N. S. Temirov Farg’ona davlat universiteti, Pedagogika fanlari doktori, professor


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 95 Kb.
bet3/4
Sana12.03.2023
Hajmi95 Kb.
#1263919
1   2   3   4
Bog'liq
Nazariy-metodologik kurs dasturi TAYYOR

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Farg‘ona davlat universiteti ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi olib borilayotgan amaliy tadqiqot loyiha doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi fanlararo hamkorlik vositasida bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • fanlararo hamkorlik vositasida bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish rivojlantirish mexanizmlarini ochib berish;

  • bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkur innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, yangi texnologiyalarni yaratish, amaliyotga tatbiq etishga undaydigan yaratuvchan fikrlash tarzi, shakllantirishning pedagogik tizimini asoslash;

  • fanlararo hamkorlik vositasida bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish asosida ularning fikrlash tarzini o‘stirish mumkinligini ochib berish;

  • fanlararo hamkorlik vositasida bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish tizimi samaradorligini nazariy asoslash;

  • bo‘lajak pedagoglarni xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikka qodir bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirishda mantiqiy tafakkurning ahamiyatini ochib berish.

Tadqiqotning ob’ekti bo‘lg‘usi pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirishjarayoni olinib, tajriba-sinov ishlarida FarPI, ADU, NamDU va TDTUning 7000 nafar respondent-talabasi ishtirok etadi.
Tadqiqotning predmeti fanlararo hamkorlik vositasida bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish ning pedagogik mazmuni, shakl, metod va vositalaridan iborat.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotni amalga oshirish va ilmiy-pedagogik xulosalarga kelishda nazariy-mantiqiy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, tahlillash, pedagogik tajriba o‘tkazish, kuzatish, suhbat, so‘rov, matematik-statistik tahlil singari ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanildi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling