.
Hamma gap adabiyot muallimi Alijon Valievichning Botiming dadasiga 
maktub yozib berishidan boshlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Alijon Valievichning bolalar m a’qul ko‘rmaydigan bir odati bor.  Buni 
Mirvali  tilidan  berilishi  yanada  ishonchli  chiqqan:  «Siz  Alijon  Valievich 
ju d a   badjahil  odam  ekan,  deb  o ‘ylamang.  Alijon  Valievich  birovga  qattiq 
gapirmaydi,  urishmaydi,  qovog‘ini  ham  solmaydi.  Hatto  aybingizni  ham 
aytmaydi.  Gunohingiz  og‘ir  b o ‘lsa  ikki  enlik  xat  yozib  konvertga  soladi, 
yaxshilab  yelimlaydi,  sizning  oppoq  oqarib  ketayotganingizdan  zavqlanib 
beparvolik bilan qo‘Iingizga tutadi.
«—  Shuni dadangizga berib qo‘ying».
Botir o'qituvchining q o ‘lidan maktubni olar ekan, dahshatga tushadi, 
nim a gunoh  ish qilib qo‘yganini  bilmay o‘y-xayolga botadi.
Hamfikr,  do‘st,  sirdosh,  yursa-tursa  birga  bo‘ladigan  Mirvali  bilan 
o ‘qishda,  yurish-turishda yo‘l  q o ‘ygan xatolarini xo‘p o ‘ylashadi.  M a’lum 
bo'lishicha,  ular  kunlardan  bir  kun  chollarga  salom  bermay  o‘tishgan, 
q a c h o n la rd ir  tanaffusda  b ir  m arta  o ‘qituvchilardan  yashirib  papiros 
chekishgan,  dars  tayyorlamay  kelishganda  sinfdoshlaridan  uyga  berilgan 
vazifani ko'chirishgan. Am m o bular xatga asosiy sabab bo'lmasligi mumkin 
deb  o ‘ylashadi.
Bolalar ruhiyatini yaxshi biladigan Latif Mahmudov o ‘qituvchi ta’rifiga 
katta  baho  beradi.  Alijon  Valievich  obrazini juda  ishonchli  qilib  chizadi. 
Botir yursa-tursa  o‘qituvchi-ustozi  uni  kuzatib turgandek bo‘laveradi:
«...Nazarimda ko‘chada yursam yelkamdan,  uyda kitob o'qib yotsam 
sh ipdan   qarab  turgangao'xshaydi»  deb  bolani  hayotgayanada mas'uliyat 
bilan qarashga o'rgatadi.
L a tif  M ahm udov  qissad a  tim urchilik  harakatiga  ham   alohida 
m unosabatda bo'ladi.  0 ‘qituvchining  maktubini  oigan bolalar o ‘zlari  y o i 
q o ‘ygan  xatolarini  qidira  boshlashadi  va  gunohlarini  yuvish  maqsadida 
o'tkinch i  bir  cholning  qopini  k o ‘tarishib  uning  uyiga  olib  borishadi.  Bu 
kabi  lavhalar yosh kitobxonda  katta taassurot qoldiradi.
Ikki  d o ‘st  nima  bo‘lganda  ham   o ‘qishni  bo'shashtirmaslikka harakat 
qilishadi.
Keyinchalik maktubdagi:
«—Zavodingizga ekskursiya uyushtirmoqchimiz, paxta terish mashinasi 
haqida gapirib bersangiz, qachon borsak bo‘Iadi?* deb so'ralgan xat mazmunidan 
xabardor b o ‘lgan ikki do‘st terilariga sig‘may quvonishadi hamda o‘z xato va 
kamchUiklarini tuzatib olganliklaridan behad shod bo‘ladilar.
Shu  narsa  quvonarliki,  qissada  xatolarsiz yashash  har bir bola  uchun 
katta baxt ekanligi kitobxon ko‘ziga yarq etib tashlanib turadi.
Latif Mahmudov o(zbek bolalar adabiyotida drama janrini rivojlantirishga 
katta hissa qo‘shib kelayotgan san’atkorsifatida ham e’zozlanadi. Uning «E, 
attang!»,  «Muhim  topshiriq»,  «Dangasaning  sarguzashti»,  «Haqiqiy o ‘g‘il 
bola»,  «Ali  bilan  Vali»,  «Burgut  olib  qochgan  bola»  kabi  asarlari  uzoq 
yillardan beri yosh tomoshabinlar qalbiga quvonch bag‘ishlab  kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

MIRAZIZ  A’ZAM
(1936 yilda tug‘ilgan)
Hozirgi  zamon  o'zbek  bolalar she’riyatida  shoir  Miraziz A’zam ning 
o‘z  o ‘mi  bor.  Bu  albatta,  uning  izlanishi,  mehnatkashligi,  bolalam i  va 
ulaming adabiyotini  qattiq sevishidan.  Ijodkor bolalar o‘rtasidagi  d o ‘stlik, 
hamjihatlik,  ona-Vatanga cheksiz m uhabbat,  odobli bo'lish,  yaxshi  o ‘qish 
uchun  harakat  qilish,  kurashish  kabi  m asalalami  ko‘proq  ochib  berishga 
harakat qiladi.
Miraziz A’zam  1936 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. Maktabda o ‘qib 
yurgan  kezlaridayoq  she'riyatga  qiziqdi.  S h e’riy  mashqlarini  Q u d d u s 
Muhammadiy  va  keyinchalik  Qudrat  H ikrnat  boshchilik  qilgan  adabiy 
to‘garakda sinovdan o‘tkazar,  ijodiy izlanish,  o‘qish va o‘rganishni  qizg‘in 
davom ettirar edi. Adabiyot va she’riyatga bo‘lgan chanqoqlik uni ToshM U ga 
yetakladi. Adabiy mashqlari bolalar va o‘quvchilar gazetalarida, «Gulxan», 
«G‘uncha* jumallarida bosila boshladi.
Universitetni  muvaffaqiyatli  tam om lagan  M.  A’zam bir qator gazeta 
va jumallarda ishladi. Shoiming «Metallurg*,  «Aqlli bolalar*, «Senga nim a 
b o ‘ldi?*,  « G 'a la ti  tush*,  «Er  a y la n a d i* ,  «Erga  dovruq  so la m lz * , 
«Haqiqatning  ko‘zlari»,  «Sabot*,  «Tuyg‘ular*,  «Bir  cho‘ntak  yo n g ‘oq* 
kabi  to‘plamlari  bolalar  kitob javonlaridan  mustahkam  o‘rin  oigan.
Miraziz A ’zamning juda ko‘p she’r va q o ‘shiq, ertak, dostonlari k atta- 
kichik bolalarga bag'ishlangan.  U  har bir asarida bolajonlar uchun, albatta, 
bir yangilik, bir yaxshi gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va buning 
uddasidan chiqadi.  Masalan,  «Er aylanadi*  she’rini olib ko‘raylik.  B unday 
olib qarasangiz, bu bir oddiy gap. Axir necha ming asrdan beri u aylanadi, 
yana  aylanaveradi,  bu  haqda jozibali  she’r  boMishi  mumkin  em as,  degan 
tushuncha xayolingizdan o'tadi.  Lekin sh e’m i o ‘qiydigan bolsangiz sizning 
tasawuringiz butunlay o‘zgaradi.  M urg‘ak  qalb u yoqda tursin biz  kattalar 
ham  yeming  aylanishi,  onlaming  o ‘tishi,  shamolning  esib  turishi  bilan 
o ‘sib  ulg'ayishim iz,  kamol  topishim iz,  bunyodkorlik  ishlarim iz  k o ‘z 
o ‘ngimizdan  o ‘tadi.  Qilgan  yaxshi-yom on  ishlarimizni  o‘ylaym iz.  «Er 
aylanadi*  — xuddi shu  haqda bahs yuritadi:

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling