N respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


© A. Mamatov, 2019. ISBN 978-9943-5484-4-2 © “Noshir” nashriyoti, 2019


Download 289.61 Kb.
bet2/20
Sana08.03.2023
Hajmi289.61 Kb.
#1250873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Zamonaviy lingvistika A E Mamatov 2019

© A. Mamatov, 2019. ISBN 978-9943-5484-4-2 © “Noshir” nashriyoti, 2019.
SO‘ZBOSHI
Kcyingi yillarda til va madaniyatning o'zaro bog‘liqligi haqida gumanitar yo‘nalishda tadqiqot olib borayotgan olimlar ko‘p yozishmoqda. Bu tabiiy jarayon, chunki madaniyat inson va jamiyatning eng muhim ko‘rsatgichi, belgisi bo‘lsa, til esa inson va jamiyat hayotida muloqot vositasi sifatida eng zarur va muhim o‘rin egallaydi. Agar til madaniyatning bir qismini tashkil qilsa, madaniyat esa tilda zohir bo‘ladi.
Til va madaniyatning o‘zaro hamkorligini nafaqat lingvo- kulturologiya fani, balki etnolingvistika, etnopsixolingvistika, lingvomamlakatshunoslik, kognitiv tilshunoslik, lingvokonseptologiya, lingvopersonologiya va antropolingvistika fanlari ham o‘rganadi.
Lingvomadaniyatshunoslik esa til birliklarining madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatiga, xalqning madaniy dunyosiga til prizmasi orqali nigoh tashlashga, shuningdek, til madaniyatni ro‘yobga chiqaruvchi vosita ekanligiga asosiy e’tibor qaratadi.
Mazkur qo‘llanmada lingvomadaniyatshunoslikning ba’zi nazariy masalalari, ularga bog‘liq bo‘lgan tushunchalar hamda til birliklarining milliy-madaniy o‘ziga xosligi haqida fikr yuritiladi.
Lingvomadaniyatshunoslikning fan sifatida shakllanishi, bu yo‘nalish haqidagi dastlabki ilmiy g‘oya va flkrlar, til- madaniyat- etnos triadasining talqini, moddiy va ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlar, lingvomadaniyatshunoslik va ctnolingvistikaning bir-biri bilan kesishgan nuqtalari, lisoniy shaxs tushunchasi va uning tuzilishi hamda til va madaniyat olam manzarasini ifodalovchi vosita ekanligi ushbu qo‘llanmaning birinchi bobida yontilgan.
Lingvomadaniyatshunoslik til va madaniyatning munosabatini aks ettiruvchi mustaqil fan yo‘nalishi ekanligi, bu fanning eng muhim tushunchalari lingvokulturema va logoepistema, lingvokulturema va konsept, so‘z va lingvokulturema va tag yoki
qo‘shimcha (fon) bilimlar haqidagi fikrlar, talqinu tavsif va tahlillar qollanmaning ikkinchi bobida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ayni shu bobda til va madaniyatning ta’lim tizimidagi ahamiyati, lisoniy va lingvomadaniy interferentsiya tushunchalari haqida ma’lumotlar berilgan.
Mazkur qo‘llanmaning uchinchi bobi leksik va frazeologik birliklar milliy-madaniy aspektda, so‘zning semantik tarkibi, leksik fon so‘zning madaniyat bilan aloqa ko‘rsatgichi sifatida, nominatsiya usullari va so‘zning ichki shakli, so‘z badiiy obrazlar va timsollarning milliy o‘ziga xosligi, frazeologik birliklaming milliy-madaniy jihatlari va badiiy matning milliy-madaniy aspektlari kabi mavzularga bag'ishlangan.
Shunday qilib, lingvomadaniyatshunoslikning asosiy g‘oyalari va tushunchalari, til birliklari talqini jarayonida qo‘llaniladigan metodlar bilan yaqindan tanishib olish insonning mental dunyosiga, uning rang-barang hissiyotlariga va xususiyatlariga chuqur kirib borish imkonini beradi. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasi va ulami Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan g‘oyalar singdirilgan.
Lingvomadaniyatshunoslikning eng muhim qirralaridan biri mashhur tilshunos Yu.N.Karaulov takidlaganidek, bu — tilga bo‘lgan muhabbatimizdir. Ana shu muhabbat til va madaniyat fenomenlarining juda nozik va murakkab jihatlarini o‘rganib olishimizga ko‘mak beradi. Ushbu ish tilshunoslikda birmuncha yosh bo‘lgan sohaning hali tadqiq etilmagan jihatlarini to‘ldiradi, degan umiddamiz.
Muallif mazkur qollanmani tayyorlashda o‘zining qimmatli maslahatlarini va yordamini ayamagan taqrizchilar, filologiya fanlari doktori, professor J.A.Yoqubov va filologiya fanlari doktori, professor R.X.Shirinovalaiga o'zimning samimiy minnatdorligimni izhor etaman.

Download 289.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling