N I z o m I y n o m I d a g I t o s h k e n t d a V l a t p e d a g o g I k a u n I v e r s I t e t I m a m a s o L i j u m a b o y e V
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLALAR ADABIYOTI YA FOLKLOR
0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASJ O LIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM V A ZIR LIG I N I Z O M I Y N O M I D A G I T O S H K E N T D A V L A T P E D A G O G I K A U N I V E R S I T E T I M A M A S O L I J U M A B O Y E V BOLALAR ADABIYOTI YA FOLKLOR Oliy va o ‘rta m axsus ta ’lim vazirligi to m o n id a n oliy o ‘quv yurtlari boshlang‘ich t a ’lim , tarbiyaviy ish va sp o rt fakultetlarining talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan 0 ‘ zbekiston Yozuvchilar uyushmasi A dabiyot ja m g ‘arm asi nashriyoti Toshkent — 2006 www.ziyouz.com kutubxonasi M am aso li J u m a b o y e v . B o la la r adabiyoti va fo lk lo r. D arslik. 0 ‘ z b c k isto n Y ozuvchilar uyushm asi A dabiyot jam g‘armasi nashriyoti, 2006. 216 b. H ar to m o n la m a b arkam ol yangi avlodni voyaga yetkazish davlatim izning bugungi kundagi eng m u h im vazifalaridan biridir. Bu borada badiiy adabiyot, ayniqsa, bolalar adabiyoti k a tta rol o'ynaydi. M . Jum aboyevning m azkur darsligi «Kirish*, «Xalq og‘zaki ijodi v a b o lalar kitobxonligi», « 0 ‘zbek bolalar adabiyoti», «C het el bolalar adabiyoti» d e b nom lanuvchi bo'lim lardan iborat. Darslikda o ‘zb ek va ja h o n bolalar adabiyotining ko‘zga ko'ringan yozuvchilari saralab olingan. Q ala m k a sh lar va ulam ing ijodlari haqidagi m ateriallar ham ju d a ixcham va tu sh u n arli berilgan. D arslik bosh lan g ‘ic h ta ’lim va tarbiyaviy ishlar fakultetlarining talabalariga m o ‘ljallab yozilgan. L ekin u ndan o ‘zbek tili va adabiyoti, maktabgacha t a ’lim , defektologiya fak u ltetla rin in g talabalari ham foydalanishlari mumkin. M a s’ul m uharrir: Taqrizchilar: S afo Ochil, pedagogika fanlari doktori, professor, bolalar shoiri. T urdunboy Adashboyev, B olalar shoiri; B ahodir Sarimsoqov, filologiya fanlari doktori, professor; H am idulla Boltaboyev, filologiya fanlari doktori, professor. Nizomiy nomTT T P P U _ kuiui á tv asi Ч - / © 0 ‘ zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jam g (arm a si nashriyoti, 2006. www.ziyouz.com kutubxonasi BOLALAR ADA BIYOTIN ING M A Q SA D VA VAZIFALARI Bolalaradabiyoti so‘z sa n ’ati va taibiya vosiíasidir. Kichkintoylar u c h u n yoziladigan h ar qanday badiiy asar u lam ing yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o ‘y-fikrlar uyg‘otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g‘oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan boMishi zaru r. Eng m uhim i m avzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak. Bolalar adabiyoti yoshlami im o n -e ’tiqodli kishilar sifatida va v atan g a muhabbat ruhida taibiyalashda mustaqil mamlakatim izning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta ’sir k o ‘rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday k ito b la r pedagogik nuqtai nazardan ham alo h id a aham iyat kasb etadí. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. A d ab iy asaming tili uning g‘oyaviy mazmunini an iq va ¡fodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, an iq , ravon, obrazli, boy til b ilan yozilgan asar y o zu v ch in in g maqsad va fikrlarini kitobxoniarga tez va oson yetkazadi. Alisher N avoiy «Mahbubul qulub»da tilni «ko‘ngil xazinasining qulfi», deb ta'riflaydi. Buyuk shoir kishilam i qisqa va m azm unli, c h u q u r m a n tiq bilan so‘zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga h am taalluqlidir. Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va m azm undor q ilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. R a v o n til bilan yozilgan badiiy asarlarkitobxonning nutqiga ham katta ta ’sir k o ‘rsatadi, so‘z boyligini oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni h ay o tg a to‘g‘ri m unosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga m uhab bat, zam onam izga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ulam i yurtim izning m u n o sib farzandlari bolishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, xarakterini tarbiyalaydi. flm -fanga muhabba'ini oshiradi. Kitob xalqimizning o ‘tm ishi, ilg‘or m adaniyatim iz, fan va texnikamiz yu tu qlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg‘ularini o ‘stiradi. Bugungi kunda qudratli qurol b o 'lg an adabiyotdan keng fo y d alan m ay turib, yangi jam iyat quruvchisini h a r tom onlam a yetuk inson qilib tarbiyalash m um kin em as. B o la la r k ito b x o n lig in i o 'q u v c h il a m i n g p e d a g o g ik - p s ix o lo g ik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: 1. M aktabgacha ta ’lim yoshidagi b o lalar kitobxonligi (2 y o s h d a n 7 yoshgacha). 2. M aktab yoshidagi kichik b o lalar kitobxonligi (7 y oshdan 11-12 yoshgacha). 3. 0 ‘rta va katta yoshdagi b o lalar kitobxonligi (13-14 y oshdan 15-17 yoshgacha). www.ziyouz.com kutubxonasi MAKTABGACHA TA’L IM Y O SH ID A G I BOLALAR K IT O B X O N L IG I Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyacliilar tomonidan am alga oshiriladi. Hali o'qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlay bexabar bo‘ladilar. Shunga qaramay, kichkintoylar o ‘zlarini qurehagan olamni tezroq bilib olishga, uni o ‘rganishga intiladiiar. Bunda ota-onalar, bog'chalaida esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya’ni ulaiga badiiy asarlardan parchalar o ‘qib berishlari lozirn. B u davr bolalariga o'qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‘lishi talab ctiladi. Shuningdek, bunday kitoblaming rasmlari rang- barang, harflari esa yirik-yirik bo'lishi maqsadga muvofiq. M aktabgacha t a ’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlam ing katta k o ‘pchiligini alla-qo‘shiq, e rta k topishm oq, m aqol, tez aytish kabi xalq o g 'z ak i ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi talablarga to ‘la -to ‘kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha t a ’lim yoshidagi bolalar u ch u n q o ‘l keladi. Am m o shu narsani ham ta ’kidlab o ‘tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi m uhim , xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos tilda, ulam ing yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim. Bolalar shoiri A nvar O bidjon o'zining «Suhbat» degan she' rida bolalar yaxshi k o ‘radigan g ‘o z la r to 'g 'r is id a so‘z yuritadi. M a 'lu m k i, bolalar jo n iv o rla r, xususan, qushlarga ilk yoshlaridan boshlab qiziqadilar. Shu jih a td a n qaraydigan bo‘lsak, «Suhbat» bola hayotida m uh im rol o ‘ynaydi. V oqea juda oddiy va sodda. 6 ‘zaro suhbatdan m a' lum bo ‘ladiki, g ‘ozlaming q o rn i och, ulam i boqish kerak. Buni shoir o ‘yin vositasida ifoda etadi: — G 'ozlar, bir s o ‘z d ey siw i? — G ‘a, g ‘a - g ‘a! — Totli suli yeysizmi? — Ha, h a -h a — Nega p a tn i silaysiz? — G'oq, g ‘oq-g ‘oq. — M endan nima tilaysiz? — Boq, boq, boq! Bu xildagi s h e ’rlar k ich k in to y la m i m ustaqil fikrlashga, turm ush taassurotlarini to ‘plab, ulard an xulosa chiqarishga o ‘rgatadi. B olalam ing, ayniqsa, jajji qizchalam ing sevimli m ashg‘ulotlaridan b in q o ‘g‘irchoq o ‘ynashdir. Y o‘ldosh Sulaymonning «Qo‘g‘irchoq» sh e' rida q o ‘girchoqlam i asrab-avaylash, oddiy b i r o ‘yinchoq vositasida kattalam ing m e h n a tin i e'zo zlash m asalasi o ‘rtaga tashlanadi: www.ziyouz.com kutubxonasi Quyosh bilan teng turib, Ozoda kiyintirib, Senga taqam iz marjon, Q o ‘g ‘irchoq, q o ‘g ‘irchoqjon. Qo 4ldan qo ‘ym aym iz ¡¡ira, Yuqtirmaymiz gard, shira. Ovunchoqsan bizlarga, Q o‘g ‘irchoqsan bizlarga. H ar qanday yozuvchi m aktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarga o ‘qib beriladigan asar tilining badiiy jih a td a n p uxta-p ishiqligig a, tushunarli, aniq va ravonligiga alohida e ’tib o r beradi. Bu yoshdagi b olalarga tavsiya eîiladigan asarlar havot haqida m uayyan tasaw u r berishi b ilan birga zavq- shavq bag‘ishlaydi. Masalan, S hukur Sa’dullaning «Lola va m ushuk» she’rini olíb ko'raylik. Bu asar juda oddiy. Misralari ham so d d a. A m m o u bir o'qishdayoq kichkintoy mchrini o ‘ziga tortadi, uni barvaqt turishga, yuvinib- taranishga, ozoda, pokizabo‘lishga o ‘rgatadi. Uy hayvonlariga, jonivorlariga m ehribon, g‘am xo‘rlik!arini oshiradi: Men Lolaman, Lolaman, Ozoda qiz bo laman. Erta bilan turaman, Yuz-qo‘lim ni yuvaman. Mushugim bor qora mosh, 0 ‘zi ju d a ya m yuvosh, Mendan oldin turadi, Yuz-qo ‘Uni yuvadi. X ulosa qilib aytganda, b u davr bolalari o ‘zlari tin g la g an asarlari yordam ida asta-sekin atrof-m uhit bilan tanishadilar, o n a-y u rtg a m ehr- oqibatli b o ‘lishni, tabiatni asrashni, m ehnatni sevishni o ‘rganadilar. MAKTAB Y O SHIDAGI K IC H IK B O IA IA R K IT O B X O N L IG I Bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan b ir o z farq qiladi. Bu farq bolalam ing yoshi va bilim saviyasi bilan bog‘liq. M aktabg ach a t a ’lim yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilari, ota-onalari y o rd a m id a badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang‘ich sin f o ‘quvchilari bu ishni m ustaqil bajaradilar. M ustaqillik ularga ishonch va zavq-shavq bag‘ishlaydi. Bu yoshdagi bolalami tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ulaming bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob berilgan. www.ziyouz.com kutubxonasi 11-12 yoshdagi bolalar sehrli, fantastik ertak, sarguzasht, xikoya, qissa va d o stonlarni sevib o ‘qiydilar. O lloyom ing «Fazogir chum oli» (ertak- qissa), A nv ar O bidjonning «D ahshatli M eshpolvon» (ertak-qissa), Quddus M u h a m m a d i y n i n g « E r k in jo n o y g a c h iq ib d i* ( d o s t o n ) , Y u s u f S hom ansu rning «Oydan kelgan bolalar» (doston) kabi asarlar shu yoshdagi bolalarga m o ‘ljallab yozilgan. Bu yoshdagi bolalar o ‘zlari mustaqil ravishda kitob o‘qib qolmay, balki o‘qigan kitoblaridagi qahramonlaming xatti-harakatlarini baholashga o ‘rganadilar, zarur bo‘lsa ular ko‘isatgan mardlik vajasoratlami takrorlashga hozirlanadilar. 0 ‘RTA VA KATTA Y O S H D A G I BOLALAR K IT O B X O N LIG I Bu yoshdagi bolalarga xalqim izning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan tu rli janrdagi asarlam i tavsiya etish mumkin. «Shiroq», «To‘maris* kabi afso n alar bilan birga, Oybek, G ‘afur G ‘ulom, Zafar D iyor, Quddus M uham m ad iy, H akim N azir, Sh. S a 'd u lla , A. Obidjon, T. Adashboyev va b o shqalam ing zam onaviy m avzudagi eng yaxshi asarlari m uhim tarbiyaviy aham iyat kasb etadi. J a h o n bo lalar adabiyotining A. S. Pushkin, L. Tolstoy, S. Servantes, D. D efo, J. Svift, E. V oynich, K. Chukovskiy, S. Ya. M arshak kabi n am o y an d alari yaratgan asarlar b o lalar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy t a ’sir k o ‘rsatadi. K o‘rib o ‘tganim izdek, bolalar adabiyoti o'ziga xos xususiyatlari bilan k a tta la r a d a b iy o tid a n farq q ila d i. Z o ta n , b o lalar y o zuv ch isi d u ny o voqealarini bolalar tasaw uri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. Shu orqali kichkintoylarni olg‘a intilishga chaqiradi, hayotni chuq ur anglashga va sevishga yordam beradi. XALQ O G ‘ZAKI IJ O D I VA BOLALAR K ITO BX O N LIG I F o lk lo r h am m a zam onlarda h am ijod sarchashmasi hisoblanib keladi. S h u n in g u c h u n h a m in so n iy a t a lia , q o ‘shiq lar, afso n alar, e rta k va d o s to n la rd a o ‘zining yuksak o rz u -u m id la ri, zavq-shavqi-yu kurashlarini ifodalagan. X alq og‘zaki ijodi o ‘zining m azm unan rang-barangligi, yuksak g ‘o y a la r b ila n y o ‘g ‘rilganIigi, x a lq tu rm u sh i, m e h n a ti, xullas, xalq h a y o tin in g b a rc h a to m o n la ri b ilan uzviy bog‘liqligi bilan h am g 'o y atd a e ’tib o rlid ir. B o lalar folklori ko‘p in ch a kattalar tom onidan ijod qilinadi (alia), b a ’zi h o llard a bolalar o ‘z o ‘yinchoqlari asosida o ‘zlari ham alia, qo‘shiq va o v u tm a c h o q la r to ‘qiydilar. B u lam in g ham m asi bir b o ‘lib faqat yaxshi tarbiyani ta rg ‘ib qiladi. Bolalar xalq og‘zaki ijodining pedagogika bilan bo g ‘lanishi allad a n boshlanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi ALLA Xalq og‘zaki ijodining eng rivojlangan jan rla rid an biri alladir. A lla bolalarbeshikdaligida, haii tiJi chiqm asidanoq aytiladi. Boshqacha ayîganda, beshik qo‘shig‘i bolaga o na suti bilan kiradi. AHalar poetik jihatdan ham, onalarning ich ki tuyg‘ulari bayoni sifatida ham xalq ijodining b o ‘lak turlaridan ajralib tu rad i. U lam i bolaning o nasi yoki tarbiyachisi aytadi (ona, enaga, keksa o n a la r, b a’zan o ta la rto m o n id a n ham aytiladi). A llalar bolani ovutish, uxlatish u chu n m ayin ohan gd a ijro qilinadi. O naning yurakdan aytgan quyidagi allasid a bola obrazi qisqa, a m m o chuqur m azm unli so ‘zlar yordamida ifodalanadi: Alla bolam, alla. Jonim bolam, alla, Ik k i ko'zim alla, Shirin so'zim alla. Alla bolam, baxti bor. H ar narsaning vaqti bor, Jonim bolam, alla, Shirin bolam, alla, Ik k i ko'zim alla. Aliada yaxshi taibiya ko'rgan bola ja m o a t o ‘rtasida, to ‘y-to m oshalarda o ta-o n a n in g o b ro ‘yi, uning shuhrati sifa tid a t a ’riflanadi. S h u n in g d e k , bolaning to ‘g‘ri tarbiyalanishida o ta-o n a n in g ro li katta ekanligi ko‘rsatiladi. Bola yoqimli q o ‘shiqlar ohangini osongina o ‘rganib oladi. Alla bolaga z a v q bag‘ishlaydi, m a ’naviy-tarbiyaviy ozuqa b eradi. Yot, bolam, uxla, q o ‘zim , Uylarda о ‘chdi chiroq. Uxlar asalarilar, Uxlar baliqlar tinchroq. K o‘kda oy yarqiraydi, Derazadan qaraydi. K o‘zlaring yumgin q o ‘zim , Yot, quvonchim, qunduzim , Alla, alla. www.ziyouz.com kutubxonasi S u v sepgandek, uylar tinch Q orong'i hujralar tinch. H ech darvoza tiq etmas, Sichqon uxlar, miq etmas. K im d ir oh tortsa, unda N e ishim iz bor unda? Ko W aring yumgin, qo'zim, Ovunchog ‘im,qunduzim! A lla, alia. Q ushcham g ‘amsiz yashaydi, Uning har dam vaqti chog*. Shirinliklar mo ‘lu ko 7, K o ‘p d ir qiziq o ‘yinchoq. Bari sangadir> qo ‘zim! Yig'lam a hech yulduzim! B axtiyor o ‘tsin umring! Yot, quvonchim, qunduzim! AUa, alia. Alla, alia, allayo. Uxla, qo'zim, allayo. Yum ko ‘zingni yulduzim, Yum -yum k o ‘zingni, qunduzim! M AQOLLAR Xalq og‘zaki ijodida m aqollam ing o ‘ziga xos o ‘m i bor. U xalqning, bir necha avlodlaming aqlu-farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Bola ta’lim-taibiyasida maqollaming o ‘mi katga. M aqollar ona-vatanni sevishga, uning har bir qarich yen uchun kurashga («Yurt qo‘risang o ‘zarsan, q o ‘rimasang to'zarsan»); kasb-hunar egasi bo‘lishga («Yigit kishiga yetmish h u n a r ham oz»); ahil b olib m ehnat qilishga («Ko'pchilik q o ‘Ida unum ko‘p»); to ‘g ‘ri so‘z va halol kishilar b o lib kamol topishga («Egri ozadi, to‘g‘ri o ‘zadi*>); yaxshi odob va olijanob xuiqli bo‘lishga («Odob bozorda sotilmas», «Yalqovlikning oxiri xo‘rlik») chaqiradi. Masalan: Ona yurting omon bo‘lsa, Rangu ro yin g somon bo4Imas. M ehnatsiz rohat yo ‘q. Egri ozadi, to ‘g ‘ri o ‘zadi. Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir. Ko ‘zing o g ‘risa, q o ‘lingni tiy, Iching og'risa, nafsingni tiy. www.ziyouz.com kutubxonasi Odamning yuziga boqma, so 'ziga boq. Birliksiz kuch bo ‘Imas. Yuzim oq bo b in desang, ishingni to ‘g ‘ri qil. T O P IS H M O Q L A R Topishm oqlar xalq og'zaki ijodining bo lalam i o ‘yiashga, topqirlikka o ‘rgatuvchi qadimiy janrlaridan biridir. H ar bir to p ish m o q zam irida «kirn?», «nima?» so‘roqlariga yashirin jav ob yotadi. Наг b ir to p ish m o q uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o ‘ziga xos rasm -rusm lari bilan bog‘liq holda b o ‘lib, bolalar o ‘rtasida keng tarqalgan. M asalan: Tunda k o 'rib, cho ‘g ‘ deysan, Tongda turib, yo ‘q deysan. (Y ulduz) Keragida suvga otasan, Qimiriashin poylab yotasan. (Q arm oq) Q o‘shaloq tovoq, fchi to "la yo g ‘. (Y o n g b q ) T E Z AYTISHLAR Tez aytishlar og‘zaki n u tq mashqi bo ‘lib, kichik yoshdagi bolalarda m a ’lum tovushlam i to ‘g‘ri va ohan g d o r talaffuz q ilish k o'nikm alarini orttiradi. Bu janrga m ansub asarlar bolalam i biy ro n s o ‘zlashga o'rgatish bilan birga, ularga estetik zavq beradi, fikrlash qobiliyatlarini o ‘stiradi, xotiralarini mustahkamlaydi. Masalan: Olti ju ft oq chinni choynakka to ‘rt ju ft k o ‘k qopqoq, to ‘rt ju ft k o ‘k chinni choynakka olti ju fto q qopqoq yopsa b o ‘ladim i? Qurilishga terak kerak, Demak, ekmoq kerak terak. Tolib turupni tarozida tortib topshirdi. Oq choynakka oq qopqoq, k o 4к choynakka к о 4к qopqoq. Oltin o ‘tloq — oq о ‘tloq. www.ziyouz.com kutubxonasi ERTAKLAR Xalq og‘zaki p oetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan b in ertakdir. Xalq to m o n id a n yaralilgan k o‘plab ertaklarda bolalam ing o ‘ziga xos hayoti ch e tla b o'tilm agan. H atto, turli yoshdagi bolalar uchun juda ko‘p maxsus e rta k la r yaratilgan. Hrtakning m u h im xususiyatlaridan biri uning ham isha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruh iy olam i, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan cham barchas bog‘lanishi, insonlarga axloqiy va m a ’naviy yoMdosh bo‘lib kelishidadir. E rtaklar in so n n in g m a ’naviy va jism o n iy kuchi^a ishonch ruhi bilan sug‘orilgan b o ‘lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o ‘ziga dushm an bo‘lgan kuchlarga qarshi kurashda doim o g'olib chiqadi. Xalq ertaklarida uni varatuvchilam ing dunyoqarashi, axloq norm alari va boshqa ijtimoiy m uhim masaialar o d ilo n a hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli b o ‘lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. U lar orqali ham insonning ijtimoiy axloq norm alari shakllanadi. Bu ho! ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertakda aks etgan. 0 ‘tm ishda yaratilgan ertak lard a xalqchilik kurashi 0 ‘zining haqqoniy badiiy ifodasini topgandir. X alqning kelajakka bo‘lgan kom il ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan g'alabasi, yorug‘likning zulm atni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish g‘oyalari yorq in obrazlar orqali tasvirlangan. Xalq ertak larid a el-yurtni ko‘z qorachig‘iday avaylab saqlovchi ajoyib qahram onlar u lug‘lanadi; ayollam ing haq-huquqlari himoya qilinadi; uzoq masofalar yaqin qilinadi; kishilar xarakteridagi yaram as odatlar, n o m a’qul i lla tla r t a n q i d o s tig a o lin a d i; m a r d lik , e p c h illik , d o v y u ra k lik , m ehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, saxiyük g‘oyalari ulugManadi. Xalq ertaklari o ‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bolinadi: hayotiy ertaklar, hayv onlar haqidagi ertaklar. sehrli afsonaviy ertaklar, ijtimoiy- maishiy ertaklar. M ak tab g a ch a t a ’lim voshidagi bolalarga o ‘q»b, hikoya qilib beriladigan ertak lar Bu y o s h d a g i b o la la rg a ta v s iy a e tila d ig a n e rta k la rn in g hajm i qisqa,mazmuni sodda bo‘ladi. Awal eslatib o ‘tganimizdek bu yoshdagi bolalar hali olam n im a ekanligini bilmaydilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot olam i, do‘stlik, m ehnat ahli, jam oa, o d o b -ax lo q to ‘g‘risida bo‘lishi foydadan xoli bo ‘lmaydi. Bu davr bolalariga «Chivinboy», «Qizganchiq it», «Tuyaqush bilan qoplon», « M aq tan c h o q quyon», «R ostgo‘y bola», «Arilaming g‘azabi», «Tulki bilan tu rn a» , «Sholg‘om », «Qum ursqa», «K aptar sovg‘asi» kabi ertaklam i o ‘qib berish foydadan xoli b o ‘lmaydi. Bog‘ch a tarbiyachilari va o ta -o n a la r oldida turadigan ishlardan eng www.ziyouz.com kutubxonasi m uhimi kichkintoylam i mehnatga m u habbat ruhida tarbiyalashdir. S huning u ch u n ham boiani yoshligidan b o sh lab b ir ishga o ‘rgatish, k ic h k in a vaqtidanoq unga bir yumush berib, ish qilishga odatlantirish Iozim . Tili chiqib, u yerga, bu yerga yura boshlagan vaqtida ham bolaga b iro r ish berish lozim. Unga beriladigan bu ish aham iyatsiz, hatto «ish» nom i berishga loyiq boMmasa ham , undan keladigan foyda zo ‘rdiT. C hunki u n d ay ishlar boiani ishni sevishga o ‘rgatadi. A m m o bu borada shu narsani h a m t a ’kidlab o ‘tish k e ra k k i, bu m alakalar birdan hosil b o lm aydi, balki asta-sekin yuzaga keladi. Lekin zam inni ju d a erta, bog‘chadan boshlab qo 'y ish kerak. Bolada m e h n a t qilish malakasi vujudga kelsa, u ota-onasi, kattaiam ing ko’rsatib tu rishini kutib o ‘tirm ay, o ‘zi eplab ketaveradi. Bu yerda yana bir muhim narsani l a ’kidlab o ‘tish kerak. Ishga o ‘rganish va o ‘igatishda diqqat qilinadigan yana bir narsa har ishni o ‘z vaqtida bajarishdir. Ishga odatlanish qancha m uhim b o ‘lsa, ishni o ‘z vaqtida bajarish u n d an ham m uhim roqdir. H ar ishni o ‘z vaqtida bajarm ay, keyinga q oldirish k o ‘p ishlam ing yig'ilib qolishiga, ko‘pin in g yuzaki, sifatsiz ishlanishiga yoki butunlay qolib ketishiga sabab boMadi. S h u n in g uchun h a r ishni o 4z vaqtida g‘ayrat va m atonat bilan bajarish lozim . C hunki dunyodagi b a rc h a tirik narsalar harakat qiladi, intiladi va shu tufayli hayot uchun za ru r b o 'lg a n narsalarga erishadi. Hatto, eng zaif hisoblangan arilar, chum olilar va q ushlar ham intilishda boMib, vozdan tashqari, qish g‘am ini ham yeydilar. G a p n in g lo ‘ndasi har b ir tirik jo n yashash u ch u n h a ra k a td a va intilishdadir. 0 ‘rgimchakka nazar soling, u tirikchilik dardida do im o to 'q ish bilan o vo ra, agar to'rining b iro r yeri b u zilsa, darhol t a ’m ir e tis h va tuzatishga kirishadi. Barcha insonning birinchi vazifasi — kishining yurish turishi va yashashi uchun zarur b o ‘lgan halol rizq topib, yeyish-ichishga yetarli n arsa hosil qilish. Bunga esa tirishqoqlik, intilish orq ali erishiladi. Bu b orada xuddi inson kabi tin ib -tin c h im as m ehnatkash q u m u rsq alar va ular haqida xalq to ‘qigan «Q um ursqa» ertagini shu yoshdagi b olalarg a o ‘qib, hikoya qilib, aytib berish yaxshi sam ara beradi. K ic h k in a b o la la r u y o q d a tu r s in , h a tto , k a tta la r h a m u n c h a m ensim aydigan qum ursqaning ishchanligini, kechasi-yu-kunduzi tin m a y m ehnat qilishini uni kuzatgan odam sezadi, xolos. H ayotda shunday: kim ko‘p ishlasa, tin im bilmay m ehnat qilsa so g ‘ligi yaxshi b o ‘ladi, boy-badavlat yashaydi, h ec h kimga hech q ach o n x o r-z o r bo‘lmay um r kechiradi. Qum ursqa m aq ta n c h o q em as, u oddiy va sodda. Shu oddiyligi, soddaligi, m ehnatkashligi bilan ajralib turadi. Savol-javoblarda muz, bulut, quyosh, yom g‘ir, yer, o ‘t, m o l, b o ‘ri, merganu sichqon kabilardan ham q u m u rsq a ustun chiqadi. Q u m u rsq a n in g o‘ziga berilgan ta ’riflarda ham bu m a 'n o k o ‘zga yaqqol tashlanib tu ra d i: www.ziyouz.com kutubxonasi — Qoming nima uchun ka tta ? — Jigarim zo'r, — dedi qumursqa. — Beling nima uchun ingichka? — Mehnatim zo'r! Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling