N I z o m I y n o m I d a g I t o s h k e n t d a V l a t p e d a g o g I k a u n I v e r s I t e t I m a m a s o L i j u m a b o y e V
|
yia xiyonat qilur,
Bir kun o 4zin shoyia hijoiat qilur. «Toshbaqa bilan Chayon* masalining syujeti xalq og‘zaki ijodida juda mashhur. G ulxaniy bu masal mazmunini nasriy yo‘l bilan bergan bo'lsa, Hamza unga qayta sayqal berib, nazmda bayon etgan. Hamza masalda do‘stlikni ulug'laydi, firibgarlik, tilyog‘lamalikni esa qattiq qoralaydi. Toshbaqa orqali rahmdil, chin d o ‘st obrazini yaratadi. Chayon obrazida esa yaxshilikka yomonlik qaytaruvchi, tilyog‘lama, o ‘z so‘zida turmaydigan kishilar fosh etiladi. Shoir bolalam i tanlab, bilib do ‘st bo'lishga, yomon niyatli kishilar bilan ham roh b o ‘lmaslikka chaqiradi, kimda-kim yaxshilikka yomonlik qil, uning boshiga kulfat tushishi turgan gapligini uqtiradi. Masalda bunday xulosa chiqariladi: Hissa, kimi g ‘aym i ulfat etar, 0 4z~o‘zicha boshiga kulfat yetar. « 0 ‘qish kitobi»dagi asarlaming ko‘pchi!igida o ‘z zamonasi uchun g‘oyat ilg‘or fikrlar olg‘a suriladi. Ayniqsa, undagi maktab, kitob, qalam, ilm, o‘qituvchi, bola taibiyasida ota-onaning roli haqidagi she'rlar, «Toshbaqa bilan Chayon* kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga m anzur bo‘Igan va m a'rifiy-estetik tarbiya beradigan asarlar sirasidandir. Ana shu g‘oyaviy va badiiy yuksak, o‘quvchilarga m anzur bo‘lgan asarlar « 0 ‘qish kitobi*ni o‘zbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash uchun asos bo ‘ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Hamza 1925 yilda «Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi» darsligini yozdi. Bu kitob g'oyaviy mavzui jihatidan Alisher Navoiyning «Hayratul-abror» asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yo‘l bilan yozilgan. Undagi birinchi asar — «Ilm»da m a'rifatlilik , ilmli bo ‘lish shunday sharhlanadi: «Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda eng aw al zamr va lozim bo‘lgan narsa olam da ilmlik o‘lmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson dem ak ayni xatodir...» Kitobdagi barcha darslar ana shunday tafsilot biJan boshlanadi, so‘ng bir bayt she’r keltiriladi: Ilmsiz har kishi uchsa havoga Ko ‘ngil berma aningdek xudnamoga. Ham za ilm haqidagi h ikoyalaridan keyingilarini axloq, o d o b masalalariga bag‘ishlaydi. Xususan, muallif darslikda bola tarbiyasida ota- onaning beqiyos rolini yuqori baholaydi. Hamza bu asarida xalq og‘zaki ijodidan unum li foydalangan. Asaming badiiy shaklini belgilashda bolalar adabiyotining taJablari to‘Ja ko'zda tutilgan, fikr sodda, ixcham, ayni vaqtda, jonli til va obrazli iboralar bilan bayon qilingan. Asaming boshdan-oyoq beva-bechora, m ehnatkash omma manfaatini himoya qilish va m a’rifatga da’vat etish ruhi bilan sug‘orilganligi Harrizaning haqiqiy m a’rifatparvar shoir ekanini tasdiqlaydi. «Qiroat kitobi* Ham za ijodida yetakchi o ‘rinda turadi. 1915 yilda Hamzaning «Milliy ashulalar* to ‘plami bosilib chiqdi. Bu to ‘plamdagi she' rlaming ko‘pchiligida m a' rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish davom etadi. Hamza awalgi she' rlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilami m a'rifatparvar deb ko‘rsatgan bo‘lsa, endi u o ‘z xalqi uchun jonini ham ayamaydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslami m a'rifatparvar deb talqin qildi. Bu uning ijodiga ijtimoiy voqeilikta'siretganini, ijodkoming g‘oyaviy tomondan o'sganini ko‘rsatadi. Shoir «Milliy ashulalar», «Oq gui», «Qizil gui», «Yashil gui» va boshqa to'plam iandagi qo ‘shiq!ari bilan xalq om m asini madaniyatli bo lish g a undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi. Mashhur taibiyachi, atoqli shoir, dramatuig va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o‘qitish, ma’rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o ‘zining butun iqtidorini, umrini bag‘ishladi. www.ziyouz.com kutubxonasi ABDULLA AVLONIY (1878-1934) Hozirgi zam on bolalar adabiyotining rivojiga juda katta hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy bola ta’lim-tart)iyasiga alohida muhabbat bilan qarar edi. - T a rb iy a n i t u g ‘ilg a n k u n d a n b o s h la m a k , v u ju d im iz n i quwatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak lozim... - deydi u ,— Shuning uchun taibiya qiluvchi muallimlaming o'zlari ilmlariga olim bo'lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o ‘rgatmaklari lozimdir. Bu ravish ta ’lim ila borilgan dars va m a’lumot shogirdlarning diliga tez ta ’sir qilib, ular ilmli-odobli bo‘ladilar... Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydirgan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim b o ‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta’sir ko‘rsatadir... Abdulla Avloniy bola kamolotida zakovat va fikming ijobiy ta’sir kuchiga g‘oyat zo‘r baho beradi. Uningcha, zakovat — insonning eng yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi boMsalar uni har taraflama o ‘ylab ko‘radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib, kamolotga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: - Fikr tarbiyasi, ~ deb yozadi Avloniy, — eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, m uallim lam ing diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g‘ayratli bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchu n Avloniy bolaning fikrlash qobiliyatini o'stirishda muallimning roli katta ahamiyatga ega deydi. Uning ta’kidlashicha, bolaning fikrini biron narsaga yo‘llash va uning o‘sha narsa haqida o‘ylashiga erishish uchun uning diqqatini aniq narsalarga yo‘naltirish, uning oldiga aniq bir masala qo‘yish va unga javob topish uchun unda ehtiyoj paydo qilish kerak. Bunda bola fikrini muayyan tomonga yo‘naltiruvchi aniq vazifalar belgilab berishda muallim katta rol o ‘ynaydi: — Bu tarbiya, — deb yozadi Avloniy, — muallimlaming yordamiga so‘ng darajada muhtojdirki, fikming quw ati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog'liqdir. Dars bilan tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boglangan jo n ila tan kabidir. Masalan, joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o‘tirm ak mumkin bo‘lmadig‘i kabi, ichga har xil yangi ashyolar to‘ldirib ziynatlangan eski imorat ham o‘ltirishga yarog‘limas. Basharti, o‘ltirsa, insonlar «Eski uyda yangi zardevor», «Kir ko‘y!akka jun jiyak», «Mis qozonga loy tuvoq» deb kulgu qulurlar. Ba>t: Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosdan bolur o'tkir. www.ziyouz.com kutubxonasi Fikming oynasi о ‘lursa zang, Ruh ravshan, zamin bo lur benur. Ha, bu uiug‘ pedagog Abdulla A vloniyning dil so'zlari. B unday buyuklarning el-yurtga xizmati singan m o ‘tabar kishilarning n o m lari manguiikka dahldor bo'ladi. Asrlar osha bunday odamlaming xizm atlari ko‘z-ko ‘z qilanaveradi. Prezidentim iz q a c h o n t a ’lim -tarbiya h a q id a gapiradigan b o ‘lsa, albatta, Abdulla Avloniy haqida to ‘xtaladi. U n in g ibratomiz so‘zi va ishini misol qilib aytadi, — men Abdulla Avloniyning «Taibiya biz uchun yo hayot yo m am at, yo najot, yo halokat, yo saodat, falokat masalasidir» degan fikrini ko‘p m ushohada qilaman, - deb bu aziz ustozning bosib o ‘tgan hayot yo‘lini yoshlarga ibrat qilib ko'rsatadi. 0 ‘zbek madaniyatining ulkan vakillaridan bin, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878 yilda Toshkent shahrida to‘quvchi oilasida dunyoga keldi. Abdulla Avloniy boshlang'ich diniy m aktabda va madrasada o ‘qidi, ilm-fanga ixlos qo'ydi. 0 ‘zbek va boshqa sharq xalqlari adabiyotini berilib o‘rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni m ashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk sh e’rlari o ‘sha davr vaqtli m atbuot sahifalarida bosilib turdi. Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o ‘zining birdan-bir burchi deb bildi va 1904 yilda o ‘zi yashab turgan joyda — Mirobodda maktab ochdi. Abdulla Avloniy maktab har tom onlam a bolani o ‘ziga iortishi uchun harakat qiladi. Uning qo‘lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, paita yasab, barcha o ‘quv jihozlarini o'zgartiradi. Bu yerda o‘qiydigan bolalaming asosiy k o ‘pchiligini kambag‘allam ing bolalari tashkil etganligi sababli m uallim boy-badavlat do ‘stlarin in g ko'magida «Jamiyati xayriya* tashkil etadi. Bu bilan bolalarga kiyim -bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam bepul berilishini ta'm inlaydi. Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o'quvchilam ing soni ko‘paya boradi. Abdulla Avloniy o‘zi tashkil qilgan m aktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga qaratib, ulaming tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand etishga harakat qildi. U bolalarga jo ‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan m a’lumotlar berdi. 1907 yilda «Shuhrat* deb nomlangan ro ‘znom a tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlam i targ‘ib etdi. Jumladan, ro‘znomaning birinchi sonida: «Matbuot h ar insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong‘u kunlam i yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm , ittifoq, hikmat g‘oyalarini* yoyuvchidir, deb yozgan edi. www.ziyouz.com kutubxonasi Abdulla Avloniy «Adabiyot yoxud milliy she' rlar» deb nomlangan to‘rt qismdan iborat b o ‘lgan darsligida yoshlami maorif, madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlami esa tanqid qiladi. 0 ‘sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim» — «Alifbo», «Ikkinchi muallim» — « 0 ‘qish» kitoblari katta roi o‘ynadi. Bu kitoblarda Avloniy o ‘tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm va m a ’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi. «Birinchi muallim»da Avloniy dastawal 32 harfni yolg'iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so'zning boshida, o‘rtasida va oxirida yozilishini ko‘rsatgan, so‘ng alifni barcha «bosh harflar»ga qo‘shib bo‘g‘inlar hosil qilgan. «Ikkinchi m uallim »da bolalaming axloq, odobiga doir, halollik va poklikka oid turli sh e'rla r, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang- barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalanilgan. Kitob «Maktab» sh e 'r i bilan boshlanadi. U nda kimki maktabga borsa, o ‘qisa, savodxon b o is a , ju d a ko'p narsalarga erishishi chiroyli ta ' riflanadi: M aktab duru gavhar sochar, M aktab sizga jannat ochar, M aktab jaholatdan qochar, G ‘ayrat qilib o ‘qing, o'g'lon! M aktab sizni inson qilur, M aktab hayo ehson qilur, Maktab g ‘ami vayron qilur, G'ayrat qilib o ‘qing, o ‘g ‘lon!.. Darslikda ko‘plab ibratom uz she’r, hikoya va ertaklar berilgan. Abdulla Avloniy 1904 yildan umrining oxiriga qadar o ‘qituvchi bo‘lib ishladi. U o'nlab she’rlar, «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklari bilan hozirgi zamon o ‘zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo‘ygan edi. U zoq yiilar qayta-qayta nashr etilgan «Turkiy guliston yoxud axloq» Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Nosir Xusravning « S ao d atn o m a» , S a ’d iy n in g «G uliston» va «B o‘sto n » , Jo m iynin g «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Donishning «Farzandlarga vasiyat» tipidagi o 4zigaxos taibiyaviy asardir. U nda Abdulla Avloniy o ‘zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asaming so‘z boshisida m uallif bu haqda shunday yozadi: «Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta ’lim berm ak ila barobar ulur adabiyot muhiblari — axloq havaskorlarining e ’tiborlariga taqdim qildim». Darslikdagi h ar bir b o ‘lim ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag‘ishlangan b o iib , ulam ing biri ikkinchisini to ‘Idiradi, takomiilashtiradi. H a r bir b o iim d a kichik hajm li, ibratli hikoyalar keltiriladi, she’riy www.ziyouz.com kutubxonasi parchalarda yoki hikmatli so'zlarda «qissadan hissa* chiqariladi.. Yozuvchi bu asarida xalq og'zaki ijodidan keng foydatangan. A bdulla Avloniyning «B ahor keldi», «Bulbul*, «Bola ila gul*, «Yolg'onchi cho‘pon*, «Tulki ila qarg'a» kabi juda ko‘p sh e 'rla ri kichik maktab yoshidagi bolalaiga bag‘ishlangan. «M aktab bolasi* she'ri bosh!ang‘ich sin f o'quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o‘qishga m uhabbat uyg‘onishi umumiy yo'sinda bayon etiladi: Yolga soldi til ila y o fldoshin, Maktabga moyil ayladi boshin. Soldi o ‘rtog‘ining so ‘zina quloq, Bosdi ul ham o ‘quv yo ‘lina oyoq. Ikkisi birga bo ‘Idilar mullo, Chiqdi xatu savod ham imlo. Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan, «Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga* g‘oyasini ilgari suradi. Abdulla Avloniy o‘zbek adabiyotida dram a janrining rivojlanishiga ham katla hissa qo‘shdi. Uning «Advokatlik osonmi?», «Pinak*, «Biz va siz* pesalari adabiyotimiz tarixida o ‘chmas iz qoldirdi. Abdulla Avloniy 1934 yilda vafot etgan. U m a’rifatchi,shoir, dram aturg, jum alist, rejissyor, taijimon, aktyor, jam oatchi, muallim sifatida xalqim iz qalbida mangu saqlanib qoladi. www.ziyouz.com kutubxonasi G ‘AFUR G'ULOM (1903-1966) Otashnafas kuychi G ‘afu r G ‘uIom hozirgi zam on o ‘zbek bolalar adabiyotining yuksalishida m uhim o ‘rin egallaydi. 1918 yilda G 'afur G ‘ulom 8 oylik muallimlar tayyolash kursiga kirib o ‘qidi va 1919 yildan boshlab o ‘qituvchiIik ishlari bilan shug‘Uana boshladi. Yoshlam i bilim va madaniyat quchog‘iga tortishda u astoydil xizmat qildi. U Toshkentdagi «Urfon» nom li m aktab qoshidagi boqimsiz bolalar uyida tarbiyachi va mudir bo‘lib ishladi. 1923 yildan adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan G ‘afur G ‘ulom o ‘z ijodini bolalarga atab she’r yozishdan boshladi. U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy meros qoldirdi. Shoiming «M ukofot» (1940), «She’rlar» (1946), «Tongotar qo‘shig‘i» (1949), «Bari se n ik i» (1953), «Bir g ‘u n c h a ochilguncha» (1955), «Siz m ening yoshligimsiz» (1958)she’riy to ‘plamlari; o‘ita va katta yoshdagi bolalar uchun «Shum bola», «Tirilgan m urda» (1934), «Yodgor» (1935) kabi ajoyib asarían bolalar adabiyotida m unosib o ‘rin tutadi. «Tursunali nega v arrakdan voz kechdi?» s h e 'rida G ‘afur G ‘ulom te x n ik a n in g k u ch -q u d ratin i kichik yoshdagi bolalar saviyasiga mos v o sita la r — varrak va a ero p lan orqali ko‘rsatadi. Shoir buni varrakning kuchsizligi bilan aero p lan n in g kuchliligini bir-biriga qaram a-qarshi q o ‘yish va jonlantirish usuli orqali mohirona k o ‘rsatishga muvaffaq b o ‘lgan. Shoir aeroplanda tinm ay baland va uzoqlarga uchgan qahram on o b raz in i chizar ekan, b o lalard a zam onam izning shunday qahram oniga n isb a ta n m ehr-m uhabbat uyg ‘otadi. Shu bilan birga, m uallif sh e 'rd a V a ta n im iz q u d rati va g o ‘z a llig in i sh o iro n a ta sv irla y d i, h ayotda t u g ‘ila y o tg a n y a n g ilik la r b ila n b o lalarn i ta n is h tira d i, b u larn in g h a m m a s i ijo d iy m e h n a t o r q a li y a ra tilg a n lig in i k u y la b , u la rn i z a m o n a m iz q a h ra m o n la ri izid a n borishga, fan n in g c h o ‘qqilarin i egallashga undaydi. Aeroplanning uchar otga o ‘xshab ketishi bolaning xayoliga muvofiq keladi. Shoir aeroplan talqinida bolani uni minib olishga, «Fanning eng c h o ‘qqisi»ga uchirib olib borishga chaqiradi. Bunday havas ishtiyoqi yosh yurakni to ‘lqinlantiradi va bola samolyot minishga qat' iy ahd qiladi. Shoir «Bari seniki» she ' rida yuksak vatanparvarlik g‘oyasini ilgari suradi. A yni choqda, o ‘z xalqining baxtini, go‘zal Vatanning istiqbolini kuylagan sh o ir hayotga bo‘lgan m uhabbatini Vatanga bo‘lgan muhabbati tuyg‘usi b ilan yonma-yon ko‘radi, bolalarga ikkovini bir butun holda tushuntiradi. B uni shoir bola tilidan quyidagicha ifodalaydi: www.ziyouz.com kutubxonasi Muncha ham chiroylisan, azjz Vatanim, Bodomday ming ko'z bilan sevar badanim. Sensan aw al oxir, sensan sevganim, Jonim, yurak qonim, hatto shu tanim, Bir butun holicha ban seniki. «Ahmad yomon bola emas-ku, ammo...* she'rida Ahmad obrazi orqali «SogMom tan da—sog‘ aql* maqolidagi m azm unni o ‘ziga xos obrazli tarzd a yoritadi. Shoim ing mahorati shundaki, shartlilik asosida Ahm adning ta n a a ' zolarini jonlantiradi va Ahmad o ‘z tozaligiga befarq qaragach, bu a ' zolar majlis qilib har bin so‘zga chiqadi va egasidan norozi ekanliklarini aytib, uni tanqid qiladi. G ‘afur G'ulom doktom ing foydali maslahatlariga am al qilgan Ahm adning keyinchalik ozoda, sog‘lom va intizomligina b o ‘lib qolmay, balki a 'lo c h i o‘quvchiga aylanganligini ishonarli tasvirlaydi: Qo ‘llari ham sevinchidan chapakda, Butun a ’ zp bir-biriga ko ‘makda. Endi Ahmad sog'lom, toza, a ’lochi Me ’da kuchli, tishiari misli inju. Shoir «Nortojining kurak tishi* sh e' rida ham bolalami N ortoji obrazi orqali tozalikka rioya qilishga undaydi. Kichik kitobxon diqqatini dastlab 6 yoshli Nortojining «...chollar kabi kemshik* ekanligiga qaratadi: Oldingi to‘rtta kurak tishining Sog‘iyo 'q — hammasi chink, darz ketgan. Ba ’zisi juda past, ba zjsi baland, Ba ’zisi lab yular — misli tikan. «N ortojining kurak tishi»da sh o ir obrazli tasvirlar orqali N o rto ji xarakteriga xos boMgan erinchoqlik va yalqovlikni, tozalikka rio y a qilm asligini o ‘ziga xos yo‘sinda fosh eta d i. Xususan, N ortoji tis h in in g kovagidan jo y olgan narsalarni tasvirlar e k an , uning kulguli h o la tin i «Karnayday o g 'zini ochishi bilan sassiq hid ham m aga bilinib k e td i» , «oldingi kurak tishida bir hafta burungi ovqat qoldig‘i* kabi m isra la r orqali yanada bo'rttirib gavdalantiradi. S he' rda tozalikka rioya qilmaslikning zararli oqibati bolalarga g‘oyat hayotiy va xarakterli misralarda yetkaziladi. G ‘afur G ‘ulom Nortojining o ‘z nuqsonlarini to‘g‘ri anglab, tegishli xulosa chiqanb, tozalikka rioya qiluvchi bolaga aylanganligini ifodalab, ibratli xulosa chiqaradi: www.ziyouz.com kutubxonasi Bilasizjni, o ‘rtoqlar, bu don nima? Bir quti poroshok, kichkina cho'tka... Endi Nortojining tishlari durday, Og‘riqni, sasishrti bilmaydi, iozfl. H ar kim ki, tishini tozalab tursa, Joni orom olar, o !'zi pokizaî Demak, shoir she’rlaridan kelib chiqadigan m uhim xulosa shunchaki bayon yoki pand-nasihat tarzida emas, balki jonli tasvir, obrazli ifoda orqali beriladiki, bu kabi xulosalar kichkintoylar m a’naviyatiga tezroq yetib boradi. Shuni ta’kidlash zarurki, G ‘afur G ‘ulom «Shum bola», «Tirilgan m urda*, «Yodgor* asarlari bilan bolalar adabiyotida nasriy janm ing yuksalishiga ham o ‘zining m unosib ulushini q o ‘shdi. G ‘afur G 'ulom ning «Tirilgan murda» asarida jamiyatga dog‘ bo ‘Iib tushadigan dangasalik bilan m ehnat o'rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalovchi qudrati tasvir etiladi. Muallif ijodiy maqsadini Mamajonning boshidan kechirganlari va uning o‘zi tomonidan yozilgan kundalik sahifalari vositasida, kulgili tarzda hikoya qiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, o lti fasldan iborat b o ‘lib, ularda mulla Mamajonning 1925 yildan to 1933 yilgacha o ‘tgan-davrda boshidan kechirganlari yozilgan. Asarda G ‘. G ‘ulom o ‘z qahramoniga «so‘z* berib, uning o ‘ziga xos xarakterini yaratadi. Ishyoqmaslik va yalqovlikda afsonaviy dangasalami ham «bir cho‘qishda qochiradigan» mulla M amajonning bugungi kunda mehnatkashlaming ijobiy ta'sirid a asta-sekin yalqovlikni tashlab, üg'or mehnatkashga aylanganligini hayotiy, tipiksharoitda, hajviy vakulgili ifodalargaboy lavhaiardako'rsatiladi. M am ajon timsoli asta-sekin o ‘sib, izchil xarakter darajasiga ko‘tarilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida she’riyatning juda ko‘p durdonalarini yaratgan G 'afur G ‘ulom bolalarga ham ajoyib asarlar taqdim etdi. Uning bolalar uchun yaratgan asarlarida vatanparvarlik va baynalmilallik g‘oya!ari, qahram onlik va jasurlik, g‘alabaga ishonch ohanglari yangraydi. Shoir «Navqiron naslimiz sinov oldida» she’rida yoshlaming kelajagini ifodalab, ulam i erk va baxt bergan vatanga munosib kishilar bo‘lishga chaqiradi: Bizning olkamizjda y o ‘qolur ofat, O limni yengishga sizJar kandidat. S iz osmon ilmini suvday ichasiz, Yulduzdan -yulduzga zumda ko ‘chasiz- A ’iochi o ‘g ‘lonlar, û ’iochi qizlar, Vatan istagi ham xuddi ana shu. Shoiming bu davrda yozgan noyob va go‘zal asarlaridan biri «Sen yetim emassan» she'ridir. U nda odamlaming ikkinchi jahon urushi yillarida yetim www.ziyouz.com kutubxonasi qolgan bolalarga bo igan vatanparvarlik, qardoshlik, insonparvarlik his- tuyg‘ulari yuksak mahorat bilan tarannum etiladi: Sen yetim emassan, Tinchlan jigarim, Quyoshday mehribon, Vataning — onang, Zaminday vaz/ninu, Mehnatkash mushfiq. Istagan narsangni tayyorlaguvchi Xalq bor — otang bor. Cho ‘chima jigarim, 0 ‘zuyingdasan. Bu parchada Vatanning muazzamligi, uning mehri daryo kishilari quyma obrazlarda, lo‘nda, ta’sirli ifodalanganligi har bir misrada k o ‘rinib turibdi. Shoir bolalarga yetimlik nima ekanligini tushuntirarkan, o 'z in in g achchiq yetimlik hayotini eslash orqali asam ing ta’sir kuchini oshirishga erishgan: ...Men yetim o ‘sganman, Oh, u yetimlik. .. Voy, bechora jonim , Desam arziydi. Boshimni silashga, Bir mehribon qo % Bir og‘iz shirin s o ‘z nondek arzanda, Men odam edimku, Inson farzandi... Bu satrlarda shoir mahorati aw alo yetimlik tushunchasiga boMgan munosabatida namoyon boladi. Shoir nazdida haqiqiy yetimlik faqat o ta- onadan judo bo‘lishgina emas, balki Vatan degan, xalq degan tushunchalarda ham mavjud bolishdadir, degan falsafada namoyon boiadi. Shoir uru shning dahshatli, fojiali voqealarini go‘dak x a y o lid a gavdalantirib, mana shu vahshiylikning sababchisi boMgan Gitlemi la’natlaydi: Sut ko ‘r qilgur, haromi, Gitler oqpadar, — Farzandning qadrini qayerdan bilsin? Shoir she’rda g‘alabaning muqarrarligini zo‘r hayajon va k o ‘tarinki ruxda, obrazli misralarda ifoda etadi: www.ziyouz.com kutubxonasi Tong yaqin, Tong yaqin, Oppoq tong yaqin... Ulug4 oilaninggo4dak farzandi, Bilib q o y endi: Sen tezda ulg‘ayib, Olam kezasan... Haqorat yemirilur, Zuim yanchilur, Jahonda b o 4lurmiz, Ozod muzaffar, Sen yetim emassan, M ening jigarim! G ‘afur G ‘ulomning bu she’ri yoshlarda Vatanga sadoqat, vatanparvarlik va bavnalminallik hamda bosqinchilarga nafrat tuyg‘ularini taibiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan barkam ol asardir. Umshdan keyingi tinch qurilish davrida G ‘afur G ‘ulom bolalar uchun «She'rlar* (1946), «Tongotar qo ‘shig‘i* (1949), «Bari seniki» (1953), «Bir g ‘uncha ochilguncha* (1955), «Siz mening yoshligimsiz* (1958) she'rlar to ‘plami va «Mening o ‘g‘rigina bolam» (1965) voqei hikoyasini yaratdi. G ‘afur G ‘uIomning bu davr ijodida bolalaming o ‘ziga xos orzu- umidlari, yuksak m a’naviy olam i, odob va axloqi, o ‘qish va intilishlari asosiy mavzuga aylandi. Jum ladan, shoir «Oltin medal* she’rida o ‘rta maktabni bitirayotgan o ‘g ‘il va qizlaiga ishonch va umid ko‘zi bilan qaraydi. U la rn i kelajagim izning ishongan kishilari — «zam onlar tongining chiroqlari* deb tasvirlaydi: Sizsiz kelajak y o 4q, siz axir xalqning, Ming yiini k o 4rajak qaroglarisiz. Sizsiz yorimaydi osmonda Zuhra, Zamonlar tongining charog'iarisiz. Shoir o‘lkamizning kelgusida yanada gullab-yashnashini, jahonda tengi y o ‘q diyoiga aylanishini «orzu qiladi va yoshlami ana shunday Vatanga munosib farzand b o lish g a, ilm-fanni egallashga undaydi. U yoshlaming ilm -fanni o'rganib kamol topishiga zo‘r ishonch bilan qaraydi. G ‘afur G ‘ulom bolalar va yoshlami kattalarga, ayniqsa, ota-onaga mehr- muhabbatli qilib tarbiyalash mavzuida ko‘plab she’rlar yaratdi. Shulardan bin «Ona* she’ridir. Shoir bu she’rida bag‘ri ufqlardan ham keng onaning lirik obrazini yaratib, bolaning unga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifoda etadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Shoirbolani chaqaloqligidanoq m ehr-m uhabbat bilan asrab, avaylab, tarbiyalab kelgan onani ta’riflab, bu m o” tabar zotni e ’zozlaydi. O ‘zing axir nimasan, Qoyamisan, tog‘misan?... Jahonmisan, bormisan? Rangmisan, quyoshmisan? Hammasidan ulug'san!.. Hoynaxoy bir kitobsan, Minglab qomusdan baland. Hoynahoy oftobsan, Men esa senga farzand. Shoir she’rda onaga murojaat etib, uni qoya, yuksak tog‘, cham an bog‘ hamda quyoshga qiyoslaydi va onani ulardan yuqori qo‘yadi. Darhaqiqat, dunyoda onadan ulug‘ zot yo‘q! U borliqqa jon baxsh etuvchi, olam ni nurga buikovchi oftob misol qadrli, hatto undan ham azizdir. She’r bolalarda onalarga chuqur muhabbat hissini uyg‘otishda katta xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G ‘afur G ‘ulom o ‘zbek bolalar adabiyotini yuksaltirishga barakali hissa q o ‘shdi. U yoshlar uchun yozgan asarlarida bolalaming quvnoq hayotini yurakdan berilib kuyladi. U ning asarlari bolalarni yaxshi o ‘qishga, fan asoslarini chuqur egallashga, zamonamizning ilg‘or kishilari bo‘lib yetishishga chaqiradi. www.ziyouz.com kutubxonasi OYBEK (1905-1968) 0 ‘zining roman va qissalari, ilmiy-nazariy, siyosiy, badiiy publisistik asarían, taijimalari, ajoyib sh e’rlari, dostonlari, hikoyalari bilan o ‘zbek adabiyoti xazinasini boyitgan atoqli so‘z san’atkorlaridan bin Oybek bolalar adabiyotiga ham munosib hissa q o ‘shgan ulkan adibdir. Ü yaratgan she’r va hikoyalar, qissa va dostonlar bolalar ma’naviyatiga samarali ta’sir etib, yosh avlod estetik didining shakllanishida katta rol o ‘ynamoqda. «Yosh yo'lchi» (1925), «Gunafsha» (1926), «Bolalikni eslab» (1926), «Shaharcha bolalariga» (1934), «Shoiming bolaligi» (1937), «Eski va yangi bolalik» (1937), «Odobli T ursun», «Ahmadjon bog‘bon» (1971) kabi she’riy kitoblari, «Zafar va Zahro» (1953), «Haqgo'ylar» (1976), «Bobom» (1957) kabi dostonlari, «Alisheming yoshligi* (1967) qissasi, «Globus* (1981) hikoyalar to ‘plami,»Bolalik» kabi asarían ayniqsa xarakterlidir. Yozuvchi Oybekning bolaligi ham barcha mehnatkash xalq bolalari kabi kechadi. U yoshlikdan uy-ro‘zg‘orga qarashish, guzardan narsa olib kelish, suv tashish, o ‘tin yorish, qor kurash kabi yumushlami bajaradi. Barcha bolalar kabi bahor vaqtlarida tomma torn oshib varrak uchirar, dovuchcha qoqar, qish bo‘lsa oshiq o‘ynar, xo‘roz, tuxum va it uríshtirishlarda qatnashar, yoz kunlari onasining pinjida qarindosh-urug‘larining uylariga «mehmon»ga borar, hayit, sayil va boshqa milliy bayram kezlarída esa o ‘zida y o ‘q sevinib, dor o ‘yini, xalq qiziqchiliklarini, ko'ngil ochar tomoshalami ko'rishga muyassar b o ‘la r edi. Keyinchalik «Shaharcha bolalariga», «Shoiming bolaligi» sh e'rlarid a shu manzaraiar o‘z aksini topadi. Oybekning bolalar va o ‘smirlarga bag‘ishlangan she’riy asarlarida bugungi qaynoq hayot, ilin, hunar va mehnatga b o ‘lgan muhabbat, vatanparvarlik, jam oatchilik, ijtimoiy burchni anglash kabi xususiyatlar aks etgan. Bu fazilatlar o‘sha davrda Oybek asarlarining yetakchi mavzuiga aylanadi. Shoir g‘oyaviy-badiiy kuchli she’rlar bilan birga bolalar va o ‘smirlar hayotini tasvirlovchi hikoyalar ham yozdi. 1981 yilda adibning «Globus» nom li to'plam i bosilib chiqdi. Bunda Oybekning shu vaqtgacha e’lon qilinmagan «Gulnor opa» (1930 yil), «Fanorchi ota» (1930 yil), «Singan umid» (1930 yil), «Tillatopar» (1930 yil) hikoyalari ham chop etilgan. Oybek kichik yoshdagi maktab bolalari uchun Pokiston bolalari hayotidan «Qonli barm oqlar» (1962 yil) hikoyasini yozdi, Hikoyada Pokistonda tinchlik uchun kurashuvchilardan qanday qasos olinayotganligi, ulam ing bolalari ko'chalarga chiqarib tashlanayotganligi, tilanchilikka va malaylikka mahkum etilayotganligi hikoya qilinadi. Yozuvchi buni asar qahram oni to‘qqiz yoshli Aiining saiguzashtlari orqali tasvirlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Oybek hikoyada AJilaming yashash sharoitini va qanday kun kechirishini quyidagicha tasvirlaydi: «Gorishov Lohuming baridagi bir daha. Lohur — qo‘shiq!ar, gullar diyori. Gorishov esa dahshat! Ali bu xaroba—vayronalar ichida yuguradi. Ko‘cha, yo‘lka deydigan narsa yo‘q, tutash xaroba kulbalar. Shunday xaroba kulbalaming birisidan Ali bilan onasi, otasi qamalgandan so‘ng haydalib, ko‘chaga tashlangan edi». Pokiston shaharJarining ko'cha-kuylarida to 'd a -to 'd a tiianchi bolalar yuradi. Gadoylar odatda «baxshish» deyilsa, o 'zlarin i tom dan tashlab yuborishga tayyor ekanligi hikoyada bo‘rtib turadi. Ali bir parcha non qidirib, besh-olti kundan buyon rastalami kezib yurganda gulobchi do‘kondor uni chaqirib «jahl aralash dedi, — mana bu yashiklami bo‘shat!» va buning evaziga haq to‘lashga va'da qiladi. Ali «Rostdanmi?» — deb so‘radi va do‘kondoming «ha* degan tovushini eshitgach bola uzun xo'rsindi, jilmaydi. Kir, kalta ko'ylagining ycnglarini shimarib, ishga tushdi». Ali yashiklardagi siniq gulob shishaJarini lashiydi: «Siniq, cheti uchgan shishalar va berahm quyoshning issig‘i xunob qilar, kichik barmoqlari tilingan, qollari qon. Ammo och, tentirab yurishdan charchagan bola bu xizmatdan vaqti xush* edi. «Isqirt, juldur, cho'pday oriq bolalar bolaning qonagan qo'llanga tikildilar*. Bolalar Aliga ko‘mak bermoqchi bo‘lganlarida u «rahmat* deb javob berdi. Ali och-nahor, barmoqlarini shisha siniqlari kesib achitishiga, bir parcha non topishning nihoyatda azob-uqubatlari va mashaqqatlariga qaramay do'kondor gulobchining og‘ir ishini bajardi. Do‘kondor «bir qutini ochib, yupqa «chapati* — nonni uloqtirdi. Ali ilib oldi, quvonib dedi: — Darrov borib, ayamga beraman, u kasal! — Aya, men keldim, non topib keldim. Turing non yeng, non... Kampir onaning yuzini ochdi: — 0 ‘tdi olamdan! Dard bilan, yo‘qchilik bilan, ochlik bilan, g ‘a m bilan hamisha kurashgan bu g‘arib ayolning yuzida baxtsiz hayotning eng so‘nggi nafasida o'lim bilan kurash dahshati ko'rinar edi*. Bu hayotiy parcha faqat pokistonlik Alining hayoti uchun xos hodisa bo'libgina qolmay, balki kambag‘al mehnatkash bolaiarining hayoti uchun ham tipikhol edi. Kitobxon Alining sarguzashtlari bilan tanishar ekan, unda oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum etilgan bolaning ayanchli taqdiri orqali yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’ulari shakllanadi. Muhimi shundaki, hayotda doimo yovuzlik bilan ezgulik orasida tinimsiz kurash borishini, bu kurash in so nlarn i u lu g ' ish larg a otlan tirish i mumkinligini his qiladilar. Oybek buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida hikoya qiluvchi «Alisheming yoshligi* qissasini (1967) yozdi. Ulug‘ Navoiy Oybekning sevimli siymolaridan biri edi. Bu haqda adib www.ziyouz.com kutubxonasi maqolalaridan birida shunday hikoya qiladi: «Navoiy she'riyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko‘nglimni torlar edi. 0 ‘z asarlarimda Navoiy obrazini yaratishga zo‘r mayl va istagim bor edi. Yoshligimdan beri Navoiyning o ‘lmas, adabiy she'rlarini sevib o ‘qir edim, uning jozibali g‘azallari borgan sari ko‘nglimga singib bordi, shakl va mazmunlari yuragimni mast va maftun etdi... U mening ko‘nglimda, yodimda edi, butun borlig‘imni band etgandi. Yursam -tursam hamisha Navoiyni o ‘ylar edim. Uning m a'nodor, aqlli ko‘zlari hamisha xushfe'l, rahmdil, olijanob qiyofasi, asl pok, ulug‘ qalbini his etardim, ko‘z o ‘ngimda ko‘rardim...* Oybek 1928 yildan boshlab Alisher Navoiy ijodini chuqur o'rganishga kirishdi. U dastlab, Navoiy ijodiga doir ko‘pgina ilmiy maqolalami o ‘qib o‘rganadi. Keyinroq «Navoiy*, «Guli va Navoiy* dostonlarini nashr ettiradi. Davlat m ukofotiga sazovor boMgan «Navoiy» romanida ulug‘ shoir va mutafakkir hayotining kamolot davri tasvirlanadi. «Alisheming yoshligi» qissasida Hirotdagi (taxminan 1447—1452 yillar) tarixiy voqealar, shahzodalaming Shohruh vafotidan keyingi o‘zaro taxt uchun kurashlari va shu davrda o ‘tgan Alisheming bolalik (to‘rt yoshdan boshlab) yillari haqida hikoya qilinadi. Qissada Alisher obrazining takomili o‘sha vaqtdagi tashqi muhit voqealari va ziddiyatlari bilan uzviy aloqada tasvirlanadi. Hukmron doira orasida mavqei ancha baland boMgan G'iyosiddin vaGulbegim bekaning oiladagi samimiyliklari, o'zlarini sipo ham oqilona tutishlari, farzandi Alishem ing ham jism oniy, ham aqliy tom ondan kamolotida m uhim rol o ‘ynaganligi haqqoniy tasvirlanadi. Yosh A lish e r xarakteridagi o ‘ziga xos xislatlar uning bolalik chog'idanoq nam oyon boMgan edi. Alisher siymosiga xos boigan aqllilik, kattalarga b o ig a n samimiy hunmat, she’nyatni nozik his etish, g'azallami g‘oyat m arom iga yetkazib ifodali o‘qish, ayniqsa, «ot choptirishdan fikr yuritish yaxshiroqdir chamamda*, deya fikr yuritishi kitobxonda katta taassurot qoldiradi. Alisheming keyinchalik buyuk davlat arbobi, ulkan shoir darajasiga yetishishida bu kabi fazilatlaming o ‘zigina yetarli asos bo'lib xizmat etmadi, albatta. Oybek Alisher xarakterining shakllanish jarayonini har bir epizod, shtrix, suhbat, yordamchi obraz va qahramonlar munosabati orqali ham badiiy asoslay oigan. Alisheming o ‘qishga — maktabga bo‘lgan havasini adib uning tilidan: «ov qilmoq merganlik — ermak narsa, lekin eng zo‘r zaruriyat maktabdir. Turmushning k o ‘p sirlarini maktab o ‘rgatadi», deb uning ilmga bo‘lgan qiziqishini tasvirlaydi. Shu bilan birga uning ota-onasi, qavm-qarindoshi va boshqalaming suhbati, shoirlaming g‘azallari Alisherga katta ta'sir etganini qayd etadi. Alisher o ‘zi yashagan davming ziddiyatlarini hali o‘zi u qadar anglab www.ziyouz.com kutubxonasi yetmaydi. Shuning uchun ham Shohruhning Abdulatif bilan, Abdulatifning Xonzoda begim va G avharshod begim bilan U lu g ‘bek to ‘g‘risidagi munozaralari mag‘zini chaqa olmaydi. Ulug‘bek to ‘g‘risida porloq taassurotga ega bo'lgan ziyrak Alisher Abdulatifning o‘z otasiga qarshi gaplaridan dastlab hayron qoladi va ikkilanadi. Biroq u shundayligicha qolavermaydi. Alisherga xos fazilatlardan yana bin kattalam ing fikr-mulohazalarini sinchkovlik bilan tinglash, kim haq, kim nohaqiigini bilishga intilishda namoyon bo'lishidadir. Xuddi shu tariqa yosh Alisher xarakteri asta-sekin shakllana boradi. Qissada Alisheming san’atga bo'lgan munosabati ham o‘ziga xos iavhalarda ishonarli aks etadi. Xususan, nay parchasi asosida ifodalangan tasvirlar bugungi yosh kitobxon uchun ham ibratlidir. Ayniqsa, Boboning «Zavqu shavqning siri ko‘p... ko‘p sinadim, ulg‘aysa bilgich, donishmand bo‘lur. Halitdan tili tangani teshadi, ko‘zlaridan ko‘kragining o‘tini ko‘rurman. G ‘azallami zavq bilan tinglaydur, cholg‘ularga havasi baland» kabi fikrlari shu jihatdan ibratlidir. Alisher xarakterida davrga munosabatning ifoda etilishida qishloqdan keltirilgan yetti mahbusni dorga osish voqcasining ta ’siri katta bo'ladi. Chorsu maydonidagi odam lam ing ko‘pchiligi dorga osilayotgan kishilarning holiga achinib ko‘z yoshini to ‘xtata olm ay yig'layotganidan Alisheming ham xo‘rligi keladi. Bu holni yozuvchi «...K o‘rasizmi! Alaming holig‘a ahli shahar yig‘]ashur!.. Alisheming ko‘z yoshlari tag'in quyila boshlagan edi», deb tasvirlaydi. Alisher dor, darra kabi jazo turlarini faqat eshitgan. Bu vaziyatni ko‘rgandan keyin shafqatsizlik va zulmkorlik haqidagi tushunchasi kengaya boradi. Asarda mazkur voqea orqali qiz va yigit muhabbatining poymol etilishi, ulaming sevgi va erk uchun kurashi xalqning qo‘zg‘olonga borib bog‘lanishi davming o ‘ziga xos tavsifidir. Shu singari voqealar Alisher hayotida o‘chmas iz qoldiradi, xarakterining chuqurlashishiga sabab b o ‘ladi. Oybek Alisheming ilm va adabiyotga b o ‘lgan intilishini Qur’onning m a’nosini tushunishga urinishini, fors-arab tillarini o ‘rganishini, turkiy (ona tili) bayt va g‘azal!ami m ahorat bilan o ‘qishi va ko'plab g‘azallami yod olishini, maqollar, masallar, ertaklami sevib m utolaa qilishga harakat qilganligini tasvirlash orqali bayon etadi. Alisher shahzodalar o ‘rtasidagi dahshatli janglar, qonli urushlar borgan sari zo‘rayib borayotganini, o‘z zamonasining notinch voqealarini, ota va bola o'rtasidagi dushmanliklami endi chuqurroq tushunib, fikr doirasi kundan-kunga kengayib boradi. Shohruh Mirzoning vafotidan so‘ng shahzodalar o'rtasidagi o'zaro jan g la r kuchayib ketgach, G ‘iyosiddin K ic h k in a b ir necha yaqin qarindoshlari bilan Iroqqa yo‘l oladi. Yo‘l azobini tortib, Hirotga yetib borgan G ‘iyosiddin Kichkina shahzodalarning o ‘zaro bo ‘lib o ‘tgan janglari bilan tanishadi. U yerdagi ahvolni yozuvchi bir chol tilidan hikoya qiladi: «—Hali qarabsiz — taxtda Alouddavla, hall Abdulatif... hammasi och www.ziyouz.com kutubxonasi bo‘ridek chor tarafdan yopishishadi. Toj-taxt g‘alvasi xalqning tinkasini quritdi. Abulqosim yurakli, o‘tkir odam, ehtimol zamonning loyqasi endi cho‘ksa, GMyosiddinbek». Cholning har bir gapi, shahzodalarga bergan bahosi yosh Alisher qalbini larzaga keltiradi. Shahzodalaming pastkash, rahm-shafqatsizliklari uning n afratin i oshiradi. M ash’um tuzum ga, davrning nobopligiga, shahzodalam ing haddan ziyoda quturishlariga qarshi tug‘yon bilan ulg‘aya boshlaydi. Oybek bundan besh yuz yil ilgari yashagan turkiy va forsiy xalq tilini, uning milliy ruhini, boyligini, so‘z yoki iboralar m a’nosini nozik his etadi. Naychi chol obrazini eslaylik. U aslida bechora faqirlar tabaqasidan, hunari nay yasash va chalish. Bobo hayotning asl m a’nosini naysiz tasawur etmaydi. Yosh kitobxon bu cholning gap-so‘z!aridan, suhbatlaridan uning kasb- hunari naychilik ekanini bilib oladi. Nutqidagi m a’noli, tagdor, aniq iboralarda esa cholning yoshi juda ulug'Iigini darrov his qiladi. «... — Nay o ‘zimizning qadim dan qolgan cholg'u, mungli, m a’yus qalblarning firoqi, alamlarini kuylaydur, to ‘y-bazmlarda uning go‘zal sadosi ko‘ngullarga zavq to ‘ldiradur, ajoyib sehrkor cholg'udir nay. Alisherbekning ishqi tushibdimi — o ‘rgaturmiz. 0 ‘g‘lonim xohlasa balki mashhur musiqa ahlidan boiur... Dildagi ohang nafas ila nayga o ‘tur... Barmoqlar kuyni pardalarga solib turadur». Oybek bu kabi keksa nuroniylar obrazlari vositasida insonparvarlik, ezgulik, odamiylik, saxiylik, yoshlarga muhabbat kabi g‘oyalami targ‘ib etib, o ‘zining badiiy mahorat egasi ekanligini yana bir bor namoyish etdi. Alisheming haqiqiy inson bo‘lib ulg‘ayishida G ‘iyosiddin Kichkina, Gulbegim beka, xizmatkor bobo, tog‘asi Mirsaidning m a’naviy ta’siri juda katta b o ig a n . Oybek qissada Alisheming Turkiston sahrolarini, buyuk tog‘alarini, bu yerda istiqomat qilgan xalqlaming urf-odatlarini «go‘zal, shirin va rangin» tillarini qattiq sevishi va ardoqlashini ishonchli qilib tasvirlay oigan. Oybekning shaxs ta’sirini yaratishdagi mahorati mazkur asarida ham aniq ko‘rindi. U ko‘pincha, aniq obraz va qahramonlaming tashqi qiyofasini chizish orqali ulam ing ijobiy yoki salbiy, m a’naviy dunyosini ochib beradi. Badiiy tildagi va tasvir yaratishdagi adib mahorati qissaning xalqchillik ruhini ta ’m inlagan, shu zaylda Oybek «Alisheming yoshligi* qissasi orqali xalqimizning uzoq o‘tmishdagi hayoti haqida ham yosh kitobxon ongida haqqoniy taassurotlar hosil qila oigan. Adibning «Bolalik» qissasi avtobiografik xarakterga ega bo‘lib, uning markazida yosh Musaning sarguzashtlari yotadi. M usa obrazining hayotdagi asosi adib Oybekning o‘zidir. Asarda Musavoyning yetti yoshgacha boigan davrdagi xarakteri sho‘xlik, tegajorlik, tinib-tinchim aslik va o ‘yinqaroqlikdan tashqari, ochiq ko‘ngil, dangalchi, www.ziyouz.com kutubxonasi o‘tkir zehnliligi Oybekona tasviiga ega. M usavoy xarakterining shakllan ish ida o ila , h a y o td a ko‘rgan- kechirganlari, kishilar b ilan suh b atlari ham m u h im rol o ‘ynaydi. Keksalaming xonlar, beklar, b o ‘lislar, boylar haqidagi xotiralari, eshitgan xalq ertaklari Musavoyni adolatsizlika va nohaqlikka nafrat ruhida tarbiyalaydi, mehnatkash xalqqa m ehr-muhabbat bilan qarashga o ‘rgaladi. U o‘zi tugMlib o ‘sg an m a h a lla d a g i b o z o r , r a s ta la rd a g i b a z z o z l a r , b a q q o lla r, do'kondorlam ing xatti-harakatlarini diqqat e ’tibor bilan kuzatar ekan, ulaming ziqna, xasis, chayqovchi, tekinxo‘r va m akkor kishilar ekanligini bilib, qalbi larzaga kelar edi. Oybek Musavoyning o‘qish izlanishlariga chuqur m uhabbat bilan munosabatda bo'ladi. Uning o ‘qishda tirishqoqligini, zehnining o ‘tkir!igini, qunt bilan mutolaa qilishini, arabcha so‘z va iboralaming qoidasini keltirib yoqimJi ohangda talaííuz eta bilishini mahorat bilan chizadi. «Bolalik» qissasida Turg‘un, A 'zam , Ahmad, Q odir, Hoji, Sobir kabi Musavoyning tengqurlari va o‘rtoqlarining obrazlari ham berilgan. U larning har biri o ‘z shaxsiy qiyofalariga ega. Q o d ir ko‘rinishdan m o'm inqobilga o ‘xshab tuyulsada, am m o jahldor. A hm ad oshiqboz, tentakroq, Hoji mardikoming o ‘rli quvgina, Sobir kichkina bo‘lsa ham pishiqqina. Ularning turmush tarzi turlicha. Kattaroq bolalar oshiq, chillak o‘ynaydilar, kichik bolalar esa toi novdalaridan ot qilib minadilar. Bu borada Turg‘un obrazi fe'li atvoridagi sergaplik, toqatsizlik, shartakilik bilan birmuncha ajralib turadi. Oybek o‘sha davr tashvishlari bolalar hayoti va taqdirida ham m a’lum darajada aks etganligini m ahorat bilan tasvirlaydi. Xulosa qilib aytganda, Oybek yuqoridagi kabi asariari bilan o ‘zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va yuksalishiga katta hissa qo‘shdi. U o‘zining bunday asariari bilan bolalar adabiyotining sevimli kuychisiga aylanib qoldi. www.ziyouz.com kutubxonasi UYG‘UN (1905-1990) Hozirgi zam on o ‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan qalam sohiblaridan bin Uyg‘undir. Uning kichkintoylaiga bag‘ishlab yaratgan «Qorbobo», «Hadya», «Bahor va men», «Ikki ona» va boshqa she'riy to ‘plamlari bolalar adabiyotida yetakchi o‘rinda turadi. Shoirbolalaiga atab yozgan barcha katta-kichik she' rlarida o'qimishli, ona-Vatan va mehnatni jon-dildan sevgan chin do‘st, rostgo‘y, sofdil bolalaming his-tuyg‘ularini ifodalaydi, yoshlarning V atanim izning go'zal tabiati, boyliklari va kishilarimizning ajoyib fazilatlari bilan tanishtiradi. Shoir bolalarga bag‘ishlab yozgan barcha she’rlarida mavzuni o‘ziga xos jihatdan aks ettirishga harakat qiladi. Shoirlarimiz tomonidan kuylangan ona-Vatan mavzuini o ‘ziga xos tarzda ifoda etadi. Shu jihatdan uning «Ikki ona» she’ri xarakterlidir. She’r qahramonining ikki onasi bor: bin unga oq sut bergan; ikkinchisi esa o‘z bag‘rida avaylab parvarish qilgan. Ikkala onasi ham aziz, m uqaddas va m o‘tabar. Biri — uning tuqqan mehribon onasi b o isa , ikkinchisi — jonajon vatani. Link qahramon ana shu bir-biridan m o‘’tab a r ikki onasi bilan g‘ururlanadi, faxrlanadi. 0 ‘zini boqqan, tarbiyalagan bu ikki ona oldida bir um r qarzdor. Zam r bo‘lib qolsa ular uchun qurbon bo'lishga ham tayyor: Biri tuqqan onamdir, Ikkinchisi hur Vatan, Ikkisiga barobar. Qurbon bo *bin jonu tan. Uyg‘un bolalar adabiyotida vatanparvarlik to ‘g‘risida ko‘plab she’rlar yozgan shoir sifatida e ’zozlanadi. Masalan, «Mening akam», «Chegarachi», «Sadoqat soqchilari» kabi asarlari bunga misol bo‘Ia oladi. Bu she’rlarda chegara soqchilarining o ‘z postlarida sergak turib, uni qo‘riqlayotganini va jangchilam ing Vatan oldidagi qahramonlikiarini tasvirlash orqali bolalami haibiy vatanparvarlik ruhida taibiyalaydi. Bolalaming ona-Vatan oldidagi muqaddas burchi, fidoyiligi, e’tiqodi va sadoqati shoiming «Qasos» (1944) asanda yanada chuqur ifodasini topgan. Asarda muqaddas Vatan, dushmanga nisbatan nafrat, g‘a!abaga komil ishonch g‘oyasi ifodalanadi. Shoiming «Qizaloqning o‘limi», «0‘g‘idangan husn», «Inson» kabi bir qator she' rlarida mudhish urush dahshaüari va yot go‘daklar taqdiri haqida yozilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar tomonidan qanchadan-qancha shahar va qishloqlar vayron bo‘ldi, kishilar jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo'Idi, necha-necha begunoh go'daklar ota-onasidan tirik yetim qoldi, www.ziyouz.com kutubxonasi qanchalari fashist gazandalaríning qo‘iida halok bo‘ldi. «Qizaloqning o‘limi»da ana shunday mudhish va fojiali ko‘rinishIardan biri quyidagicha tasvirlanadi: Qarang, bu manzara naqadar mudhish, Tilka-tilka bo ‘lingan yurak burdasi: Jonsiz onasining qonli ko ‘ksida, Yoiar chaqaloqning kichik murdasi. Paxiaday yuziari.., jajji qo ‘Jfari... Uyg‘un tabiat va fasllar kuychisi sifatida e ’zozlanadi. Serquyosh O'zbekistonning bir-biridan ajoyib fasllarining o ‘ziga xos faziJatlari, xosiyati, jozibasi shoiming «Bahor», «Bahor haqida», «Kuz keldi», «Qor», «Yoz», «Qoibobo» kabi qator asarlarida zo‘r hayajon bilan kuylanadi. Uyg‘un fasllaming o'ziga xos betakror sirlarini bolalaiga turii usullar bilan ulaming yoshi, saviyasiga mos holda sodda, ixcham va jozibali misralarda ifodalab beradi. Ulami hayotdagi turJi -luman muammolar bilan tanishtiradi, fasllar shoiming niyatini amalga oshirishda bir vosita sanaladi. Shoir fasllar va ularga xos bo‘lgan o‘yinlardan o ‘z qahramoni — bolalaming ruhiyatini ochish va ulaming xarakterini ko'isatishda unumii foydalanadi. Mana, uning «Fasllar» she’ri: Yilimizning salmoqdor ishi To ‘rt jaslga tekis bo *linar: Qish tayyorlar, bahor ekadi, Kuz yig ‘adi, yoz tarbiyalar. Shoir har faslning xislati va fazilati inson m ehnati bilan go‘zal ekanligini «Bahor» sh e'rid a yaxshigina tasvirlab beradi: Bog‘bon chiqar bog'iga, Cho'pon kelar tog'iga. Bol arilar g'uvillab, Qo ‘nar gui yaprog'iga... Suvlar shildirab oqar, Q o‘shig‘i dilga yoqar. Bizga shodlik keltirding, Salom senga, gui bahor. Boialar uchun turli-tum an qushlaming uchib kelishi ham, dala va qirlaming gui va maysaga burkanishi ham, rang-barang jonivorlaming paydo bo'lishi ham nom a’lumdek ko‘ringan bu hodisalami ularga tushuntirmoqchi bo‘lgan fikrini, g‘oyasini ko‘p hollarda bahor bilan borïiq hodisalar orqali www.ziyouz.com kutubxonasi tasvirlaydi. Bu b o rad a «Gul o ‘tqazdim bog‘imga*, «Qushlar keldi*, «Boychechak*, «Buibulga», «Laylak» kabi she’rlari xarakterlidir. Shoir qushlarga atalgan shc’rlarida bolalami qushlar olamiga olib kiradi, qushlar bahor elchisi ekanligi, qushlar bilan olam yanada go‘zallashib yashnashi, ulam ing sayrashi bolalarga zavq-shavq bag‘ishlashini jozibali misralarda tarannum etadi. Uyg‘un qish fasli haqida ham anchagina badiiy pishiq she’rlar yozgan. Bolalar hamma fasllami, jumladan, qishni ham juda sevadilar. Chunki bu davrda bolalar o‘ynaydigan o ‘yinning turlari ko‘payadi. Ayniqsa, bolalaming eng sevimli archa bayramlari ham qishda bo‘ladi. H ar bir bola uchun archa bayramida ishtirok etish bir olam quvonch bag‘ishlaydi. Shuning uchun shoirlarimiz bolalarga atab yozgan asarlarida archa, qorbobo, yaxmalak, chana uchish, qor o ‘yinini zavq bilan tasvirlaydilar. Uyg‘unning «Qish», «Qorbobo», «Archa*, «Xoliq qo‘rqoq», «Yangi yil qo‘shig‘i* kabi she’rlarida ham qish fasli o ‘zining butun go‘za!ligi bilan namoyon bo‘ladi. Úyg‘un adabiyotimizda tabiat manzarasi tasvirining mohir ustasi sifatida tanilgan. Bu uning bolalar uchun yozgan she’rlarida ham yaqqol ko‘rinadi. Shoir «Bahor» she’rida: Osmon tiniq ko ‘k shohi, Oq buluí kezargohi, Gullarga ko ‘miladi Qandak o ‘rikning shohi, — deb Vatanimiz husniga husn qo‘shayotgan bahor go‘zalligini tarannum etadi va bolalar qalbida shodlik hislarini qo‘zg‘atadi, mehnatga bo'lgan g‘ayratrini yanada oshiradi: Suvlar shiidirab oqar, Qo'shig'i dilga yoqar. Bizga shodlik keltirding, Salom senga, gul bahor! Uyg‘unning maktabgacha ta’Iim yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan she’rlaridan biri «Laylak*dir. Shoir: Laylak keldi yoz bo *¡di, Qanoti qog'oz bo'ldi, — deb uni yoz elchisi ekanini bolalarga soddagina tushuntiradi va laylak kelishi bilan bolalardagi tabassum, shodlik hislarini ta’sirli ifodalaydi. Shoir bolalarga laylakning butun qiyofasini quyidagicha chizishga intiladi: www.ziyouz.com kutubxonasi Laylakning bo *yi novcha, TumshugH bor tamovcha Lapanglaydi uchganda, Uyasidan ko ‘chganda. Uzun ekan oyog‘i, Xuddi cholning iayog'i, Qanoti o h ekan, Sayrashga balo ekan. K ichik m aktab yoshidagi b o la la r k o ‘pgina narsa, h o d isa la rn i tushunaverm aydilar, lekin u larn i bilishga, tushunishga q iziq ad ilar. Uyg‘unning «Laylak», «Guldor kapalak», «Boychechak», «Qushlar keldi» kabi sh e 'rla ri shu jihatdan xarakterlidir. Shoim ing bu kabi sh e 'rla ri kichkintoylami parrandalar, o'sim liklar hayoti bilan tanishtiradi. Shoiming «Guldor kapalak» she ' ri bu jihatdan tahsinga loyiq. Ahmad dasta - dasta gullar terib, do‘st!arimni xursand qiJay, deb boqqa kiradi. Ammo u o ‘ziga notanish hodisaga duch kelganidan hayratga tushadi: Uzaman deb qo 7 cho *zuvdi Gui to‘satdan uchib ketdi. Awaliga shoshib qoldi, Ahmad birdan cho ‘chib ketdi. Shoir Ahmad uzmoqchi bo'lgan «gulning uchib ketganida» bolada tug‘ilgan hayajon va ichki holatidagi o ‘zgarishni juda ustalik bilan ifodalab, kitobxonda yoqimli ruhiy kechinma uyg‘otadi. Keyinchalik shoir bu voqeaning sababini bolaga tushuntirib beradi: Keyin bilsa, gui degani - Gui emas, bo ‘lak ekan, Cho‘p boshiga qo'nib turgan Guldor kapalak ekan. Shoir «Boyehechak», «QushJar keldi» she' riarida tabiatning ajoyib go‘zaJligini tasviriab, bolalarga Vatan va uning tabiatiga muhabbat tuyg‘usini singdiradi: — Yo'q. boychechak, sendan aslo kulmaymiz Xotiijam bo % seni sira yulmaymiz Havas bilan yuzlaringga qaraymiz, Bizlar seni qo ‘riqlashga yaraymiz. Shafqat bilan boshlaring silaymiz, Senga uzoq umr tilaymiz. www.ziyouz.com kutubxonasi Uyg‘un bolalaming tabiat go ‘zal!igiga bo'lgan muhabbatini ulaming parrandalarga bo‘lgan m ehridan ajratib qaramaydi: Qushlarim, hoy qushlarim, Qanoti kumushlarim, Mehmon b o ‘lib qolingiz, BogUmda dam olingiz. Shoir bolalaming qushlaiga bo‘lgan mehribonligini «qanoti kumushlarim» deb erkalashida ko‘rsatsa, ulami eng aziz mehmon sifatida ulug‘Iaydi. Shoir o‘zining ko‘pgina she’Harida har faslning o‘ziga xos gashtini shoirona tarannum etadi. Yozning to‘kin pishiqchiligini («Yoz), ko‘rkam, chamanday oromgohlarda quvnab dam olayotgan baxtiyor yoshlami («Lagerda»), quyosh nurida, suv qo‘ynida yayrab-yayrab suzib yurgan sho‘x bolalami («Suv quchog‘ida») qalamga olib, ulam ing sevinchli kayfiyatlari orqali yozning naqadar nash’ali ekanligini yozadi. Bundan tashqari, shoir yozning gashtini unumli mehnatda deb hisoblaydi. Bu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, Uyg‘unning «Handalak», «Ishkomda uzum pishdi», «Terimchi qiz qo‘shig‘i» she’rlari o ‘zbek bolalar adabiyotida alohida ahamiyatga ega. Shoir «Handalak» sh e 'rid a handalakning shakli va rangini: «Usti yo‘l- yo‘l, sariq-ko‘k beqasamga o ‘xshaydi» deb bola ko‘z oldida tasvirlash bilan birga uning tilni yorar shirinligini ham mohirona ifodalaydi. Ayni choqda, sh irin -s h a k a r h an d alak n i, «sharbatlarga to ‘lib» toshgan uzum larni yetishtirgan bobodehqon mehnatiga bolalaida muhabbat uyg‘otadi va bunday m ehnatning rohatini to iq in la n ib kuylaydi: Olib kelib so tygandi Sharbati oqib ketdi. Egan chog'da mevasi Juda ham yoqib ketdi. Shunda tozfl sevindim, Yozda qilgan ishimga, Uni qand, asal qilgan Yaxshi parvarishimga... Yolg'onchiga shu sazp Shunga loyiq jazo! — Xullas, Uyg'unning bolalarga atab yozgan asarlari ular xarakteri, onzu- um idlari, qiziqishlarini o ‘zida mujassam etishi bilan qadrli. www.ziyouz.com kutubxonasi HAMID OLIM JO N (1909-1944) Ham id O lim jon o ‘zbek bolalar adabiyotining rivojlantirishga b arak ali hissa qo‘shgan ulkan iste’dodlardan biridir. U «Oygul bilan B axtiyor», «Sem urg*« k ab i e rta k -d o s to n la ri, « B o la lik » , « H u lk a rn in g s h e ’ri* , «Samolyot», «Lola», «Vatan», «Ona va o ‘g ‘il», «Zafar dostoni*, «Jangchi Tursun» va boshqa asarían bilan o ‘zbek bo lalar adabiyotining xazinasiga m uhim hissa qo'shdi. B olajak shoir H am id Olimjon Jizzaxdagi N arim onov nom li m ak tab n i tam om lagach, Sam arqand pedagogika bilim yurtiga kirib, o ‘qishni d a v o m ettirdi. G ‘oyat tirishqoq va qunt bilan o ‘qigan H . Olim jon o ‘sha davr h ay o ti va intilishlarini quyidagicha she’rga soladi: She’rda bolalarga xos intilish, orzu-um idlar, kelajakka b o ig a n isho nch tuyg‘ulari obrazli misralarda tabiiy va sam im iy holda nam oyon bo‘Jadi. S h o ir turli hayotiy, haqqoniy tafsilotlarda, boy ifoda vositalarida bolalikka xos xususiyatlami g‘oyat zavqli madh etadi. Shoir «H ulkam ing she'ri* asarini qizi H ulkarga bag‘ishlaydi. H u lk a r obrazida kichkintoylam ing ajoyib fazilatlarini tasvirlaydi. Shunga ko‘ra, asa r um um lashma mohiyatga ega. She’rda H ulkar «M ehnat uzra q an o ti» n i yozib, «Oq q u sh la rn in g o'Ikasida yurish»ni istaydi. Biroq bunga osoniik bilan erishib bo’im ay d i, albatta. Buning uchun qunt va chidam bilan o ‘qish, ilm -fan c h o ‘q q ilarin i egallash, te r to ‘kib m ehnat qilish talab qilinadi. Shoir o ‘z jajji q a h ra m o n i oldiga ana shunday m uhim , m as’uliyatli vazifalam i q o ‘yadi. Bu bilan b o la taibiyasida o ‘zining m as’uliyatini chuqur his etgan olijanob ota — tarb iy ach i obrazi ko‘z oldim izda yaqqol gavdalanadi. She’rda shoir H ulkar taqdiri m isolida bo lalam ing yorqin kelajagi haqidagi yuksak m aqsadni ifoda etadi: Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling