N. U. Arabov I f. d, professor


Download 1.91 Mb.
bet110/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

SERM asosiy usullari

  • yashirin marketing - bu ma'lumotni odam boshqarayotga- nini sezmaydigan tarzda uzatish usuli. Masalan: kompaniya auditoriya bilan mashhur bo‘lgan kishiga mahsulotdan ommaviy foydalanish uchun pul to‘laydi;

  • Internetda obro‘ni boshqarish - ma’lum bir xizmatlardan foydalangan holda biznes obro‘siga ta’sir qiluvchi muayyan omil- larni aniqlash usuli;

  • qidiruv natijalarida obro‘-e’tiborni boshqarish - qidiruv na- tijalarida kompaniyaning murojaatlari monitoringi, salbiylikni tezda yo‘q qilish.

Kontekstli va mediyali (banner) reklama
Kontekstli reklama - bu sahifaning tarkibiga yoki qidiruv tizimiga kiritilgan so‘rovga qarab reklama ko‘rsatiladigan onlayn reklama turidir.
Kontekstli reklama turlari
Kontekstli qidiruv reklamalari bu qidiruv satrining ostidan va qidiruv natijalari oxirida darhol paydo bo‘ladigan e’lonlar. U nafa- qat qidiruv tizimining bosh sahifasida, balki xaritalarda, kata- loglarda va uchinchi tomon saytlarida ham ko‘rsatiladi (3.3.3- rasm).
Mavzuga oid kontekstli reklama - bu reklama saytlari va reklama tarmoqlarining hamkor dasturlarida belgilangan joylarda paydo bo'ladigan reklama.
Remarketing - bu avval tashrif buyurgan foydalanuvchilarga saytni eslatishning bir usuli. U joylashtirish uchun sayt tarkibiga emas, balki tomoshabinlarning xususiyatlariga e'tibor qaratadi. Bunday reklama faqat reklama beruvchining saytida bo'lganlar tomonidan ko'riladi. Remarketing tematik reklama ko'rinishida va qidiruv natijalarida paydo bo'ladi (3.3.4-rasm).

3.3.3-rasm. Kontekstli qidirish reklama


3.3.4-rasm. Remarketing

Nativli reklama - bu tabiiy reklama, uning yordamida reklama beruvchilar sayt mazmuniga va foydalanuvchi manfaatlariga e'tibor berishadi. Asl nusxada u ko'rib chiqila- yotgan saytning bir qismi sifatida qabul qilinadi, saytning xususiyatlarini hisobga oladi, reklama deb belgilanmaydi va auditoriyada rad etishga sabab bo'lmaydi [14]. Uni o'qib, foyda- lanuvchi reklama o‘qiyotgan deb shubha qilmaydi (3.3.5-rasm).




Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling