N I z o m I y n o m I d a g I t o s h k e n t d a V l a t p e d a g o g I k a u n I v e r s I t e t I m a m a s o L i j u m a b o y e V
|
Kungaboqar muloyimdir,
Uyati bor, 0 ‘ziga xos qiziq, ajib Odati bor — Tunda yerga, kunduz esa Kunga boqar. Shu boisdan yeru kunga Birday yoqar. Qomi to ygach, *yig‘ib oiar» U esini. Quyoshga ham ko ‘rsatadi Elkasini.... Bu she’rda o ‘zbek xalq og‘zaki ijodiga xos boiiniy paraJlelizm uslubi gavdalangan. Kungaboqaming o ‘ziga xos xususiyatlarí, o ‘sish, «yashash» tarzi yashirin ravishda insonga qiyoslanadi. Darhaqiqat, ayrim laganbardor odamlaming rahbaru amaldoriarga yaltoqlanishi, ulam ing og‘ziga qarab turishi va ularga egilib-bukilib turish manzaralarí barchaga ayon va m a’lum. Qolaversa, hayotda ba’zi kishilar borki, ular ishi bitgach, yaxshilikni tez unutadilar, ezgulik qilgan insonga hatto, «elkasini ko‘rsatadi»lar. She’rda shu lavhalar badiiy jihatdan yaxshi tasvirlangan. «Soyam bilan o ‘y nay man* sh e'rid a ayrim subutsizlar timsoli yorqin ifodalangan. Bola o‘z soyasi bilan d o ‘st tutinadi, o ‘ynaydi. Biroq, soya esa bola yursa-yuradi, tursa-turadi. Bolada qiziq bir xususiyat bor. Kimdir uning qilgan ishini, xatti- harakatini takrorlayversa, aytgan so‘zini botbot aytaversa... «Meni ermak qilayapti* deb bolaningjahli chiqadi. «Soyam bilan o ‘ynayman» she'ridagi link qahram on ham shu holatga tushadi va o‘z soyasiga: «— Ey, soyajon! Qilmagin ermak. Shunday qilsang, D o ‘stmassan, demak*, deya tanbeh beradi. Lekin soya «bilganidan qolmaydi*. Shunda link qahramon o ‘zining ichki mhiy holatini, Idchkintoylarga xos iztirobini, noroziligini to ‘kib soladi: «Po'm» desam-da, Ergoshib kelar. Undan odam Qanday qutilar?! Shoiming «Qo'rqoqlik» she'ridagi yosh lirik qahram on nohaqlikka, adolatsizlikka, loqaydlikka qarshi isyon ko‘taradi. Shu isyon ruhi badiiy- publisistik uslub orqali tasvirlanadi. «— Dada, katta bir bola M eni nohaqdan urdi. Yordam bermay o‘rtog‘im Qo‘rqoqlik qilib turdi». Murg‘ak bola og‘ir www.ziyouz.com kutubxonasi ahvolga tushganida o ‘rtog‘ining himoyasini kutadi. S hunda o ‘rtog‘i ko‘maklashmasa, yonini olmasa, u iztirob chekadi. Va bola dadasidan so‘raydi: Sizni ham mett singan, Birov nohaq urganmi? Shunda do \stingiz chetda I Yordam bermay turganmi? Bu holat nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham xosdir. Bir kishi ikkinchi kishirii begunoh, adolatsiz ravishda xafa qilsa yohud xo‘rlashga harakat qtlsa, bundan og‘iri bo‘lmas. D arhaqiqat, shunday noxush hodisalar uchrab turadi. Shoim ing «Qo‘rqoqlik* sh e'rid a tasvirlangan voqea-hodisada hayot koloriti bilan poetik kolorit bir dialektik yaxlitlikka ega. Bolalar shoirí k ic h k in to y la r h ay ot ta rz in i, ich k i dunyosini, f e 'l- a tv o r in i, ruhiy kechinm alarini, fikrlash darajasi va koMamini, eng asosiysi, ulam ing shirin, chuchuk tilini yaxshi bilishi asosiy mezondir. Shoir Safo Ochil she'rlarini o ‘qir ekanm iz, uning shu fazilatlaríni kuzatamiz. O datda, bolalar tabiat manzaralarini, hayvonot va qushlar dunyosini boshqalardan ko‘ra ko‘proq sevadi, o ‘zgacharoq his qiladi va idrok etadi. Shoir she’rlarida bolalaming shu xislatlari badiiy-falsafiy jihatdan aniq tahlil qilinganki, ular murg'ak qalblaming ruhiyatiga samarali ta’sir qila oladi. «Yarador qushcha» she'rida ilgari surilgan badiiy-pedagogik g‘oya qushlarga nisbatan mehr, g‘amxo‘riik tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi. S h e ' rda poetik voqea-topilma tush orqali ifodalanadi va nazmiy til orqali «so‘z!ab» beriladi. Kichkintoyning o‘zitushida uchib yuradi. Yonginasida uchayotgan qushchani otishadi va bola qulayotgan yarador shu qushchani ushlab oladi. Keyin yaralarini bog'lab, unga yordam ko‘rsatadi. Lirik qahramon qushchaning chekayotgan azobi, qiynalib chirqirashiga chidolmay yigiab yuboradi va uyg‘onib ketadi. Va bola deydi: Tushdagidek ne uchun, Uchib yura olmayman. Yarador qushchamni men Nahot k o ‘ra olmayman. Tushdagi kabi ucholmasligidan afsuslanish, yarador qushchasiga rahm- shafqat va uni sog‘inish ruhi bola vujudini qamrab oigan. Boshqacha aytganda, murg‘ak qalbda sog‘inch dardini uyg‘otish va shakllantirish lirik yo‘sinda talqin qilingan. «Yarador qushcha* she'rining ikkinchi qismida awalgi poetik m a'n o va maqsad ravshanlashtiriladi. Y a 'n i o ‘yin qaroq bolaning toshbag‘irligi, ozor chekkan qushning iztirobi va nihoyat, rahmdil kichkintoyning www.ziyouz.com kutubxonasi odobliligi va mehr-oqibati sokin ohangda kuyianganki, bu turfa fe ' l-atvorlar o ‘quvchi ruhiga samarali ta 'sir etadi. 0 ‘yin qaroq bola sopqonidan tosh otib, qushni yerga qulatadi. Boshqa bir bolatipirchilab chalajon yotgan qushchani m ushukdan olib qochadi va unga in yasaydi, yarasini bog'lab, malham qo‘yib, d o n -d u n berib, parvarish qiiib turadi. Qushcha esa yarasi tuzalgach, qafasda zerikadi. Rahm-shafqatli, odobli bola uning bu holatini his qiJadi. TuzQlgach asta-sekin, Zerikdi u qafasda. Qolgan kabi armonda, Uchsam derdi osmonda. Uni yaxshi ko'rardim, Darrov qotyb yubordim. Shoiming *Men*i tutqunlikda qiynalayotgan qushchani ozod qiladi. U bundan zavq-shavq oladi. Bu yerda ozodlik, erkinlik g‘oyasi bola tilidan falsafiy yo‘sinda ifodalangan. Zikr qilingan poetik m a ’noni ochib berish uchun muailifjonli hikoya uslubtni tanlaganki, u sh e 'rg a nafis va ohangdor pafos hamda joziba bag‘ishlagan. Safo Ochil «Tog‘ lavhalari* (turkum), «M udraydi qishloq», «Ey, qor», «Qor bola», «Qish», «Oqshom», «Ko‘klam q o ‘shig‘i» she'rlarida tabiat manzaralarini chizish orqali boialaming estetik didini shakllantirish, «Kurashchi bola*da sportga mehr, «Xazonlami supurmang»da insonparvarlik, «Yaxshilikning yovlari»da ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishi, boshqa ko‘pgina she' rlarida esa Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat singari tuyg'ular rango-rang bo‘yoqlarda chizilgan. Safo Ochil bolalar qo‘shiqchiligini rivojlantirishga samarali ta’sir qilgan shoir. Uning qo‘shiqbop she’rlari sodda, tili ravon, sermazmun, ohangdor, shuningdek, ulaming har biri muayyan poetik maqsadga yo‘naltirilgan. Shuning uchun shoim ing aksariyat she’rlari osongina kuyga tushadi, boshqacha aytganda, kuy she’m ing o ‘zida. B astakor ularga qiynalmasdan kuy bastalaydi, ja^igina ijrochi osongina kuylay oladi. «Gul ekaman», « 0 ‘z tilim», «Ota-ona duosi», «Osmonimiz tiniq boMsin» singari she’rlar shular jumlasidandir. Masal boialaming sevgan janrlaridan hisoblanadi. Chunki qushlar, sudralib yuruvchilar, hayvonlar va shu kabilam ing xatti-harakati, ulam ing o ‘ziga xos xususiyatlari goh kulgili, goh satirik yo'sinda tasvirlanadi. Safo Ochilning «Qarg‘avabulbuU, «Ilon vatipratikon», «Tuyabilan kuchuk», «Tovuq va simob pontomimasi», «Qurbaqa va sigaret» singari masallari badiiy yuksak mahorat bilan bitilganki, ular boialam ing diqqatini o‘ziga tortadi. Xayoliy ramz va timsollar, kutilmagan hayotiy voqea va hodisalar, www.ziyouz.com kutubxonasi odatdan tashqari o ‘xshatish va istioralar, go‘zal tasnif va tasvirlar, g‘aroyib sarguzashtlar va m ardliklar va shu kabi badiiy unsurlar muayyan syujet chiziglda birlashadi. Bunday hikmatlaigaboy dialektik yaxlit topilma bolalar diqqat-e’tiborini qozonadi, o ‘z «bag‘ri»ga ohangrabodek tortadi. Bu, ko'pincha, doston, ertak va afsonalarga xos badiiy-estetik xususiyatdir. Shoir-olim Safo Ochil qalamiga mansub doston va ertaklar ham shunday fazilatga ega bo‘lib, ularda badiiy jozibasi bilan m uig‘ak qaiblardan tez o ‘rin olish qudrati mavjud. Adib doston va ertaklarida faqatgina ta’sirchan badiiylik emas, balki ularda voqea va hodisalami ilmiy tahlil va tadkiq etish samarasi ko'zga tashlanadi. Darhaqiqat, shoir har bir asariga badiiy-ijodiy va ilmiy- nazariy jihatdan yondoshadi. Shoirning «Gavhartosh» ertak-dostoni xalq ichida tildan-tilga ko‘chib yurgan afsona bir syujet-voqea asosiga qurilgan boMib, unda ota qadri, uning m a'naviy-axloqiy hikm atlari badiiy ifodasini topgan. Dostonning link qahramoni muayyan jamiyatda asriar osha axloqiy qonuniyatga aylanib qolgan urf-udum va an 'an alarg a qarshi bosh ko‘taradi. Chambil degan mamlakatda ota yoxud ona qarigach, ular tog‘ ortiga — ilonlar m akoniga olib borib tashlangan. Ju r’at shohlaming udumga aylangan bu farm onidan nafratlanadi: Farmoningga ming la \nat, ey, shoh, Farmoningdan o ‘rgildik, tojdor. Udumlaring tufayli, evoh, N ahot bola Otaga ag*yor! Shoir «o‘rgildik» so‘zini k o ‘chm a m a 'n o d a ishlatgan b o ‘lib, u nafratlanish m a'n o sin i beradi. Bu, o‘z navbatida, she'iga poetik effekt (samara, pafos) baxsh etgan va u fikr ta'sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. Lekin Ju r’at h am taqdirga tan berib, otasini yelkasiga ortib, ilonlar saltanatiga yaqin joyda bir xarsang toshga o‘tqazib, dam oladi. Shu yerda otasining aytgan so‘zlari farzand qalbini, uxlab yotgan tuyg‘usini uyg‘otadi: «Men ham senday sher kabi olg Hr, Kuchga to ‘lgan yigit bo'lganman. Qirq y il burun bobongrti, axir, Shu tosh uzra olib kelganman». Shu to‘rtlik m a ’nosida «Qaytar dunyo bu*, «Keyinchalik bu qismat sening ham boshingga keladi* degan hikmat yashirin. Biroq, bu hikmat bolalar tafakkuiiga, dunyoqarashiga va ichki dunyosiga mos keladigan til va sodda badiiy uslub bilan berilganki, uni yosh kitobxon tez va aniq tushuna oladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Xalqimizda «Qarí bilganni parí bilmas», degan naql bor. Shu maqol m a' nosi ertak-dostonda hayot haqiqati orqali ilmiy jihatdan asoslanadi. Johil shohga dengizning oqmas qismi — chuqur soy tubida gavhar ko‘rinadi. 0 ‘sha hududdagi yosh yigitlar gavhami olib chiqishga majbur qüinadi, Biroq, uni hech kim olib chiqolmay suvga cho‘kib, halok bo‘lishadi. Navbat Ju r' atga yetadi va bo‘lgan voqeani yertoladagí otasiga bayon qilib beradi. Ota «Dedi so‘ngra nosni tupurib: — Bormi o ‘sha joyda bir daraxt? J u r'a t dedi: — H a, bitta chinor». So‘ngra ota gavhaming chinor aro burgut uyasida ekanini aytadi. Darhaqiqat, suv ostidagi burgut uyasidagi gavham ing aksi edi. Bu yerda hayot koloriti bilan badiiy kolorit uyg‘unlashib, singishib ketganki, u bolaning fikrini teranlashtiradi va shu bilan birga unda asar davomini 0‘qishga qiziqish ortadi. Bu badiiy tafakkuming qudratidir. Ertak-doston boshqa ertaklarga xos lirik qahram onning g‘alabasi, ijtimoiy Haqiqat va Adolat tantanasi, buyuk kelajakka ishonch tuyg‘ularining ifodasi bilan yakunlanadi. Ya’ni inson hayoti va turmushini oyoq osti qiluvchi g‘oyalar ustidan insonparvarlik, qariyalarga g‘amxo‘rlik, vatanparvarlik g‘oyalarining muborak tantanasi asaming asosiy salmog‘ini tashkil qiladi. Safo Ochilning «Burgut», «N odir pahlavon», «Temirchi bobo va boyo‘g ‘li» kabi ertaklari ham bolalam ing m a'naviy-axloqiy va estetik taibiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, shoir va olim Safo Ochilning deyarli barcha asarían m illiy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘o rilg an boMib, u lar m illiy b o la la r adabiyotining ravnaq topishida muhim o ‘rinni egallaydí. Bunda shoim ing filolog va pedagog olim sifatidagi iste’dodi q o ‘l kelgan. Safo O chilning bolalar uchun yozilgan asarían badiiy va pedagogik jihatdan tadqiqotchilarini kutmoqda. www.ziyouz.com kutubxonasi ANVAR OBIDJON (1947 yilda tug‘ilgan) So‘nggi yillar o ‘zbek bolalar adabiyotini o ‘zining qisqa va mazmunli she’rlari, qiziqarii hikoya, qissa, pesalari bilan boyitib kelayotgan 0 ‘zbekiston xalqshoiri, adib va dramaturg Anvar Obidjon 1947 yilda Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan. Hozirgi 0 ‘zbekiston milliy universitetining jumalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va jumallarda xodim, bo'lim mudiri bo‘lib ishlagan. «Cho‘Ipon* nashriyotida bosh muharrir, direktor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Anvar Obidjonning 1974 yilda «Ona yei>, 1980 yilda «Bahromning hikoyalari*, 1983 yilda «Ey, yorug‘ dunyo», «Olovjon va uning do‘stlari*, «Alamazon i yego druzya», 1985 yilda «KetmagiU, «Bezgak shamoU, 1986 yilda «Masxaraboz bola», 1987 yilda «Akang qarag‘ay Gulmat», «Juda qiziq voqea», 1988 yilda «O ltin yurakli avtobola*, 1989 yilda «Dahshatli meshpolvon*, 1990 yilda «Erliklar>, 1992 yilda «Alamazon va Gulmat hangomasi», 1993 yilda «Ajoyibxona», 1994 yilda «Meshpolvonning janglari*, 1996 yilda «Alisher ila Husayn yoki uch o‘g‘ri*, 1999 yilda «Oltiariq hangomalari», 2001 yilda «Bulbulning cho‘pchaklari* kabi qator to'plamlari ch o p etilgan. Aytishlaricha, Luqm oni hakimning oldiga bir guruh kishilar mehmon boMib keldi. Undan hikmatga oid narsalardan so'rashdi. Shunda kelganlardan bin: — Ey hakim, sen falon yerda cho‘ponlik qilgan kishi emasmisan? — deb so‘rab qoldi. — Ha, o‘sha c h o ‘ponm an, — javob berdi Luqmon, — hozir ko‘rib turibsanki hakimman. — Bu darajaga qanday erishding? — so‘radi yana u. Luqmoni hakim unga: — To‘g‘ri so‘zlashdan, odamlaiga yaxshilik qilishdan, omonatga xiyonat qilmaslikdan, yolg‘on so‘zlamaslikdan, behuda gapirmaslikdan, musibat va qiyinchiliklarga m ardona chidashdan, o‘zimni barchadan kam olishdan! — deb javob berdi. A nvar O bidjo nnin g b u tu n ijodi yuqoridagidek vazifani o-zida mujassamlantirganligi bilan ajralib turadi. U har bir asarida bolalami kamtar. odobli, o'qimishli, vatanparvar boMishga undab keladi. Bola borki, nurga intiladi. Quyoshga talpinib yashaydi. Negaki quyosh bo r joyda, nur bor, n u r b o r joyda ma’murchilik, xursandchilik bo‘ladi. M a ’m urchilik, xursandchilik bor joyda g‘am , kulfat, ofat b o ‘lmaydi, tinchlik, xotirjamlik, ahillik, baxt bo‘ladi. Shoiming « 0 ‘zimning quyoshim» asari xuddi shu ezgu m aqsadni ilgari surishi bilan kitobxon bolalarga behad katta quvonch, shodlik bag‘ishlab kelmoqda. www.ziyouz.com kutubxonasi She’rjuda oddiy, sodda va hayotiy. Bolalar b o ‘r, ko‘m ir bilan yo'lm a, yo‘I, maydonchalarda quyoshning rasmini chizib q o ‘yganligini ko‘p bor uchratamiz. She’r xuddi shu voqeaga bag‘ishlangan. U bolalaming dil so‘zlari asosiga qurilgan. M ana siz ham tinglab ko‘ring: Ona quyosh aksingni Chizdim yo'lakka. Sen hammaga mehribon, O ‘zing bo'lakcha. Nur tushmagan joyiarda Kezarmish kulfat. Yo ‘lagimni hech qachon Bosmasin zulmat. Anvar Obidjonning «Latifachi oyim* s h e 'ri nafaqat shoiming, balki butun o ‘zbek bolalar adabiyotining katta yutug‘i hisoblanadi. Asarda bola ta ' lim-taibiyasida xalq og'zaki ijodining ahamiyati ochib beriladi. Xalq azal- azaldan xalq og‘zaki ijodini astoydil sevgan. Farzandlarini alia, ertak, maqol, tez aytish, topishmoqlar aytib berish bilan tarbiya qilgan. Bunday bolalar sog‘lom, tetik, pok, o ‘ktam, polvon, vatanparvar, ota-onaga muhabbatli bo‘lib o ‘sgan. Bu a n 'a n a bugungi kunda ham davom etib keladi. Yana birgap. Agarbolaning vujudi xalq og‘zaki ijodi bilan y o g 'rilgan b o lsa, uni tinglashni hamma narsadan ustun qo'yadi. Olaylik, ham m abola shirinlikka o‘ch boladi. Ba’zi bolalar shirinlik desa o ‘zini tomdan tashlashga ham tayyor turadi. Lekin ba’zi bolalar buvilar, bobolar, onalar, otalar tilidan tinglaydigan alia, ertak, topishm oq, tez aytishni o‘sha lazzatli shirinlikdan ham afzal ko‘rishadi. Kerak b o isa 0‘zlariga kulgi, jasorat, orom bag'ishlaydigan xalq og‘zaki ijodini kechasi-yu kunduzi tinglashga tayyor turadiganlari ham yo‘q emasligini Anvar Obidjon ishonarli qilib tasvirlaydi: Qand uzatsa ham Oyim, Tinmay yig ‘lar Guloyim. Aytgach qizJq *,Afandi» Singlim darrov Yupondi. Kichkintoylami kelajakda sogMom, dovyurakboMib kamol topishlarida oila, atrof-m uhitning ta’siri kuchli bo'ladi. Bu g‘oya Anvar O bidjonning «Dorboz bola» she’rida ko‘zga tashlanib turibdi. Shoir ta’kidlab o ‘tganidek, www.ziyouz.com kutubxonasi kichkintoylar o ‘y -o ‘ylashni, xayol surishni, o ‘zlarming tengsiz o ‘y-xayollari bilan o'sishni orzu qilishadi. Dorbozlik san’ati ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘iib keladi. Bu o‘ta darajada nafis, chaqqonlik, ehtiyotkorlik, dovyuraklik ishi. Bu ishni uddalash, dorga chiqish o‘y, xayol bilan bitmaydi. Qayta-qayta mashq, chidam, dovyuraklik, ehtiyotkorlik bilangina bu maqsadga erishiladi. Bolalar dorga chiqish, sim ustida tomosha ko‘rsatish haqida qancha o'yiamasinlar, xayol surmasinlar xolva degan bilan og‘iz chuchimaganidek dor ustida ham yura olmaydilar: Langarcho ‘pni tnahkam ushla, O yn a , lochin/ Botirlaming ko'nglin xushla, O yn a , lochin! Qo *rqoq esa xavas qilmay, Turaversin. Ehtiyot bo % deb maslahat Beraversin. Rivoyat qilishlaricha, bir podsho bulbul ovozini tinglashni juda hush ko‘rar ekan. Bir s o iim go‘shadan bitta bulbulni ushlatib kelib oltin qafasga solib qo‘yibdi. Bulbulni parvarish qilishni, unga yaxshi qarashni xizmatchilar, vazir-u vuzoralarga topshiribdi. Oltin qafas ichida bulbui kechasi-yu kunduzi xonish qilibdi. Bulbul o*z qo‘shig“ida do‘st-yorini, ozodlikni, ko‘m -ko‘k go‘shasini, erkinlikni sog‘inganligini q o ‘shib aytibdi. Bulbul tilini, qo‘shig‘ining m a’no va mazmunini tushunmaydigan podsho uning dardli xonishidan behad yayrab dam olar ekan. Lekin bulbulda o‘z eliga, vataniga muhabbat kuchli ekan. Kundan-kunga u oltin qafas ichida siqilgandan siqilibdi, ozib-to‘zib ketibdi. Kunlardan bir kun bir iloj qilib qafas teshikchasidan bc«hini chiqaribdi, qarasaki tanasi ham sig‘ibdi, bir intilfeh bilan oltin qafasdan chiqib olibdi. Bor kuchini to‘plab, o‘z makoniga parvoz qilibdi. 0 ‘z go‘shasiga kelsa, quig‘oqchilik bo‘lib chor tomon vayrona bolib yotgan emish. Bundan u zarmcha afeuslanmabdi. Aksincha, xursand bolibdi. N ^ a k i ubugun ozod, erkin. Xohlagan tomonga ucha olishidan baxtiyor emish. E’tibor bering. Ozod bulbulga oltin qafas ham, podsholarcha qarov ham kerak emas. U nga vayrona bo‘lsa ham o ‘z uyi, vatani kerak. T o‘yib ovqat yemasa ham , yelka kerib yashamasa ham o ‘z kulbasi bilan baxtiyor. Anvar Obidjonning «Vatan* asarida vayronada yashaydigan Boyqush ham xuddi bulbul kabi o ‘z hayotidan mamnun, vayronasi bilan shod. Negaki vayrona bo‘Isa ham o ‘z uyi bon — Senga bitta savol bor, Menga quloq sol, hoy, qush. www.ziyouz.com kutubxonasi Vayronada yashaysan, Noming esa naq Boyqush. Ayt-chi, nahot sen boysan? — Asl boylik neligin Tushunmaysan, chamasi, Bu — vayrona bo ‘Isa ham, 0 ‘zimniki hammasi, Shuning uchun men boyman. Dunyoda eng yom on odat bu ochko‘zlikdir. Nafsni tiyish, ochko ‘7 bo‘lmaslik boylik hisoblanadi. Kimki nafsni tiyib, yon-atrofga quloq solil yashasa faqat yutadi, el-yurt o‘rtasida obro‘-e ’tibori oshib boraveradi. Bir misol. 0 ‘tmishda bir kampiming bir chiroyli tovug‘i bor ekan. Bu tovuq har ikki kunda bir m arta tuxum qilar ekan. Kam pir ikki kunda bitta tuxum olishga qanoat qilmabdi. Bir kuni u o ‘ziga-o‘zi: — Tovug‘im 0‘lguming ichi to‘la tuxum, qom ida tuxum xazinasi bo‘lsa ham, ikki kunda bitta tuxum berib meni aldab yuribdi. Undan ko‘ra qomidagi hamma tuxumni chiqarib ola qolay, deb o‘y!abdi. Darhol tovuqni so'yibdi. Lekin uning qom idan bir dona ham tuxum chiqm abdi, boz ustiga nodon kampir tovug‘idan ham ajralib qolibdi... M ana sizga o c h k o ‘z!ikning oqibati! A gar k am p ir sa b r-to q a tli bo‘lganida, ochko‘z bo‘lmaganida, ertani o‘ylab ish ko‘rganida o‘z nasibasini o‘zi qiymagan, tovuqni o ‘ldirmagan bo‘lar edi. Anvar Obidjon o'zining bir qator asariarida bolalarni xuddi kampir singari ochko‘z bolm aslikka chinakamigada’vatqilganligini ko‘ramiz. Ayniqsa, «Ochofatningpo‘pisasi»da bu mavzu yanada jaranglab turadi: Meni yana ursang Mamat, Yuragimda o ‘ch yig'aman. Sezd im a y saryog ‘ingni yeb, Urishgani kuch yig ‘aman. ...Toyda toyib qopketmagin Oshingdan bir cho'qib o'tsam, Zo'rg'a topgan nisholdangga Beshpanjamni tiqib o 4tsam... Anvar Obidjon o‘zbek bolalar adabiyotida o ‘ziga xos maktab yaratgan shoirlardan bin hisoblanadi. Bu ko‘proq uning turli buyumlar, jonzotlar, o‘simliklar haqida yaratgan asariarida ko'zga tashianadi. G (azai janrida yaratgan «Bulbulning salomnomalari» o ‘zbek bolalar adabiyotida katta voqea b o ‘ldi. Bu asarda turli xil narsalaming o ‘ziga xos qirralari ochib beriladi. M asalan, qo‘rqoq Quyon, do‘stsiz Chayon, arg‘am chidek buralib yuradigan lio n , www.ziyouz.com kutubxonasi tunu kun yer qaziydigan Yumron, tovusdek chiroyli Qizilishtonlaming tuzilishlari, hayot tarzlarini ochib berish bilan kichkintoylarda tabiat olamiga nisbatan bo'lgan qiziqishlarini o ‘n chandon oshirishga erishgan. Anvar O bidjonning she’rlarida bolalarni mehnatkash, o'qim ishli, odobli, vatanparvar bo‘lishga mudom chorlovchi kuch bor. Bir rivoyatda tutun cho‘g‘lovga zorlanib: — O najon, m en sizning qizingiz boMsam ham nega doim o qop- qoraman, siz, esa, porlab yonib turasiz, buning sababi nima? — deganida cho‘g‘ shunday javob beradi: — Qizim, b u ish yangi bir ish emas. Dunyoda inson o ‘z porloqligi bilan porlaydi. Bolaning porloq bo‘lishi uchun bir porloq ota-onaning farzandi boMgani kifoya qilmaydi, ya’ni olijanob, fazilatli ota-onaning shunday go‘zal fazilati bilangina inson ulardek bo‘lmaydi. Farzandning o‘zi fazilatni kasb etib olishi kerak. Shundagina u farzand porlaydi, cho‘g‘dek yonib turadi. H a , Anvar Obidjonning she’rlari yosh kitobxonni ana shu cho‘g‘dek porlab turishiga barakali hissa q o (shmoqda. Anvar Obidjonning o‘nlab qissa va dostonlari, ertak va dramalari bolalar qo‘lidan tushm ay kelayotir. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling