NUTQNING ANIQLIGI — Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biri bo‘lib, yaxshi nutqning shakllanish sharoitlaridan biridir. Agar to‘g‘rilik nutqning yuzaga kelishida faqat lisoniy omil, zaruriy belgi sifatida qaralsa, aniqlik uning shakllanishiga xizmat qiluvchi, nolisoniy holatlami ham nazarda tutadi. Bu eng awalo, til va tafakkur dialektikasidir. Chunki aniqlik deyilganda tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning nutqdagi atamasi bo'lgan til materiali o‘rtasidagi mutanosibliktushuniladi.
NUTQNING MANTIQIYLIGI - Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari: to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki, grammatikjihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham fikmi ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik, ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikming to‘liq borib etmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga olib kelishi mumkin.
NUTQNING TOZALIGI — Nutqning tozaligi deganda, eng avvalo, uning adabiy til normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq adabiy til talablariga mos holda tuzilgan bo‘lishi, turli g‘ayriadabiy til elementlaridan xoli bo‘lishi kerak. Bu masalaning lisoniy tomoni bo‘lib, nutqiy tozalikning nolisoniy jihatlari ham undan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |