N. U. Arabov I f. d, professor


Download 1.91 Mb.
bet21/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

Qisqacha tarixi
So‘nggi yillarda kognitiv jarayonlarni o‘rganishga qiziqish tobora ortib bormoqda. XX asrning 50-yillari boshlariga
qadar falsafa va mantiq bo‘yicha asarlarda bilimlar nazariyasiga oid masalalar ko‘rib chiqilgan. XX asrning 50 yillarning bosh- larida o‘rganish mexanizmlarini psixologiya mutaxassislar tomo- nidan tadqiq qilingan. Birinchi tadqiqotlar idrok mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Hozirgi vaqtda yanada murakkab kognitiv mexanizmlar o‘rganilmoqda, masalan: qarorlarni qabul qilish mexanizmi, o‘rganish, xotira va boshqalar.
Bilim mexanizmlarini psixologik va neyrofiziologik tadqiqotlar ma’lumotlariga asoslanib, bilish hodisasini o‘rganishga tabiiy yondashuv kognitologiya deb nomlandi .
Hozirgi kunda kognitologiya tsivilizatsiyaning strategik vazi- falaridan birini hal qilish uchun zarur bo‘lgan muhim tadqiqot obyekti bo‘lib kelmoqda, uning maqsadi ongli shaxsni boshqarish va insonparvar robotlarni yaratish usullarini ishlab chiqishdir.
Kognitiv texnologiya
Kognitiv texnologiyalar deganda bilim, tajriba, aloqa va qarorlarni ishlab chiqish uchun va faollashtirish uchun aqlli tizim- larni ratsionalizatsiya qilish va shakllantirish uchun keng ko‘lamdagi texnologiyalar tushuniladi.
Kognitiv texnologiyalar tabiiy va sun’iy intellektual tizim- larning tashkil etilishi va ishlash tamoyillarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Ular matematik usullar, algoritmlar va komp- yuter texnologiyalar majmuasi bo‘libaqlli dasturiy-apparat tiz- imlarni yaratadi, tabiiy tilni, shaklini aniqla oladi, tizimlarni dina- mik organish, gipotezalarni tuzish, baholash va boshqa masala- larni hal etadi.
Kognitiv texnologiyalarning mohiyati - odam olingan ma’lumotni qanday qabul qilishi va ishlov berishni, qaysi shakllarni (kognitiv sxemalar)ni yarata olishini topishdan iborat.
Kognitiv texnologiyalar anglashdan farq qiladi, chunki an- glash yangi axborot muhitida yuzaga keladi. Bu nafaqat odamlar, tabiat, texnologiya, kitoblar, balki kompyuterlar va tarmoqlar (ijtimoiy va kompyuter).
Ushbu texnologiyalarni rivojlantirishning eng istiqbolli yo‘nalishlari quyidagilar:

  • inson qobiliyatini, shu jumladan aqlni, xotirani rivojlan- tirish uchun mo‘ljallangan kognitiv dorilar;

  • kognitiv yordamchilar - turli vaziyatlarda moslashuvchan qo‘llab-quvvatlash tizimlari (kirishni boshqarish, avtopilot);

  • "miya - kompyuter" shaklidagi virtual interfeyslar - intui- tiv, kompyuter tizimlarini boshqarish uchun hamma uchun ochiq.

Institute of Development Studies (IDS) ning baholari boyicha yaqin yillarda kognitiv texnologiyalar jahon bozori har yili 55% o‘rtacha o‘sadi va XXI asrning 20-chi yillarda $ 31,3 milliardga yetadi.
Bundan tashqari, bozorning 40% dan ko‘prog‘ini dasturiy ta’minot egallaydi: matnlarni va boshqa materiallarni tahlil qilish uchun ilovalar, qidirish, mashinani o‘rganish, toifalashtirish, gi- poteza (faraz) ni yaratish, navigatsiya (yo‘l qursatish), shuning- dek, aqlli dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan bilim platfor- malari.
Kognitiv tizimlarning global xaridlarining qariyb 20 foi- zi bank sektoriga to‘g‘ri keladi. Banklarda bu tizimlar firibgarlikni aniqlash, tahlil qilish va tahdidlarni avtomatlashtirish, shuning- dek, tavsiyalar berish uchun ishlatiladi. Xarid qilish bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni savdo tashkil etadi, bu erda kog- nitiv tizimlar mijozlarga xizmat ko‘rsatish, savdo va sog‘liqni saqlashning avtomatlashtirilgan agentlari ishini ta’minlaydi, bu yerda diagnostika va davolash tizimlarida qo‘llaniladi.
1.3.2. Dunyoni o‘zgartiradigan kognitiv texnologiyalar

  1. Neuroimaging. Neyrovizuallashtirishning belgisi P.K.Ano- xin nomidagi normal fiziologiya ilmiy tadqiqit institutining hotira neyrobiologiya laboratoriya sichqonning “shaffof miyasi” neyro- fanlar uchun miya yanada shaffof bo‘lishini ko‘rsatdi. Keyingi tadqiqotlar miyaning u yoki boshqa qismlari nima uchun javob berishini aniqlashga imkon beradi. Olingan bilimlar ko‘plab boshqa kognitiv texnologiyalar uchun asos bo‘ladi.

  2. Kognotrop preparatlar. Aqlni, xotirani yaxshilaydigan va konsentratsiyani oshiradigan dorilar.

  3. Kognitiv yordamchilar. Bular dinamik ravishda o‘zgarib turadigan texnik muhitda insonni adaptiv qo‘llab-quvvatlash tizimlari. Masalan, mashina haydovchining e’tiboriga tushadi, mashinani egasi bo‘lmasdan boshlash mumkin emas - yordamchi dasturlar buni kuzatib boradi.

  4. Miya-mashina interfeysi . Bugungi kunga kelib, kamera yordamida kompyuterni boshqarish tizimlari ishlab chiqilgan va ular nigohning yonalishini, ko‘rish, elektroensefalografiya va boshqa uslublar yordamida xohishingizni taxmin qilish va aqliy buyruqlarni bajarishga imkon beradi. Miya-moshina interfeysi yordamida kompyuter va mobil telefonlarni aqliy boshqarish amalga oshiriladi.

  5. Sun’iy sezgi organlari . Kognitiv texnologiyalar yorda- mida olimlar yorug‘lik va zulmatni ajratib turadigan ko‘zni yaratishni o‘rgandilar, ranglar va shakllarni yaxshiroq farqlashni o‘rganmoqdalar. Neyroprotezlari qobiliyatlari bo‘yicha inson

qo‘llari va oyoqlaridan ancha yuqori bo‘ladi, sun’iy xotira hamma narsada inson xotirasidan ustun turadi va miya sun’iy miya bilan raqobatlasha olmaydi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling