N. S. Temirov Farg’ona davlat universiteti, Pedagogika fanlari doktori, professor


Download 95 Kb.
bet1/4
Sana12.03.2023
Hajmi95 Kb.
#1263919
  1   2   3   4
Bog'liq
Nazariy-metodologik kurs dasturi TAYYOR


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI



«TASDIQLAYMAN»
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo`yicha prorektor
_________________ I.Zokirov
«____» _______________ 2023-yil

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta`limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha


tayanch doktorant J.V.Solijonovning nazariy-metodologik kurs

D A S T U R I

Farg‘ona -2023



Dastur 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta`limotlar tarixi ixtisosligiga qo‘yiladigan talablarga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika kafedrasining 2023-yil «___» ____________dagi «___»-sonli yig‘ilishida muhokama qilinib, foydalanishga tavsiya etilgan.
Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 2023-yil «___» ____________dagi «___»-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan.
Tuzuvchi: S.B.Siddiqov – Pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.


Taqrizchilar: N.S.Temirov – Farg’ona davlat universiteti, Pedagogika fanlari doktori, professor;
M.R.Tojiboyeva – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dotsenti (DSc).
Fanlararo hamkorlik vositasida bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish usullari” mavzusidagi dissertatsiyaning qisqacha annotatsiyasi
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda ijtimoiy munosabatlarning kengayishi mamlakatlar uchun oliy ta’limni isloh qilish zaruratini yuzaga chiqardi. Rivojlangan mamlakatlar bo‘lajak pedagoglarni yuksak mantiqiy afakkurga ega kadrlar sifatida tarbiyalash orqali bu muammoni bartaraf etishga harakat qilmoqdalar. SHu ma’noda, tafakkur yuritishda fikrlash sur’atining tezligi, masalaga turli tomonda yondasha bilish, qamrovdorlik, muammoga eng muvofiq va samarali echim topish singari jihatlar ustuvorlik qiladigan analitik tafakkurni rivojlantirish zarurati ortib bormoqda. Global ijtimoiy munosabatlar chuqurlashib borayotgan va ijtimoiy muammolarning ko‘lami kengayib borayotgan sharoitda mantiqiy fikr yuritish san’ati sifatida mantiqiy tafakkurni bo‘lajak pedagoglarda rivojlantirish va bu boradagi ta’limiy faoliyatni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoning rivojlangan ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, uni oliy ta’lim tizimi talabalarida yuksaltirishga qaratilgan pedagogik jarayon samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. CHunki mantiqiy tafakkur o‘tmishni anglash, bugunni idrok etish, kelajakni bashorat qilish, taraqqiyotning istiqbolli yo‘llarini belgilash imkonini beradigan sermahsul fikrlash yo‘siniga, innovatsion g‘oyalarni ilgari surishga, oliy ta’limda mustaqil fikrlaydigan, har qanday muammoga tezlik bilan oqilona echim topa biladigan, fikriy qaramlikdan yiroq barkamol avlod tarbiyalash imkonini beradi. Demak, oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalarning mantiqiy tafakkurni rivojlantirish ularda muammoga tezlik bilan ratsional echim topish, innovatsion g‘oyalar asosida ishlash va fikriy qaram bo‘lmagan kadrlarni tayyorlamda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. SHunday ekan, bo‘lajak pedagoglarni ham mana shunday sifatlar va ko‘nikmalar asosida tarbiyalash kadrlar tayyorlash samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsataishi ma’lum bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida ham oliy ta’limni isloh qilish, unga yangicha yondashuvlarni olib kirish va takomillashtirishga doir ko‘plab tashkiliy-huquqiy va ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunday tadqiqotlarda bo‘lajak kadrlarda mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va bu boradagi ta’lim metodikasini takomillashtirish zarurati ortib bormoqda. SHu ma’noda, oliy ta’lim tizimida bo‘lg‘usi pedagoglarda mantiqiy tafakkuri rivojlantirishning metodik tizimini modernizatsiyalashga alohida ehtiyoj sezilmoqda. CHunki bo‘lajak pedagoglarning muammoli vaziyatlarga to‘g‘ri yondasha olmasligi, hayotiy xulosalar yasashda tor fikr yuritishi, kasbiy kompetentliligining zaifligi va boshqa shu kabi ta’limiy muammolar mantiqiy tafakkurni rivojlantirish borasida etarlicha ilmiy-amaliy hamda metodik ishlar olib borilmayotganidan dalolat beradi. Bo‘lg‘usi pedagoglarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning mantiqiy tafakkurini shakllantirishda doimo milliylik va milliy manfaatlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yondashish lozim. Bunday ijtimoiy talablar ham bo‘lg‘usi pedagoglarda mantiqiy tafakkur rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish zaruratini asoslaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarorlari, “YOshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling