NUTQIY DID (Yazikovoy vkus, Yazikovo'e chute) - individual nutqiy sistema bo‘lib, til sistemasining konkret ko‘rinishidir, ya’ni til jamoasi a’zosi ana shu jamoa til materiali asosida o‘zining shaxsiy nutq sistemasini yaratadi.
NUTQ IDEAL! — Adabiy tilning yuksak darajada silliqlangan, sayqallangan, ishlov berilgan; normallashgan holati, darajasi til ideali bo‘lib hisoblanadi.
NUTQ MADANIYATI — Til madaniyati adabiy til sifat va fazilatlarining rivojlanishidagi aniq ifodalangan an’analaridir. Bunday sifat va fazilatlar quyidagilar: turg‘unlik va barqarorlik, turli xil ma’no ottenkalarining aniq, tushunarli va engil qilib berilishi, nutqning originalligi kabilar.
TIL ESTETIKASI — Bu til madaniy taraqqiyotining qonuniyatlarini, uning badiiy shakllarini belgilovchi, tildagi barcha jozibalik va go‘zalliklami o‘zida mujassamlashtiruvchi kategoriyadir.
TILNING ESTETIK FUNKSIYASI — Tilning aloqa aralashuvida turli his-tuyg‘u, emotsiya, ta’sirchanlikni ifodalash funksiyasi.
EVJEMIZM — Narsa va hodisalarning ancha yumshoq formadagi ifodasi: qo'pol, beadab so‘z, ibora va tabu o'rnida qo'pol botmaydigan so‘z va iborani qo‘llash.
EKZOTIK LEKSIKA — O‘zga tillardan o'zlashtirilgan, nutqqa alohida bir rang-baranglik (kolorit) berish uchun qo‘llanadigan so‘z va iboralar.
Do'stlaringiz bilan baham: |